Abdujalil Boymatov: O’IHJ, Orol dengizi, majburiy mehnat, bolalar mehnati, qiynoqlar, Andijon qirg’ini, korruptsiya

Spread the love

 

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati (O’IHJ) tashkil topgan kunidan boshlab, 1992- yilning 2-fevralidan o’zbek xokimiyati tomonidan tinmay ta’qib qilinmoqda. O’IHJ Adliya vazirligiga 6 marta ro’yhatga olishni so’rab ariza bilan murojaat qildi, biroq ro’yhatga olinmadi.

O’IHJning 23 yillik faoliyatida, uning 2 a’zosi o’ldirildi:

1. Shovriq Ro’zimurodov;

2. Saidmurod Qo’chqorov.

31 a’zosi qamaldi va bazilari hanuz qamoqda:

1. A’zam Farmonov;

2. G’aybulla Jalilov;

3. Mehriniso Hamdamova;

4.Zulhumor Hamdamova;

5. Cho’yan Mamatqulov;

6. Zafarjon Rahimov;

7. Yo’ldosh Rasulov;

8. Alisher Karamatov;

9. Abdumannob Po’latov;

10. Tolib Yoqubov;

11. Jadigar Turlibekov;

12. Nasim Isaqov;

13. Norboy Holjigitov;

14. Hayоtullo Kholjigitov

15. Sattor Izraev

16. Habibulla Oqpo’latov;

17.To’lqin Qorayev;

18. Nosir Zokir;

19. Hasanboy Madrahimov;

20. Ihtiyor Hamroyev;

21. Saida Qurbanova;

22. Nurmuhammad Azizov;

23.Tursinboy O’tamuratov;

24.Shahlo Rahmonova;

25.Shovriq Ro’zimurodov;

26. Meli Qobulov;

27. Muhiddin Qurbanov;

28.Musulmonqul Hamroyev;

29. Norpo’lat Rajapov;

30. Jo’ra Murodov;

31.Nurali Ko’lobov.

 

O’IHJning 7 a’zosi hanuz qamoqda:

1. A’zam Farmonov;

2. G’aybulla Jalilov;

3. Mehriniso Hamdamova;

4. Zulhumor Hamdamova;

5. Cho’yan Mamatqulov;

6. Zafarjon Rahimov;

7. Yo’ldosh Rasulov.

 

O’IHJning 3 a’zosi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgandi;

1. Elena Urlaeva;

2. Larisa Vdovina;

3. Jamshid Karimov.

 

O’IHJning 19 a’zosi O’zbekiston xokimiyatining ta’qiblari tufayli mamlakatni tark etishga majbur bo’lishdi:

1. Abdumannob Po’latov, O’IHJning raisi,1992-2001,(2001-2010 AQSH fuqarosi, 2010 yilning 21 noyabrida og’ir xastalikdan so’ng AQSH da vafot etgan).

2. Tolib Yoqubov, O’IHJning 2001-2009 yillardagi raisi, hozirda Frantsiyada istiqomat qiladi;

3. Abdujalil Boymatov, O’IHJning 2009 yil, 6 mayidan prezidenti, hozirda Irlandiyada istiqomat qiladi;

4. Tursinboy O’tamuratov, O’IHJning Qoraqalpog’iston respublikasi bo’yicha raisi, AQSHda yashagan, 2012 yil, 30 sentyabrda vafot etgan;

5. Yadigar Turlibekov, O’IHJning Qashqadaryo viloyati bo’limi sobiq raisi, hozirda AQSHda yashaydi;

6. Sobir To’laganov, O’IHJning Toshkent shahri bo’limi raisi, AQSHda yashaydi;

7. Muhiddin Qurbanov, O’IHJning Zarbdor tumani (Jizzax viloyati) bo’limi sobiq raisi, Shvetsiyada yashaydi;

8. Hayitboy Qo’ziyev, O’IHJning Pop tumani (Namangan viloyati) bo’limi raisi, Shvetsiyada yashaydi;

9. Yusuf Rasulov, jurnalist (Toshkent), Shvetsiyada yashaydi;

10. To’lqin Qorayev, jurnalist (Qarshi),Shvetsiyada yashaydi;

11. Sobitxon Ustaboyev, Namangan viloyati, Hollandiyada yashaydi;

12. Isoqjon Zokirov, Andijon viloyati, AQSH da yashaydi;

13. Olim Yoqubov, Jizzax viloyati, Frantsiyada yashaydi, Tolib Yoqubovning o’g’li;

14. Egamnazar Shaymonov, O’IHJning Do’stlik tumani (Jizzax viloyati) sobiq raisi, Kanadada yashaydi;

15. Larisa Vdovina, (Toshkent), Shveytsariyada yashaydi;

16. Umarxon Ustaboyev, (Toshkent), Kanadada yashaydi;

17. Yo’ldosh Nosirov, (Toshkent), Shvetsiyada 2 yilcha yashab, O’zbekistonga qaytdi;

18. Ruslan Sharipov, (Toshkent), jurnalist, AQSHda yashaydi;

19. Gulbahor To’rayeva, O’IHJning Andijon shahri bo’yicha raisasi.

 

Bu yoqqa qarang, diktatorlik hukm surayotgan mamlakatda nimalar bo’layotganini ko’rishingiz mumkin. Dunyoning eng katta 4-ko’llaridan biri bo’lmish Orol dengizi paxta yakkaxokimligi tufayli, majburiy mehnat, bolalar mehnati tufayli 90 foiz quridi. O’zbek paxtasini 150 dan ortiq AQSH, Ovropa Ittifoqi va boshqa g’arb mamlakatlarining chakana tekstil kompaniyalari tomonidan boykot qilinishi natijasida bu yil va o’tgan yili bolalar mehnati keskin kamaydi. Sudgacha tergovlarda va suddan keyingi jazoni o’tash joylarida qiynoqlar va noinsoniy munosobatlar juda keng tarqalgan. 2005 yilning 13 mayida ro’y bergan Andijon qirg’inida eng kamida 700 tinch namoyishchilar otib o’ldirilgan.

O’zbekiston diktator Islom Karimov tomonidan 1989 yildan beri boshqarib kelinadi. Uning hukmronligi davrida korruptsiya va poraxo’rlik juda gullab yashnadi. Uning qizlari Gulnora Karimova va Lola Karimova-Tillayeva milliarder bo’lishdi. Gulnora Karimovaga nisbatan Ovropa Ittifoqining 10 mamlakatida va AQSHda tergov ishlari olib borilmoqda. Lola Karimova-Tillayeva esa O’zbekistonning UNESCO da elchisi bo’lib ishlayabdi.

Andijon qirg’inidan oldin O’IHJning 11 viloyatida, Navoiy viloyatidan tashqari, bo’limlari bor edi.

Andijon qirg’inidan so’ng O’zbekiston xokimiyatining tayziq, ta’qiblari sababli O’IHJning ba’zi a’zolari qamaldi, ba’zi qamalmaganlari O’zbekistonni tark etdi, ba’zi tark etmaganlari o’z faoliyatini to’htatdi.

Faqatgina bir xovuch jasoratli, qo’rqmas huquqbonlargina O’zbekistonda inson huquqlari ahvolini yaxshilash uchun mardlarcha kurash olib borishyabdi. Ular o’zbek xokimiyati tomonidan turli ta’qib, tayziqlarga duchor bo’lmoqdalar: do’pposlash, haqorat qilish, uy qamog’i, ishdan bo’shatish, sud orqali ta’qib qilish, qiynoqlar va noinsoniy tahqirlashlash, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tomondan nochor ahvolga keltirish va hakozo.

O’zbekistonlik huquqbonlar erkin, demokratik mamlakatlarning ko’magiga muhtojdirlar.

Nima qilish kerak?

E’tiboringiz uchun rahmat!

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining prezidenti.

25-noyabr, 2015-yil.

Leave a Reply

Your email address will not be published.