Akmal Saidovning siyosiy bo’htoni.

Spread the love

Akmal Saidovning siyosiy bo’htoni.

2008 yilning 11 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson Huquqlari Kengashining 3 sessiyasida(Human Rights Council,Third Universal Periodic Review) kengash qatnashchilaring Ozbekistonda bolalar mehnati bo’yicha bergan savollariga O’zbekiston hukumatining pozitsiyasini bildirib Akmal Saidov shunday dedi:”O’zbekistonda yalpi  pahta nodovlat sektorida etishtiriladi.Bu yalpi  pahta hususiy sektorda etishtiriladi. Shu sababli Ozbekiston hukumatining bolalar mehnatiga  hech qanday aloqasi yo’q”.Ana holos.Agar Akmal Saidovning bu gapini O’zbekiston halqi eshitsa, men kabi darhol bu fermerlarga nisbatan bo’htonku deb yuboradi.Akmal Saidov Inson Huquqlari Milliy markazining raisi sifatida,O’zbekiston delegatsiyasing rahbari sifatida shu gapni tap tortmasdan,,baralla aytdi.Albatta bu Akmal Saidovning shahshiy fikri emas,bu Ozbekistonni 20 yildan beri boshqarib kelayotgan O’zbekiston prezidentining (2000 yilda O’zbekiston konstituttsiyasi bo’yicha presidentlik vakolati tugagan bo’lsada)  bolalar mehnatiga  nisbatan siyosatini aytdi.

O’zbekiston aholisi  fermerlar yerni shartnoma asosida mahalliy hokimiyatdan ma’lum muddatga ijaraga olishini,etishtirilgan hosilni davlat belgilagan narhda davlatga sotishini yah’shi biladi .Ya’ni O’zbekistondagi fermerlar G’arb mamlakatlaridagiday yerning va hosilning egasi emas.Ular oddiy ijarachilardir.Ular fermer emas.Bu Islom Karimovning o’zbekiston va dunyo halqini laqillatish uchun o’ylab topgan siyosiy nayrangi.O’zbekiston hukumati nazorati ostidagi radio,televideniye,gazeta tinmasdan O’zbekistonda 100 foiz qishloq ho’jaligi mahsulotlari hususiy sektorda etishtiriladi deb sayrab keladi.

O’zbekistonda 2008 yil pahta terimiga 5,6,7,8,9 sinf o’quvchilari butun respublika bo’yicha (12-16 yoshdagi bolalar) ikki oydan ko’p vaqt davomida pahtaga jalb qilindi.Ular bu vaqt davomida maktablarga darslarga borganlari yo’q.Respublikada barcha maktablar O’zbekiston maorif ministrligiga bo’ysunadi,maorif ministri O’zbekiston premyer ministri Shavkat Mirziyoyevga,u o’z navbatida O’zbekiston prezidenti Islom Karimovga bo’ysunadi.
O’zbekiston fermerlari (aniqrog’i Karimov fermerlari) maktab o’quvchilarini darslarga borishni to’htatib pahta terishga jalb qila olishiga aqli rosa kishining aqli etmaydi.Islom Karimov o’ylaydiki dunyo jamoatchiligini bu yolg’onga ishontirish mumkin? Dunyo jamoatchiligi O’zbekistonning dunyodagi eng repressiv 10 ta davlatlardan biri ekanligini,ayniqsa 2005 Andijon voqealaridan keyin qo’li qonga botgan jinoyatchi tuzum ekanligini yahshi biladi.

Mening o’zim ham 3 sinfdan boshlab(9 yoshimdan ,1967 yildan boshlab) 10 sinfni biturgunga qadar har yili 2-3 oylab pahta terimida qatnashganman.Albatta bu vaqt davomida maktablarda darslar pahtaga jalb qilinganlar uchun butunlay to’htatilgan.Pahta terimida majburan qatnashish oliy o’quv yurtida o’qib yurganimda(Toshkent Politehnika instituti),ilmiy tekshirish instituda ishlaganimda(O’zbekiston SSR fanlar akademiyasining Yadro Fizikasi ilmiy tekshirish institutida ishlab yurganimda ham davom etti.O’sha paytlarda men kopincha pahta terimiga borishdan bosh tortganman va buning uchun maktab,ilmiy tekshirish instituti ma’muriyati tomonidan jazolanganman.Bu alohida mavzu.
Mana Sovet Ittifoqi qulab,O’zbekiston mustaqil bo’lganiga 17 yil bo’libdiki bolalar mehnatiga,majburiy mehnatga barham berilgani yo’q.

Dunyoning rivojlangan davlatlari(shu jumladan ma’lum darajada SSSR) tajribasidan ma’lumki fan,sanoat rivojlanishi va halq farovonligi  sifatli bilimsiz mumkin emas.Bu borada bahslashishga,isbotlashga hojat yo’q.Bu matematiklar tili bilan aytganda  aksiomadir.Maktab o’quvchilarini,talabalarni 9 oy o’rniga,5-6 oy ta’lim olishi ularning bilim darajasini(sifatini) keskin kamaytirib yuboradi.Agar pahta terimi  poraho’rlik,korruptsiyani avj olishiga ham katta hissa qo’shishini va maktab o’quvchilarini,talabalarni majburiy mehnatga ommaviy jalb qilish orqali  ularda yoshlikdan qullik psihologiyasi singdirilishini hisobga olsak bolalar mehnati kelajagimiz uchun katta to’siqdir..
Bolalar mehnatiga,majburiy mehnatga barham bermasdan yoshlar bilimi sifatini oshirishning iloji yo’q.Demak,qashshoqlikdan chiqishning iloji yo’q.
Sifatli bilimsiz,faravon,erkin va demokratik jamiyat qurib bo’lmaydi.
Afsuski,bolalar mehnatiga barham berishdan O’zbekiston hukumati manfaatdor emas.
Lekin bu muammoga” Birdamlik” harakati rahbariyatining befarqligi meni ajablantiradi.

Abdujalil Boymatov,O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati sekretariatining  a’zosi.

4- yanvar,2009 yil

Leave a Reply

Your email address will not be published.