O’ZBEKISTON INSON HUQUQLARI JAMIYATI USTAVI.

Spread the love

O’ZBEKISTON INSON HUQUQLARI JAMIYATI
USTAVI
(qisqacha – O’IHJ yoki Jamiyat)

ASOSIY HOLATLAR

1-modda.  OB’EKT – O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati

1.1. O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati Frantsiya Respublikasining 1901 yil 1 iyulda qabul qilingan qonuni va  Frantsiya Respublikasining 1901 yil 16 avgustda qabul qilingan dekreti hamda mazkur Ustavga asosan tuzilgan va faoliyat olib boradi.

1.2. Jamiyat, o’z irodalarini erkin ifoda etgan va erkin tashabbus ko’rsatgan fuqarolarning birlashishi natijasida, insonlarning Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (BMT, N’yu-York, 1948 y. 10 dekabr’)da e’tirof etilgan va e’lon qilingan huquqlarini himoya qilish va rivojlantirish uchun tuzilgan.

2-modda. O’IHJning yuridik adresi

2.1. O’IHJning bosh ofisi Maine et Loire departamenti (Frantsiya Respublikasi) inson huquqlari jamiyati Sektsiyasi shtab-kvartirasida, 22, rue du Maine, 49000, Angers (Frantsiya Respublikasi) manzilida joylashgan.

2.2. Jamiyatning  yuridik adresi O’IHJ Kongressi (Qurultoyi) qarori bilan o’zgartirilishi mumkin.

3-modda. O’IHJ faoliyat ko’rsatadigan hudud

3.1. O’IHJ o’z faoliyatini Frantsiya Respublikasi hududida olib boradi.

3.2. O’IHJ o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar hududida ham, ayni davlatlar qonunchiligi asosida mazkur davlatlarda o’zining filial yoki vakolatxonalarini ochgan holda olib boradi.

4-modda. Jamiyat faoliyati muddati

O’IHJ faoliyati muddati cheklanmagan.

5-modda. Jamiyatning maqsad va vazifalari

5.1. Jamiyat O’zbekistonda demokratiya, inson huquqlarini himoya qilish hamda uni rivojlantirish va fuqaroviy jamiyat qurishga ko’maklashishni o’zining bosh maqsadi qilib oladi.

5.2. Jamiyatning asosiy vazifasi – insonning boshpana olish hamda fuqaroviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari sohalaridagi xalqaro va regional konventsiya va paktlarni qo’llanishi, har bir insonning huquq va erkinliklarini amalga oshirish va himoya qilishga ko’maklashish, adolatsizlik, boshbaldoqlik va inson qadr-qiymatini tahqirlashga qarshi kurash   ustida ishlashdan iboratdir.

5.3. Yuqorida keltirilgan printsiplar, shaxs va omma fuqaroviy huquq va manfaatlari buzilganligi haqida ma’lumot olgan har bir holda O’IHJ ular bilan shug’ullanadi.

5.4. Bu maqsadlarga erishish uchun Jamiyat quyidagi umume’tirof etilgan usullardan foydalanadi: O’zbekistonda inson huquqlari haqidagi ma’lumotlarni to’plash, ularni taxlil qilish va tarqatish.

5.5. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun O’IHJ gazeta, jurnal, byulleten?, kitob va boshqa nashrlarda o’z faoliyati jihatlari bilan birga O’zbekistondagi inson huquqlari vaziyatiga taaluqli ma’lumotlarni nashr etishni rejalashtiradi.

5.6. O’IHJ inson huquqlarini ta’minlash va kafolatlashni maqsad qilgan holda xalqaro va respublika miqyosida konferentsiya, seminar, ishchi majlis va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi va o’tkazadi.

6-modda. O’IHJda a’zolik

6.1. Millati, irqi, diniy mansubligi va siyosiy e?tiqodidan qat?iy nazar 18 yoshga etgan har qanday inson (Frantsiya Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi, boshqa davlat fuqarosi hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxs) O’IHJga a’zo bo’lishi mumkin.

6.2. O’IHJning har bir a’zosi Jamiyatning 1-Kongressi (6 may 2009 y., Angers sh., Frantsiya)da tasdiqlangan miqdorda:
–  Frantsiyada yiliga – 10 (o’n) evro;
– Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmanistonda yiliga – 5 (besh) evro;
– O’zbekistonda yiliga – 1 (bir) evro a’zolik ba’dali to’lashi lozim.

6.3. A’zolik ba’dali miqdori Jamiyat Kongressi tomonidan o’zgartirilishi mumkin.

6.4. A’zolik sharti: asosiy me’zon – Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida e’lon qilingan insonparvarlik g’oyasi va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikdir.

6.5.  Iste’fo: har bir a’zo o’z ixtiyori bilan istagan vaqtda O’IHJdan chiqishi mumkin: buning uchun u Jamiyatning tegishli organiga ariza topshirishi etarlidir.

6.6. Chiqarish: Jamiyat Ustavini qo’pol ravishda buzgan (zo’ravonlik akti, zo’ravonlikka chaqiruv, huquqni himoya qilish faoliyati davrida qonunni buzish, Jamiyat Ustavi va ichki qoidalarini buzish, Jamiyatda aksilvijdon ishlash) har qanday a’zo O’IHJdan chiqarilishi mumkin. O’IHJning tashkilotdan chiqarilgan har qanday a’zosi quyi tashkilot qarori ustidan yuqori tashkilotga arz qilish huquqiga egadir.

7-modda. Tashkilot strukturasi

7.1. O’IHJ boshlang’ich guruh va regional bo’limlar
(filial yoki vakolatxonalar), hamda markaziy rahbarlik organlari: Kongress, Kotibiyat, Rahbarlar Kengashi (Ma?muriy Kengash deb ham ataluvchi) va Taftish Komissiyasidan tashkil topgandir.

7.2. O’IHJning oliy organi, odatda 2 yilda bir marta chaqiriluvchi Kongressdir. Navbatdan tashqari Kongress O’IHJ a’zolarining kamida yarmining talabi yoki Kotibiyat qarori bilan chaqirilishi mumkin. Kongressga delegatlar regional bo’limlar tomonidan, regional tashkilotlar a’zolari soniga proportsional holda Kotibiyat (yoki navbatdan tashqari Kongressni chaqirish Tashabbus Guruhi) belgilagan kvota bo’yicha yo’llanadi.

7.3. Kongress delegatlari O’IHJ regional bo’limlarining Kongress oldidan o’tkaziladigan konferentsiyalari ishtirokchilari orasidan saylanadi.

7.4 Kongress O’IHJ Prezidenti va Taftish Komissiyasi a’zolarini saylaydi, Prezidentning tavsiyasi bilan Kotibiyat a’zolarini tayinlaydi.

7.5. Bir shaxs O’IHJ Prezidenti qilib to’rt martadan ko’p bo’lmagan  muddatga saylanishi mumkin.

7.6. Kongress vakolati:
– Prezident, Kotibiyat va Taftish Komissiyasining hisobotlarini eshitish;
– O’IHJ faoliyatini muvofiqlashtirish va rejalashtirish masalalarini o’rganish va ular bo’yicha qarorlar qabul qilish;
– O’IHJ Ustaviga tuzatish va o’zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilish (qonun o’zgarishlari hollarida qarorni Kotibiyat qabul qiladi va bu qaror bo’lajak Kongressda tasdiqlanadi).

7.7. Kongress qarori ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

7.8. Kongressda Jamiyat regional bo’limlari konferentsiyalari delegatlarining 50% dan ortig’i qatnashayotgan bo’lsa, uning qarori O’IHJ va uning barcha regional bo’limlari a’zolari uchun qonun shaklini oladi.

7.9. Prezident vakolatlari:
– O’IHJ nomidan faqat  Prezident gapiradi va hujjatlar (xususan, bayonotlar, murojaatlar, Jamiyat hisobotlari)ni imzolaydi, hukumat bilan muloqot olib boradi; Prezident o’z vakolatini bergandagina O’IHJ nomidan uning boshqa a’zosi gapirishi mumkin;
– Prezident Kotibiyat a’zosidir;
– u dolzarb masalalarni hal qiladi va Kongress qarorlarini hayotga tadbiq etadi;
– u Kotibiyat va Rahbarlar Kengashi majlislari hamda Kongressga tayyorgarlik ishlarini tashkillashtiradi;
– u O’IHJ rahbar organlari qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan nazorat qiladi.

7.10. Kotibiyat vakolatlari:
– doimiy ijroiya organi sifatida u Kongresslar orasidagi vaqt ichida Jamiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi;
– u O’IHJ Prezidenti o’rinbosari vazifasini badaruvchi Kotibni saylaydi;
– u O’IHJ loyihalari va dasturlari orasidan eng asosiy yo’nalishlarni belgilaydi;
– Kotibiyat O’IHJ joriy faoliyatiga taaluqli masalalarni hal qiladi:
(i) Taftish Komissiyasiga tegishli holatlarni aniqlash va tasdiqlash;
(ii) Kongressni tayyorlash.

7.11. Prezidentdan mustasno, Kotibiyatning har bir a’zosi O’IHJ faoliyatining bir yoki bir necha yo’nalishiga mas’uldir.

7.12. Kotibiyat majlisi Prezident qaroriga veto qo’yishi mumkin.

7.13. Rahbarlar Kengashi vakolatlari:
– Kotibiyat, O’IHJ regional bo’limlari Prezidentlaridan tashkil topgan Rahbarlar Kengashi Kotibiyat faoliyatining barcha sohalari ustidan nazorat organidir;
– O’IHJ Prezidenti boshchiligida u uch oyda kamida bir marta o’zining majlisiga to’planadi;
– u Jamiyat bo’limlari faoliyatining barcha dokladlari va loyihalarini ko’rib chiqish huquqiga ega;
– u Jamiyat bo’limlari faoliyati O’IHJ Ustavi va Kongress qarorlariga mosligini nazorat qiladi;
– u Jamiyat faoliyatiga oid tavsiyalar ishlab chiqadi, Prezident qarorlariga veto qo’yishi mumkin.

7.14. Kongressdan mustasno, O’IHJ organlari o’z majlislarida a’zolarining yarmidan ko’pi ishtirok etayotgan bo’lsa qaror qabul qilishlari mumkin. Qaror majlis qatnashuvchilarining ko’pchiligi unga ovoz bersa qabul qilinishi mumkin.

7.15. O’IHJ Taftish Komissiyasi Jamiyat organlarining ma’muriy va moliyaviy faoliyatini tekshiradi. Tekshirish natijalari haqida u Kongressda ma’ruza qiladi. Taftish Komissiyasining raisi Kongress tomonidan navbatdagi Kongressgacha bo’lgan muddatga saylanadi.

8-modda. Tashkilotni moliyalash

8.1. Jamiyatning resurslari uning mustaqilligi saqlangan holda qonun ruxsat bergan barcha manba’lar, xususan:
– Jamiyat a’zolarining a’zolik ba’dallari;
– Jamiyat faoliyati (nashrlar,  konferentsiyalar, seminarlar, tadbirlar) dan tushadigan foydalar;
– sovg’a yoki meros sifatida olingan resurslar;
– ijtimoiy jamg’armalar ajratgan subsidiyalar;
– Jamiyat mulkini garovga qo’yishdan tushadigan foizlar va foydalar;
– muayyan proektlarni amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan beg’araz berilgan mulk va mablag’lar;
– fuqarolar, tashkilotlar, korxonalar va muassasalar (shu jumladan chetel)ning ixtiyoriy xayriyalari;
– qonunlar hamda joriy boshqaruvchi aktlar bilan ma?n etilmagan boshqa manb’alardan tashkil topadi.

8.2. O’IHJ puli, mablag’i va mulki bilan bog’liq hujjatlarni Prezident yoki Kotibiyat vakolat bergan shaxslar imzolashi mumkin;

8.3. Tashkilot mulki va aktivlarini boshqarish ustidan Taftish komissiyasi nazorat olib boradi
(7-modda, 7.15-band);

9-modda. O’IHJning yuridik maqomi

9.1. O’IHJ rasmiy ro’yxatdan o’tgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga erishadi.

9.2. Uning regional bo’limlari ham yuridik shaxs maqomiga egadir.

10-modda. O’IHJ faoliyatini to’xtatib qo’yish, qayta tashkillantirish yoki tugatish

10.1. Qatnashgan delegatlarning 2/3 qismi ovoz berganda Kongress qarori bilan O’IHJning faoliyati to’xtatib qo’yilishi, tugatilishi yoki qayta tashkillantirilishi mumkin.

10.2. Tashkilot tugatilgan holda uning mulki, mablag’i va pullaridan qonunda ko’rsatilgan tartibda foydalaniladi.

10.3. O’IHJning faoliyati sud tomonidan ham to’xtatib qo’yilishi yoki tugatilishi mumkin.

11-modda. Jamiyatning ichki reglamentatsiyasi

Jamiyatning Kongress tomonidan tasdiqlangan ichki reglamentatsiyasi mazkur Ustavda qayd qilinmagan tashkiliy muammolari, protseduralari, faoliyati va boshqa jabhalariga tegishli jihatlarini aniqlaydi.

(O’IHJning 2009 yil 6 mayda o’tgan 1-Kongressida muhokama va qabul qilingan, Angers shahri).

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati Prezidenti

Leave a Reply

Your email address will not be published.