Arznoma: Huquqbon Azam Farmonovni ozod qilinishini talab qilamiz!

Spread the love

Arznoma (petitsya)

 

O’zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimovga

Biz quyidagi arznomaga imzo qo’yganlar O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati (O’IHJ) Sirdaryo viloyati bo’limining raisi Azam Farmonovni ozod qilishni talab qilamiz. 

Imzo qo’ying.

Azam Farmonov 2006-yilning 29-aprelida huquqbon Alisher Karamatov bilan birga qamoqqa olingan edi. 2006-yilning 16-iyunida Yangiyer shahar sudi Azam Farmonovni sohta ayiblar bilan tovlamachilikda  ayiblab 9 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. [1,2,3,4].

Azam Farmonov sudgacha bo’lgan tergo’v davomida qiynoqlarga, noinsoniy munosabatlarga duchor bo’lgan. Uning tovoniga tayoq bilan urishgan, protivogaz kiyg’izib hаvo boradigan joyini bo’g’ishgan.

Azam Farmonov fermerlar va nogironlarning huquqlarini himoya qilardi.

Azam Farmonovning turmush o’rtog’i Ozoda Yoqubova erining qiynoqlarga tutilgani to’g’risida muntazam halqaro inson huquqlari tashkilotlarini, dunyo jamoatchiligini habardor qilib kelgan.

2015-yilning 29-aprelida Azam Farmonov ozodlikka chiqishi kerak edi, lekin Azam Farmonov muassasa tartibini buzganlik ayiblovi asosida uning jazo muddati yana 5 yilu 26 kunga uzaytirildi.

Imzo qo’ying.

Ozoda Yoqubovaning aytishi bo’yicha sanoqli oylar qolar ekan Azam Farmonov 3 marta izolyatorga tashlangan. “Yanvar oyida 5 kunga izolyatorga tashlashgan, fevral oyida 10 kunga izolyatorga tashlashgan, mart oyida 20 kunga izolyatorga tashlashgan, yana umrbod qamoqda o’tiradigan turmasiga olib o’tilib 20 kun juda qattiq qiynashgan.

Boshiga nafas qisuvchi mahsus rezinali moslamalar kiyg’izishib qiynoqqa solishgan. Havo qisganda, hattoki, hushimdan ketib qolayozdim. Boshimga qop kiyg’izishib, boshimni engashtirib olib o’tishdi meni, deb menga gapirib berdi. Hattoki qo’lida qolgan naruchnik izlarigacha ko’rsatti menga” deydi Ozoda Yoqubova Ozodlik bilan suhbatda.

Azam Farmonov 2006-yil 17-iyulidan hozirgacha Jasliq qamoqhonasida saqlanmoqda. Shu yilning boshida Azam Farmonov BMTning Bosh kotibi Ban Ki moonga yozgan hatida Jasliq qamoqhonasini shunday tariflagan edi:

Jasliq qamoqhonasida mahbuslarning umuman murojat huqulari yo’q. Ariza, shikoyat va boshqa barcha huquqlarni ochiqchasiga paymol qilishmoqda. Muassasa ichki kun tartibi faqat mahkumlarga faqat ruhiy va jismoniy qiynoqlar qo’llash uchun muassasa mamuriyati bir tomonlama joriy etilgan”.

Azam Farmonovning ozod qilinishini so’rab Front Line Defenders, Human Right’s Watch, Amnesty International, FIDH va Yevro’pa ittifoqi, AQSHning yuqori martabali mulozimlari ko’p martalab murojat qilishgan.

2006-yilning 12-iyunida BMTning bosh kotibi Ban Ki Mun O’zbekistonga rasmiy tashrifida O’zbekiston presidenti Islom Karimov bilan uchrashuvda O’zbekistondagi siyosiy mahbuslarni ozod qilinishini so’ragan, shu jumladan Azam Farmonovni ham.

Afsuski Azam Farmonov hanuzgacha qamoqdan ozod qilingani yo’q.

Biz Azam Farmonovni zudlik bilan ozod qilinishini talab qilamiz.

Imzo qo’ying.

Arznomani tayorlovchi:

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati presidenti

7-Dekabr 2015-yil.

1. UZBEKISTAN : Azamjon Formonov sentenced to five additional years in prison

27.05.2015. (https://www.fidh.org/en/region/europe-central-asia/uzbekistan/uzbekistan-azamjon-formonov-sentenced-to-five-additional-years-in).

2. Uzbekistan: 5 More Years for Jailed Activist. 28.05.2015. (https://www.hrw.org/news/2015/05/28/uzbekistan-5-more-years-jailed-activist).

3. Letter from an Uzbek Prison: Azam Farmonov sentenced to additional 5 years. 29.05.2015. (https://www.frontlinedefenders.org/node/28810).

4.Amnesty International considers Alisher Karamatov, aged 41, and Azam Farmonov, aged 30, to be prisoners of conscience. 2011. (http://www.amnestyusa.org/our-work/cases/uzbekistan-alisher-karamatov-and-azam-farmonov?id=1181055).

5. Аъзам Фармонов турмуш ўртоғи унинг қийноққа тутилганини билдирди. 05.07.2015. ( http://www.ozodlik.org/content/article/27110785.html).

6. Азамжон Формоновнинг Бирлашган МиллатларТашкилоти Бош Котиби жаноб Пан Ги Мунга йўллаган хати. 22.05.2015. (http://uz.hrsu.org/archives/7424#more-7424).

Leave a Reply

Your email address will not be published.