O’zbekistonda diktatura o’limga mahkum..

Spread the love

O’zbekistonda diktatura o’limga mahkum..

O’zbekistonda hokimiyat(vlast) va muholifat o’rtasidagi munosobatlar O’zbekiston jamiyatining kelajagini,qolaversa siyosiy, iqtisodiy,sotsial jihatlardan qanday jamiyat bo’lishini belgilaydi desak mubolag’a bo’lmaydi.O’zbekistonda muholifat Mihail Gorbachevning oshkoralik siyosati tufayli  siyosiy sahnaga chiqish imkoniyatiga ega bo’ldi.Albatta Boltiq bo’yi ,Kavkaz  respublikalari va Rossiyadan sal kechikibroq bo’lsada Markaziy Osiyo respublikalari orasida birinchilardan bo’lib muholifat O’zbekistonda o’zini namoyon qildi.”Birlik” Halq Harakati (1988,tashabbus guruhi 11 noyabr,rasman tashkil topishi 28 may,1989),”Erk”demokratik partiyasi(1990),Ozod dehqonlar partiyasi(1990) SSSR parchalangunga qadar O’zbekiston uchun juda aktual bo’lgan muammolarni:Orol fojiasi,O’zbek tiliga davlat maqomi berish,O’zbekistonga siyosiy,iqtisodiy mustaqillik berish kabi muammolarni dadil,katta jasorat bilan ko’tarib chiqdi.O’zbekistondagi qudratdagi kommunistik partiya rahbarlari (Rafiq Nishonov,1989 yilning 23 iyunigacha,Islom Karimov,1989 yilning 23 iyunidan keyin boshchiligida) avvaliga bu harakat va partiyalarni tan olishga,ular ko’targan muammolarni bajarishga hohlashmasdan,aksincha ularga nisbatan tayziqlarni kuchaytirdi,bu muholifatni obro’sizlantirishga harakat qildi.Shunisi quvonarliki, O’zbekiston halqi bu yangi shakllanayotgan harakat va partiyalarni ,ular ko’targan muammolarni qo’llab quvvatladi.O’zbekiston hukumati yon berishga majbur bo’ldi.Birlik,Erk ro’yhatga olindi,,mustaqillik dekleratsiyasi,o’zbek tiliga davlat maqomi berish to’g’risida qonun qabul qilindi,aholiga yerlarning 5 foizchasi.bo’lib berildi.Orol fojeasini bataraf qilish bo’yicha ijobiy munosobat paydo bo’ldi.O’zbekiston halqida kelajakka umid paydo bo’ldi.

Sovet Ittifoqi parchalanib O’zbekiston siyosiy mustaqillikka erishganidan so’ng hokimiyat muholifat g’oyalarini zo’raki bo’lsada amalga oshirib halqning ishonchini qozongan bo’lsada,muholifatga nisbatan repressiyalarni boshlab yubordi.Bu repressiyalar hanuzgacha davom etmoqda.Bu repressiyalar 1992 yildan bu yog’iga tuzilgan inson huquqi tashkilotlariga nisbatan ham shafqatsiz qo’llanilmoqda.Muholifat g’oyalarini hayotga tatbiq qilish va shu barobarida ularga nisbatan repressiyalar o’tkazish faqat qisqa muddatda hukumatga o’z halqini va dunyo jamoatchiligini aldash imkoniyatini beradi.Bu siyosatning kelajagi yo’qligiga quyidagilar misol bo’la oladi:

Islom Karimov rejimining qanchalik O’zbekiston halqini iqtisodiy nochor ahvolga olib kelganiga quyidagi  ba’zi mamlakatlarda aholi jon boshiga daromad (dollar bo’yicha ,2006 yil) yaqqol ko’rsatadi.
1.Lyuksemburg-76.040,
7.AQSH-44.970,
47.Rossiya-5.780,
67.Qozoqiston-3.780,
122.Sub -Sahara Afrika mamlakatlari-842,
139.O’zbekiston-610 .
(http://www.finfacts.ie/biz10/globalworldincomepercapita.htm)
O’zbekiston hukumati respublikani qashshoqlikdan chiqarish uchun birinchi navbatda maktab o’quvchilarining va studentlarning bilimining sifatini oshirish kerak.Buning uchun bolalar mehnati ,majburiy mehnatdan voz kechishi kerak.Ikkinchidan poraho’rlik va korruptsiyaga qarshi kurashish kerak.Bu ishlarni muholifatning va aholining aktiv ijtimoiy siyosiy qatnashuvisiz amalga oshirib bo’lmaydi.Holbuki,diktatura aholining ijtimoiy siyosiy passivligi asosiga qurilgan.Boshqacha aytganda diktatura poraho’rlik va korruptsiyaga qarshi kurashda ojiz.Bolalar mehnati,majburiy mehnat ham poraho’rlik,korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillardan hisoblangani uchun diktatura bu muammolarni hal qilishdan manfaatdor emas.Shu sababli diktatura bu muammoga barham berishda qodir emas.Lekin O’zbekiston halqi ham boshqa mamlakatlardagiday erkin,farovon hayot kechirishni hohlaydi.Islom Karimov rejimi bu halqning orzusini ro’yobga chiqara olmaydi.

Yana bir jihat qonun ustivorligini amalga oshirish uchun O’zbekistonning barcha aholisi konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilishi kerak.Lekin birinchi navbatda hokimiyatdagilar hurmat qilishi kerak.Afsuski O’zbekistonda  birinchi shahs Islom Karimov konstitutsiyani hurmat qilmaydi.Unga bo’ysunuvchi milliy havfsizlik hizmati,militsiya,sud ,prokuratura organlari ham konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilmaydi.Bunday sharoitda hokimiyat tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari toptaladi.Islom Karimovning muholifat g’oyalarini hayotga tatbiq qilib va shuning barobarida muholifatga nisbatan repressiyalarni to’htovsiz olib borishi bunga misol bo’ladi.Bu repressiyalar natijasida muholifat liderlari hozir g’arb davlatlarida faoliyat olib bormoqda.Qashshoqlikdan millionlab o’zbekistonlik ayollar va erkaklar Rossiya,Qozoqiston,Janubiy Korea va boshqa mamlakatlarda mehnat muhojirlaridir.

Shu yaqin 3-4 yillar davomida hukumat repressiyalariga qaramasman O’zbekiston huquqbonlari,muholifat a’zolari, halqaro huquqni himoya qiluvchi  tashkilotlar:Amnesty International,FIDH,Front Line,HRW va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda BMT,Yevropa Ittifoqi,AQSH va boshqa nufuzli dunyo siyosatida muhim rol o’ynaydigan davlatlarning e’tiborini andijon voqealari, qamoqdagi muholifat a’zolarinining ahvoli ,bolalar mehnati,  majburiy mehnat,qiynoqlar kabi O’zbekistonda keng ko’lamda ro’y berayotgan inson huquqlarining buzilishlariga qaratishga muvaffaq bo’lishdi.Bu jarayonga “Birdamlik” harakati va muholifat partiyalar  O’zbekiston aholisini jalb qilishsa ijtimoiy siyosiy islohotlar o’tkazilishiga turtki bo’lardi.O’zbekiston muholifati AQSH,Yevropa Ittifoqi,BMT bilan hamkorlikda vijdon mahbuslarini qamoqdan chiqarish,bolalar va majburiy mehnat,qiynoqlar,korruptsiya va poraho’rlikka qarshi kurash kabi yo’nalishlarda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin.
.Shu orqali O’zbekiston aholisining ham ijtimoiy siyosiy jarayonlarda qatnashishi, hukumatning fuqarolar oldidagi majburiyatini his qilishiga va ular oldida hisobot berishga o’rgatishda katta bir qadam qo’yilgan bo’lardi.Albatta O’zbekiston halqi muholifatni borligini uning qilgan ishlari orqali biladi.

Abdujalil Boymatov,O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati sekretariatining  a’zosi.

18- yanvar,2009 yil.

1)Orol,O’zbek tili,mustaqillik,inson huquqlari,demokratiya.
2)Halqaro inson huquqlari tashkilotlari,EU,AQSH,Amnesty International,HRW,FIDH,BMT
3)Birdamlik,ERK,Birlik,Ozod dehqonlar partiyasi.
4)Vijdon asirlari,bolalar mehnati,qiynoqlar,mehnat muhojirlari,ro’yhatga oldirish.
5)Qirg’iziston,Mo’g’iliston,Ukraina,Gruziya tajribalari.
6)Demokratik o’zgarishlar vijdon asirlarini qamoqdan chiqarishdan boshlanadi.
7)Gorbachev oshkoralik.
8)Hokimiyat tepasiga kelish kerak.
9)Kemasdan ham bir narsa qilish mumkinmi.
10)Qashshoqlik,korruptsiya,poraho’rlik.
11)Diktatura,bir partiyalilik korruptsiyaga qarshi kurashga ojiz.
12)Qonun ustivorligi.(rule of law)
13)Afrika

Leave a Reply

Your email address will not be published.