Yanukovich rejimi 37 milliard dollar o’marganlikda ayblanmoqda

Spread the love

 

 

 

Shanba, 22-mart, 2014 Toshkent vaqti: 17:25

Dasturlar

 

Xalqaro

Yanukovich rejimi 37 milliard dollar o’marganlikda ayblanmoqda

Islom Karimov rejimi O’zbekiston xalqidan qancha pulni o’margan ekan?!

21.03.2014

 

 

Viktor Yanukovich prezidentligi davrida Ukraina hukumati haddan ziyod korrupsiya botqog’iga botganlikda ayblanadi. Tanqidchilarga ko’ra, sobiq rejim davrida prezident hamda uning yaqinlari davlatdan milliardlab dollar pul o’margan.

Fevral oyi oxirida Viktor Yanukovich mamlakatni tark etgach, Kiyev yaqinidagi odamlar uning saroyini tomosha qilish uchun yig’ildi.

Atrofdagi yerlari bilan 137 gektar maydonni egallagan Yanukovich uyi 75 million dollarga baholanadi. Birgina ovqatlanish zali hamda choy ichiladigan xonani bezatishning o’ziga 2,3 mln. dollar sarflangan. Uy ichidagi har bir bezak imperator uchun qurilgan saroy hashamatini eslatadi.

Dastlab davlat mulki bo’lgan bu uyni Yanukovich o’z nomiga xususiylashtirib olgan edi. Uni bezash va jihozlash uchun sarflangan xarajatlar davlatdan o’g’irlangan pullar evaziga amalga oshirilgani aytiladi. Hukumatdagi uning yaqin odamlari ham ayni shu yo’ldan borgani ma’lum.

O’g’irlangan mablag’ miqdori haddan ziyod katta, deydi Piterson Xalqaro iqtisodiyot instituti tahlilchisi Anders Aslund.

“Bosh vazir Areseniy Yatsenyuk Yanukovich rejimi tomonidan o’g’irlangan jami summa 37 milliard dollar ekanini ma’lum qildi. Bu guruhga Yanukovichning yaqin odamlari, jumladan, Andrey ”Klyuyev va Boris Kolesnikov ham mansub. Sobiq prezident Yanukovich davridagi Ukraina hukumatini uyushgan jinoiy guruh deb atash mumkin edi. Ularning asosiy maqsadi hukumatdan imkon qadar ko’proq pul o’g’irlash bo’lgan”, – deydi u.

Ukrainaning yangi hukumati Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk boshchiligida AQSh, Yevropa ittifoqi hamda boshqa davlatlar bilan xorijdagi Yanukovichga aloqador mol-mulkni muzlatish bo’yicha muzokara olib bormoqda. Shu yo’l bilan o’g’irlangan pullarning bir qismini qaytarib olish umid qilinmoqda.

G’arb bu ishga jiddiy yondashishi kerak, deydi Global rostgo’ylik guruhi vakili Nataniel Heller.

“Bu ishda G’arbdagi moliyaviy institutlarning, xalqaro birlashmalarning rolini hisobga olmaslik mumkin emas”, – deydi u.

Ukraina ham iqtisodiy, ham siyosiy bo’hronga yuz tutib turgan bir paytda korrupsiyani bartaraf etish uchun qonunchilar zudlik bilan ikki ishga qo’l urishi kerak, deydi Anders Aslund.

“Eng oson yo’li davlat ishlarini raqobatli tenderlar orqali amalga oshirish haqida qonun qabul qilish. Keyin gaz sanoatini tozalash kerak. Korrupsiyaning eng kattasi shu sohada. Gaz narxlari bozor bilan to’g’rilanishi kerak”, – deydi tahlilchi.

Shuningdek, kuzatuvchilar korrupsiya keng ildiz otgan sud-huquq tizimi ham isloh qilinishi lozimligini ta’kidlashadi. Qonunlar ishlashi uchun, avvalo, davlatning pulini o’marib cho’ntagiga uradiganlarni jazolashga haddi sig’adigan sudlar bo’lishi kerak, deydi ular.

 

 

 

 

http://www.amerikaovozi.com/content/ukriane-corruption/1876294.html

Leave a Reply

Your email address will not be published.