Tabrik hati.

Spread the love

Tabrik hati.

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati 13 may 2009 yil Germaniyaning Dyusseldorf shahrida
Andijon qirg’inining 4 yilligiga munosobati bilan shu voqealar qurbonlari tomonidan yangi tashkil qilingan “Andijon-Adolat va Tiklanish”tashkiloti asoschilarini tabriklaydi.Ayniqsa bu tashkilotning
“Andijon qirg’inidan keyin o’tgan vaqt mobaynida ular ancha ibrat olishgani,Islom Karimov rejimi bilan murosa va sukut faqat noqonuniy hibsga olinishlar,qiynoqlar va qiynoq ostidagi qotilliklar  shaklidagi yangi qurbonliklarni keltirib chiqarishini anglaganliklari” ni biz to’g’ri deb hisoblaymiz.Chunki Andijon qirg’inidan keyin bizning tashkilotdan 16 kishi sohta ayblar bilan O’zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qamaldi.Hozirgi kunlarda 9 a’zomiz O’zbekiston qamoqhonalarida qiynoqlar va noinsoniy taqqirlashlarga duchor bo’lishmoqda.Sizlarning Andijon qatliomi va mamlakat halqiga rejim tomonidan qilinayotgan jinoyatlar aybdori bo’lgan prezident Islom Karimov boshchiligidagi O’zbekiston hukumatini nozo’ravon usul bilan o’zgartirish yo’lida ishlash va harakat qilishni mo’ljallaganliklaringni biz qo’llab quvvatlaymiz.Bizning tashkilotimiz har qanday  O’zbekistonni erkin,demokratik va farovon mamlakatga olib boruvchi faoliyatga
qo’shiladi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining prezidenti.

14-may.2009 yil.

Leave a Reply

Your email address will not be published.