Jan 082009
 

Islom Karimov diktaturasi O’zbekistonni musulmon davlatidan islom davlatiga olib bormoqda.

Sovet Ittifoqi qulagandan so’ng mustaqil O’zbekistonning birinchi prezidenti,sobiq O’zbekiston kommunistik partiyasining birinchi sekretari Islom Karimov O’zbekiston kelajakda erkin va demokratik jamiyat qurish yo’lidan borishiga va’dalar berdi.Agar sobiq Sovet davrida O’zbekistonda loyiq(sekular)jamiyat qurilgani,qarayib 100 foiz savodhonlikka erishilganligini,respublikada Sovet Ittifoqining Rossiya,Ukraina,Belorussiya kabi davlatlardan ancha kamroq darajada rivojlangan bo’lsada nisbatan kuchli fan,sanoatga,indusriallashgan qishloq ho’jaligiga egaligini hisobga olsak bu maqsadga erishish unchalik qiyin emasdik edi.
Mana O’zbekiston mustaqil bo’lganiga 17 yildan oshdi.Natija:O’zbekiston prezidenti Islom Karimov konstitutsiya bo’yicha 2000 yilda vakolati tugagan bo’lsada konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritib,konstitutsiyani oyoq osti qilib qarayb 20 yildan beri hokimiyat tepasida. O’zbekiston dunyodagi 10 ta eng repressiv davlatlar orasida,aholi jon boshiga daromad(income) 610 dollar.Sovet Ittifoqi parchalanmasdan oldin daromad O’zbekistonda  950 dollar,Qozog’istonda 700 dollar,hozirgi kunda Qozog’istonda daromad 5000 dollardan yuqoriligini ,dunyo bo’yicha(world) 2006 yilda 7439 dollar bo’lganini hisobga olsak,O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy jihatdan nihoyatda ayanchli ahvolga tushib qolganligini ko’ramiz. Continue reading »

Jan 042009
 

Akmal Saidovning siyosiy bo’htoni.

2008 yilning 11 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson Huquqlari Kengashining 3 sessiyasida(Human Rights Council,Third Universal Periodic Review) kengash qatnashchilaring Ozbekistonda bolalar mehnati bo’yicha bergan savollariga O’zbekiston hukumatining pozitsiyasini bildirib Akmal Saidov shunday dedi:”O’zbekistonda yalpi  pahta nodovlat sektorida etishtiriladi.Bu yalpi  pahta hususiy sektorda etishtiriladi. Shu sababli Ozbekiston hukumatining bolalar mehnatiga  hech qanday aloqasi yo’q”.Ana holos.Agar Akmal Saidovning bu gapini O’zbekiston halqi eshitsa, men kabi darhol bu fermerlarga nisbatan bo’htonku deb yuboradi. Continue reading »