Bir kishini himoya qil,ming kishi quvvat olsin.

Spread the love

Bir kishini  himoya qil,ming kishi quvvat olsin.

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati(O’IHJ) 1992 yilning 2-vebralida O’zbekistonda birinchi inson huquqlari tashkiloti sifatida tashkil topdi.Jamiyat tashkil topgandan beri doimiy O’zbekiston hukumatining tayziqi ostida.Tashkilot 6 marta to’yhatdan o’tish uchun O’zbekiston adliya vazirligiga kerakli hujjatlarni taqdim qilgan.Lekin tashkilot ro’yhatga olinmadi.Nihoyat tashkilot  2008 yilning 21-oktyabrida O’zbekistonda emas,Frantsiyada ro’yhatga olindi.Jamiyat tashkil topganidan beri 28 a’zosi sohta ayblar bilan qamaldi,hokimiyat tomonidan qamalishga “navbati” etmay qolganlarining   ko’pchiligi O’zbekistonni tark etishdi.Barcha repressiyalarga tik qarab mardonovor kurashayotganlargina mamlakatda faoliyatini davom ettirmoqdalar[Complaint to the Special Representative of the UN Secretary …]. Shunday savol tug’iladi.Nega O’zbekiston hukumati inson huquq tashkilotlarini,ularning a’zolarini ta’qib etadi? Ahir  huquqbonlar hokimiyat(vlast) tomonidan huquqlari poymol etilgan O’zbekiston fuqarolarining(ha hokimiyat tomonidan,hamma gap shu erda) huquhlari uchun kurashib adolat qaror topishi uchun kurashadilarku.Bu bilan O’zbekistonda adolat qaror topishiga ,ijtimoiy siyosiy barqarorlik o’rnatishga hissa qo’shishadi.Yana bir jihat,inson huquq tashkilotlari ,siyosiy muholifat partiyalarday hokimiyat  uchun kurashmaydi.Huquqbonlar O’zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan BMTning pakt va konventsiyalarini qanday bajarayotganligini,O’zbekiston konstitutsiyasiga qanchalik amal qilayotganligining monitoringini olib boradi. Buhday faoliyat  Inson Huquqlari Umumjahon Dekleratsiyasi (1948)[The Universal Declaration of Human Rights],Yakka shahslar,guruhlar va jamiyatlarning(Organs of Society) umuminsoniyat tan olgan inson huquqlari va asosiy erkinliklarini keng targ’ib va himoya qilish bo’yicha huquq va majburiyatlari to’g’risida dekleratsiya(Qisqacha,huquqbonlar to’g’risida dekleratsiya),(1998)[Human Rights First ], European Union Guidelines on Human Rights Defenders[ European Union Guidelines on Human Rights Defenders](2004) kabi hujjatlarda huquqiy kafolatlangan.
O’zbekistonning qudratdagi hokimiyati huquqbonlarni  konstitutsiyasiga,halqaro pakt,konventsiyalarga zid ravishda repressiyalarga duchor qilmoqda.

Hokimiyatning huquqbonlarni sohta ayblar bilan jinoiy ishlar ochib repressiyalarga duchor qilishining 5 sababi bor.

Bu sabablarni[ News: PBI] O’zbekiston hokimiyatining O’IHJ  a’zolarining qanday taqib qilganligi misolida ko’rsatiladi[http://www.frontlinedefenders.org/files/en/Letter%20to%20Margaret%20Sekaggya.pdf].
1-sabab.Hokimiyatning huquqbonlarni taqib qilishi ularning faoliyatini sustlashiga olib keladi. Ayniqsa tashkilotning rahbariyat hodimlarini,ma’lum malakali hodimlarini taqib qilishi ularning o’z faoliyatlarinin yo’nalishini o’zgartirishga,ya’ni huquqi poymol etilgan insonlarni himoya qilishni to’htatib,o’zining huquqlarini himoya qilishga majbur bo’ladi.O’IHJ Jizzah viloyati bo’limining raisi Bahtiyor Hamroyevning o’g’li Ihtiyor Hamroyevni,OIHJ Samarqand viloyati bo’limining raisi Mamatqul Muhtarovning o’g’li Bahodir Muhtarovni sohta ayblar bilan qamalganda,bu huquqbonlar shu viloyatdagi huquqlari poymol qilingan kishilarning huquqlarini himoya qilishni  susaytirishga yoki to’htatishga,o’g’illarining dastlabki tergov ,sud  va qamalgandan keyin ularni ozodlikka chiqarish kabi barcha jarayonlarda qatnashishga majbur bo’lishdi.

2-sabab.Hokimiyatning huquqbonlarni sohta ayblar bilan taqib  qilishi ularning faoliyatiga jamoatchilik orasida ularga nisbatan  ishonchlilik va ular faoliyati qonuniyligining(legitimacy) pasayishiga olib keladi.Bu sohta ayblar jamoatchilikda ularning faoliyatiga shubha to’g’diradi.
O’IHJ birinchi raisi Abdumannob Po’latov[ ?.??????: ?????????? ??????????? ???. ????????????-????????????? …],2001 yildan hozirgacha raislik qilib kelayotgan Tolib Yaqubov[????? ??????: ?????? ??????????? ?????(1-????) – 13 ?????? 2007 …] va tashkilotning Jizzah viloyati Pahtakor tumani bo’limining raisi Saida Qurbonovaga nisbatan to’hmatlardan iborat maqolalarning chop etilishi misol bo’la oladi[????? ????????? | Front Line].

3-sabab. Hokimiyatning huquqbonlarni sohta ayblar bilan taqib  qilishi ularnin hayotini havf ostiga qo’yadi.
O’IHJ Qashqardaryo viloyati bo’limining raisi Shovruq Ro’zimuradov,Sirdaryo viloyati bo’limining raisi Azam Formonov,Shu viloyat Mirzaobod rayoni bo’limining  raisi Alisher Karamatov,Samarqand viloyati Ishtihon rayoni bo’limining raisi Norboy Holjigitovlar hokimiyat tomonidan sohta ayblar bilan qamalib noinsoniy qiynoqlarga duchor qilindilar.Buning oqibatida Shovruq Ro’zimurodov hayot bilan vidolashdi,Alisher Karamatov,Norboy Holjigitovlarning sog’lig’i  nihoyatda og’irlashib vrachlar yordamiga muhtoj bo’lib qolishdi.

4-sabab.Hokimiyatning huquqbonlarni sohta ayblar bilan taqib  qilishi aholida qo’rquv va huquqbonlar faoliyatiga nisbatan ishonchsizlikni paydo qiladi.
Huquqbonlarning faoliyatidan ularning oila a’zolari norozi bo’la boshlaydi.Ularga murojaat qiluvchilar kamaya boshlaydi.
Jurnalist va O’IHJ a’zosi Jamshid Karimovga nisbatan doimiy tayziqlar ,hamda  ruhiy kasalhonaga joylashtirilishi uning hotini bilan ajrashishiga va opa singillari bilan munosobatlarning yomonlashiga olib keldi. Uning  ruhiy kasalhonaga joylashtirilishi ko’pchilikda qo’rquvni paydo qildi.

5-sabab.Hokimiyatning huquqbonlarga nisbatan repressiyalari butun jamiyatga nisbatan repressiyadir.
Darhaqiqat,huquqbonlar jamiyatning ma’lum guruhlarining huquqlarini; fermerlar,bolalar,ayollar,nogironlar,qariyalar,dindorlar va muholifatning huquqlarini himoya qilishadi.Ularning repressiyalar tufayli faoliyatini susayishi yoki to’htashi ,aholining ma’lum guruhlarining huquqlarining himoya qilinishining kamayishiga yoki to’htalishiga olib keladi.O’IHJ ning a’zolari;Mamir Azimov,Saida Kurbanova,Alisher Karamatov,Azam Farmonov.Norboy Holjigitov,Bahtiyor Hamroyev larning ta’qib qilinishi ularning faoliyatini susayishiga yoki butunlay to’htashiga olib keldi.Buning oqibatida ular himoya qiloyatgan aholining ,ayniqsa fermerlarning va maktab o’quvchilarining huquqlarining himoya qilinishining pasayishiga yoki butunlay to’htab qolishiga olib keldi.
Diktatorlar o’z diktaturasini o’rnarishda qadimgi hitoy devizi(slogan):”bir kishini o’ldir,mingtasi titrasin”ga amal qiladi. Erkin va demokratik jamiyat qurish uchun kurashuvchi huquqbonlar esa Front Line devizi;[http://www.frontlinedefenders.org/about/frontline]”bir kishini himoya qil,mingtasi quvvat olsin”ga amal qiladi.

Abdujalil Boymatov,O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati sekretariatining  a’zosi.

27- yanvar,2009 yil.

Leave a Reply

Your email address will not be published.