Mar 032009
 

Поделиться в соц. сетях

Share to Google Buzz
Share to Google Plus
Share to LiveJournal
Share to MyWorld
Share to Odnoklassniki

Islom Karimovning O’zbekiston halqiga ko’rsatayotgan “karomati”.

Bemorni davolash uchun avval bemorning qanaqa kasal bilan og’riganligini aniqlash kerak.Quyida O’zbekiston respublikasining davlat sifatida og’ir kasalga mubtalo bo’lgani va bu bemorning kasaliga qo’yilgan “diagnoz” bilan tanishasiz.Tashhisni “Tinchlik fondi”(/www.fundforpeace.org) qo’ygan.

O’zbekiston muvaffaqiyatsiz davlatlar indeksi (failed states index) bo’yicha sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari orasida yagona havotirli,beqaror(alert,unstable) davlatdir.Bunga ham Islom Karimovning siyosati tufayli erishildi.O’zbekiston bu ro’yhatda 26- o’rinni egallagan.Qo’shni davlatlar Tojikiston 38,Qirg’iziston39,Turkmaniston 46,Rossiya 72,Qozog’iston101 o’rinlarni egallab ogohlantirish(warning) guruhi davlatlari qatoriga kiritilgan(List of countries by Failed States Index. http://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_Failed_States_Index) .Shu o’rinda o’quvchilarga O’zbekistonning o’rni to’g’risida yanada chuqurroq tasavvur bo’lishi uchun AQSH 160 o’rin bilan o’rtamiyona(moderate) davlatlar guruhidan,Yaponiya 163 o’rin bilan barqaror(sustainable) davlatlar guruhidan o’rin olganini aytish lozim. O’z o’zidan shunday savol tug’iladi:Nega O’zbekiston 26 o’rin bilan ahvoli havotir o’yg’otadigan davlatlar safiga tushib qoldi.Bu savolga O’zbekistonning ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy indikatorlarini analiz qilish orqali javob topamiz.

177

Norway

2.0

1.6

1.0

1.1

2.0

1.8

1.0

1.3

1.5

1.0

1.0

1.5

16.8

161

United States

3.5

4.0

3.2

1.0

5.5

2.3

3.0

1.8

4.2

1.3

2.0

1.0

32.8

101

Kazakhstan

6.2

3.6

5.2

4.0

6.5

6.0

7.7

5.5

6.8

6.5

7.8

6.6

72.4

26

Uzbekistan

7.7

5.4

7.1

7.1

8.6

7.7

9.3

6.8

9.2

9.0

9.2

6.3

93.4

1-ustun.Mamlakatning dunyo bo’yicha muvaffaqiyatsizlik darajasi bo’yicha tutgan o’rni.Albatta 1-o’rinda ahvoli eng og’ir davlat joylashgan.Bu davlat Somalidir.Ahvoli eng yahshi davlat bu Norvegiyadir.O’zbekiston esa 26-o’rindadir.

2-ustun.Mamlakatning nomi.O’zbekistonning dunyodagi o’rnini aniqroq tasavvur  qilish uchun eng barqaror maqomiga ega bo’lgan Norvegiya,ogohlantirish  maqomidagi Qozog’iston va  havotirli maqomga ega bo’lgan O’zbekiston keltirilgan.

Ijtimoiy(sotsial) indikatorlar.
3-ustun.Demografik bosim.O’zbekiston uchun bu ko’rsatgich-7,7.Shu erda o’quvchiga shuni eslatish lozimki ko’rsatkich qancha yuqori bo’lsa ahvol shunchalik yomondir.
4-ustun.Qochoqlarning ommaviy ko’chishi (boshqa davlatlarga) yoki mamlakat ichida aholining ommaviy ko’chishi.Bu ko’chishlar gumanitar halokatlarga olib kelishi mumkin.Bu ko’rsatkich O’zbekiston uchun 5,4.
5-ustun.Hokimiyatning zo’ravonlik siyosatidan nihoyatda norozi bo’lgan va o’ch olish yoki juda qayg’uda,tushkinlikdagi aholi guruhlari.Bu ko’rsatkich O’zbekiston uchun-7,1.Bu guruhlarga diniy ekstremizmda ayblanib hukumat tomonidan ta’qibga uchragan diniy oqim vakillari,loyiq(secular)muholifat a’zolari,andijon voqealari qatnashchilari,qashshoqlashgan aholi qatlamlari.
6-ustun.Doimiy ravishda hukumatning tayziqi tufayli muholifat vakillarining,ishbilarmon,inlellektual kishilarning vatanni tark etishi va chet elda diasporaning ko’payishi.Bu ko’rsatkich O’zbekiston uchun-7,1.

Iqtisodiy indikarorlar.
7-ustun.Aholi qatlamlari bo’yicha notekis iqtisodiy rivojlanish-8,6.
8-ustun.Keskin yoki jiddiy ravishda iqtisodiy pasayish-7,7.Bu ko’rsatgich o’zini hozirgi iqtisodiy pasayish davrida yaqqol namoyon qilishi mumkin.

Siyosiy indikatorlar.
9-ustun.Davlat organlarining (hokimiyat) kriminallashuvi va buning natijasida qonuniyligini yo’qotishi-9,3.
10-ustun.Aholiga hizmat ko’rsatish sohalarining faoliyatini tinimsiz yomonlashuvi-6,8.Bularga maorif,sog’liqni saqlash,transport hizmati va aholini jinoiy guruhlardan himoya qilish kiradi.Bu hizmatlar ko’pincha hokimiyatdagi elitaga hizmat ko’rsata boshlaydi.
11-ustun.Qonun ustivorligining (rule of law) ta’minlanishini to’htab qolishi yoki ma’muriy usulda tatbiq qilinishi.Inson huquqlarining keng ko’lamda toptashishi-9,2
12-ustun.Havfsizlik hizmati “davlat ichida alohida davlat” maqomi darajasiga ko’tariladi-9,0.
13-ustun.Elitaning klanlashuvi.O’zbekiston rahbariyatida Samarqand Buhoro klanining aksariyat ustunligi-9,2.
14-ustun.Boshqa davlatlarning yoki tashqi siyosiy kuchlarning O’zbekistonning ichki ishlariga aralashuvi-6,3.

Ahvoli havotirli o’rinni egallagan O’zbekistonni barqaror Norvegiya bilan taqqoslasak O’zbekiston ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy indikatorlar bo’yicha Norvegiyaga nisbatan ancha yuqori ko’rsatgichlarga ega ekanligini,ya’ni ahvoli juda yomon ahvolda ekanligini ko’ramiz.Ayniqsa siyosiy indikatorlar bo’yicha ahvol juda harobdir.Bular davlat organlarining (hokimiyat) kriminallashuvi va buning natijasida qonuniyligini yo’qotishi-9,3, qonun ustivorligining (rule of law) ta’minlanishini to’htab qolishi yoki ma’muriy usulda tatbiq qilinishi.Inson huquqlarining keng ko’lamda toptashishi-9,2,havfsizlik hizmati “davlat ichida alohida davlat” maqomi darajasiga ko’tarilganligi-9,0,Elitaning klanlashuvi.O’zbekiston rahbariyatida Samarqand Buhoro klanining aksariyat ustunligi-9,2.

O’zbekistonning muvaffaqiyatsiz havotirli davlat sifatida o’rtamiyona(moderate) AQSH davlati bilan iqtisodiy krizislar vaqtida hokimiyat va aholi o’rtasidagi munosobatlarni ko’rib chiqamiz.O’zbekistonda aholining hukumat siyosatiga noroziligi kuchaygan paytlarda,masalan 1992 yilning yanvarida Toshkentda studentlar shaharchasida studentlarning ommaviy noroziligi militsiya tomonidan shafqatsiz bostirildi.Kamida 2 student otib o’ldirildi.2005 yil may oyida Andijon shahrida aholining ommaviy noroziligi kamida 750 kishining hukumat tomonidan otib o’ldirish bilan yakunlandi.AQSH da esa aholining hukumat siyosatidan noroziligi tinch ommaviy nomoyishlarga,ish tashlashlarga,ommaviy ahborot vositalarida keskin bahslarga sabab bo’ladi.AQSH erkin,demokratik mamlakat bo’lganligi uchun aholi o’z noroziligini ijtimoiy siyosiy faollikning oshishi bilan bildiradi.Bu faollik pirovardida tinch yo’l bilan erkin,demokratik saylovlar orqali hokimiyat almashuvi bilan yakunlanadi.Ya’ni AQSHda halqning hohish irodasi amalga oshadi.O’zbekistonda esa halqning ijtimoiy siyosiy faollashuvi hokimiyat tomonidan jazolanadi.Sababi Islom Karimov O’zbekiston konstitutsiyasini,halqini hurmat qilmaydi.
Shuning uchun O’zbekiston davlati-“bemor” havotirli maqomdan barqaror sog’lom davlatga aylanishi uchun  erkin,demokratik mamlakatga aylanishi kerak.Buning uchun mamlakat erkinlashuvi va demokratlashuviga olib keluvchi siyosiy islohotlar o’tkazilishi kerak.Fuqaroviy va siyosiy erkinliklarni cheklovchi barcha qonuniy va ma’muriy cheklovlar bekor qilinishi kerak.Albatta siyosiy islohotlatning dastlabki qadamlari o’zgacha fikrlovchilarni ta’qib qilishni to’htatish:qamoqdagi huquqbonlar,jurnalistlar,muholif partiyalar vakillarini ozod qilish,inson huquq tashkilotlarini ,muholifat partiyalarni ro’yhatga olish va ularga erkin faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratishdan boshlanadi.


Abdujalil Boymatov,O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati sekretariatining  a’zosi.

3-mart,2009 yil.