Oct 142009
 
O’zbekistonda bolalar ekspluatatsiyasi qoralanmoqda


14/10/2009

Bugun O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi yonida respublika paxta dalalarida bolalarning majburan ishlatilishiga qarshi namoyish o’tmoqda. Uni bir necha Amerika tashkiloti o’tkazmoqda. Ularning fikricha, O’zbekiston bunga doir qator xalqaro shartnomalarga a’zo bo’lishiga qaramay, bolalarning majburiy mehnatiga chek qo’ymagan. Continue reading »

Oct 112009
 
Viloyatlarda 7-sinfdan boshlab bolalar paxtada


11/10/2009

[insert caption here]
Terim mavsumi dekabrgacha davom etishi kutilmoqda

Ayrim tumanlarda 5-sinf bolalari ham paxta termoqda

Yig’im-terim mavsumi munosabati bilan viloyat maktablarida darslar bekor qilingan, hokimiyat ko`rsatmasiga binoan, bolalar dalaga olib chiqilgan.

Asosan, 7-sinf, ayrim tumanlarda 6-sinfdan boshlab o’quvchilar paxta terimiga ommaviy safarbar qilingani xabar qilinmoqda.

Rasmiy Toshkent mamlakatda bolalar majburan ishlatilayotganini rad etib keladi. O’zbekiston bolalar huquqlarini kafolatlash to’g’risida BMT konvensiyasini ratifikatsiya qilgan, bolalar mehnatining og`ir turlarini taqiqlash bo`yicha qonun qabul qilingan. Continue reading »

May 142009
 

Tabrik hati.

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati 13 may 2009 yil Germaniyaning Dyusseldorf shahrida
Andijon qirg’inining 4 yilligiga munosobati bilan shu voqealar qurbonlari tomonidan yangi tashkil qilingan “Andijon-Adolat va Tiklanish”tashkiloti asoschilarini tabriklaydi.Ayniqsa bu tashkilotning
“Andijon qirg’inidan keyin o’tgan vaqt mobaynida ular ancha ibrat olishgani,Islom Karimov rejimi bilan murosa va sukut faqat noqonuniy hibsga olinishlar,qiynoqlar va qiynoq ostidagi qotilliklar  shaklidagi yangi qurbonliklarni keltirib chiqarishini anglaganliklari” ni biz to’g’ri deb hisoblaymiz.Chunki Andijon qirg’inidan keyin bizning tashkilotdan 16 kishi sohta ayblar bilan O’zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qamaldi.Hozirgi kunlarda 9 a’zomiz O’zbekiston qamoqhonalarida qiynoqlar va noinsoniy taqqirlashlarga duchor bo’lishmoqda.Sizlarning Andijon qatliomi va mamlakat halqiga rejim tomonidan qilinayotgan jinoyatlar aybdori bo’lgan prezident Islom Karimov boshchiligidagi O’zbekiston hukumatini nozo’ravon usul bilan o’zgartirish yo’lida ishlash va harakat qilishni mo’ljallaganliklaringni biz qo’llab quvvatlaymiz.Bizning tashkilotimiz har qanday  O’zbekistonni erkin,demokratik va farovon mamlakatga olib boruvchi faoliyatga
qo’shiladi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining prezidenti.

14-may.2009 yil.

Mar 032009
 

Islom Karimovning O’zbekiston halqiga ko’rsatayotgan “karomati”.

Bemorni davolash uchun avval bemorning qanaqa kasal bilan og’riganligini aniqlash kerak.Quyida O’zbekiston respublikasining davlat sifatida og’ir kasalga mubtalo bo’lgani va bu bemorning kasaliga qo’yilgan “diagnoz” bilan tanishasiz.Tashhisni “Tinchlik fondi”(/www.fundforpeace.org) qo’ygan. Continue reading »

Jan 272009
 

Bir kishini  himoya qil,ming kishi quvvat olsin.

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati(O’IHJ) 1992 yilning 2-vebralida O’zbekistonda birinchi inson huquqlari tashkiloti sifatida tashkil topdi.Jamiyat tashkil topgandan beri doimiy O’zbekiston hukumatining tayziqi ostida.Tashkilot 6 marta to’yhatdan o’tish uchun O’zbekiston adliya vazirligiga kerakli hujjatlarni taqdim qilgan.Lekin tashkilot ro’yhatga olinmadi.Nihoyat tashkilot  2008 yilning 21-oktyabrida O’zbekistonda emas,Frantsiyada ro’yhatga olindi. Continue reading »

Jan 182009
 

O’zbekistonda diktatura o’limga mahkum..

O’zbekistonda hokimiyat(vlast) va muholifat o’rtasidagi munosobatlar O’zbekiston jamiyatining kelajagini,qolaversa siyosiy, iqtisodiy,sotsial jihatlardan qanday jamiyat bo’lishini belgilaydi desak mubolag’a bo’lmaydi.O’zbekistonda muholifat Mihail Gorbachevning oshkoralik siyosati tufayli  siyosiy sahnaga chiqish imkoniyatiga ega bo’ldi.Albatta Boltiq bo’yi ,Kavkaz  respublikalari va Rossiyadan sal kechikibroq bo’lsada Markaziy Osiyo respublikalari orasida birinchilardan bo’lib muholifat O’zbekistonda o’zini namoyon qildi.”Birlik” Halq Harakati (1988,tashabbus guruhi 11 noyabr,rasman tashkil topishi 28 may,1989),”Erk”demokratik partiyasi(1990),Ozod dehqonlar partiyasi(1990) Continue reading »