Diktator, o’rta asr xoni Shavkat Mirziyoyev. Jahongir Ortiqxo’jayev. Go’sht mafiyasi. (2020).

Spread the love
O’zbekistonda oktyabr oyida shakar, kungoboqar yog’i, tuxum va go’sht narxi keskin oshayabdi. Ayniqsa, go’sht narxining tinmay,keskin oshishi vatandoshlarda kuchli norozilik uyg’otmoqda.

Ozodlikning maqolasidan iqtibos: [1].“Qassoblar: Toshkentda go’sht narxi sun’iy oshmasligi uchun “bozor mafiyasi”ni yo’q qilishsin!

oktyabr 19, 2020

Ozodlik

17 oktyabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo’jaev “Eski jo’va dehqon bozori” go’sht rastalarini aylandi va poytaxtdagi qassoblar bilan uchrashdi.

Qassoblar bilan suhbatda, hususan, “Eski jo’va”dagi qassoblardan oyiga norasmiy 400 ming so’m yig’ib kelgan “go’sht qiroli” tilga olinishi ortidan Ortiqxo’jaev “uning arizasini olishni buyurgan”.

Bozorda farrosh sifatida rasmiylashtirilgan bu shahs¸ Ozodlik gaplashgan qassoblar ta’kidicha¸ aslida poytaxtda go’sht savdosi bilan shug’ullanuvchilardan “dolya” yig’ib kelayotgan “mafiya” vakilidir.

“Farrosh-qirol”ning ikki kundan beri bozorda ko’rinmayotganini bildirgan qassoblar¸ uning o’rni sovumay turib¸ boshqa o’lponyig’ar tayinlanganini bildirdi.

“Eski jo’va dehqon bozori”ning Ozodlik bog’langan ma’muri bozorda go’sht mafiyasi borligini ham¸ hokim Ortiqxo’jaevning farrosh-“qirol”ni ishdan olganini ham rad etdi.

Faqat hokimga atalgan narhlar…

Shu kunlarda O’zbekiston bozorlarida go’sht narxi keskin qimmatlagani ortidan mahalliy hokimiyat rahbarlari bozorlarga chiqib¸ savdogar-tadbirkorlarga narxlarni ko’tarmaslik haqida buyruq bermoqda.

17 oktyabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo’jayev ham poytaht bozorlarini oziq-ovqat¸ hususan, go’sht bilan ta’minlayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

“O’zaro muloqot davomida oziq-ovqat hamda go’sht mahsulotlarining narxi oshishining oldini olish hamda tadbirkorlarning faoliyatiga amaliy yordam ko’rsatish yuzasidan fikr almashildi”¸ deyiladi bu haqda hokimlik matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Ayni kuni Jahongir Ortiqxo’jayev “Eski jo’va dehqon bozori”ga borib¸ bu yerdagi narx-navo bilan qiziqqan¸ bozor ma’muriyati¸ xususan¸ go’sht rastasidagi sassob va sotuvchilar bilan gaplashgan.

Hokim borgan kuni bozorda bolgan qassoblardan birining Ozodlikka aytishicha¸ ular Ortiqxo’jayevga amalda yo’q narxlarni aytishga majburlangan.

“Bizning bozorga hukumat amaldorlari narxlarni surishtirishga tez-tez keladi. Sa’dulla degan zamdirektor bizlarni ko’p chaqiradi. Kim kelsa shu arzon narxni aytasan¸ bo’lmasa shartnomangni bekor qilamiz¸ deydi. Hozir suyakli go’shtni 68-70 ming so’mga sotyapmiz¸ Ortiqxo’jayevga 58-60 ming so’m deb aytasan deyishdi¸ shunday deb aytdik. Hokimga ma’qul keldi bu narx. Aslida bunaqa pulga go’sht yo’q bozorda. Lahm umuman sotmaysanlar deb zamdirektor aytdi. Lahm obeddan so’ng chiqaramiz, rahbarlar odatda obedgacha kelib-ketadi. Lahm bugun 80 mingdan kam sotilmadi. Hokim esa¸ bizga 60 mingdan oshmasin¸ deb buyruq berib ketgan”¸ dedi Eski jo’vadagi go’shtfurushlardan biri.

“Hokim va rahbarlar o’z xududidagi bozorga chet elga safarga borgandek tantana bilan kelmasdan¸ hech kimga aytmay kechki payt soat 5 larda kirib kelsa¸ haq1iqatni ko’radi. Nafaqat haqiqiy narx¸ balki sanitariyaning ham haqiqiy ahvolini ko’rardi. Bozorda tozalik faqat ertalab bor. 4 dan so’ng maymunlar yig’laydi bozor ahvoliga”¸ deydi bu suhbatdosh.

“Go’sht qiroli” kim?

Jahongir Ortiqxo’jayevning Eski jo’va “safari”ga guvoh bo’lgan qassoblarning aytishicha¸ poytaht hokimi ulardan go’sht narxini arzonlatish uchun nima qilish kerakligini so’ragan.

“Men ham o’sha joyda edim¸ g’ala-g’ovur bo’ldi. Molga beriladigani yem-hashakni arzonlashtirish kerak¸ chorvadorlarga yer berish kerak¸ deyildi. Keyin qassoblardan kimdir Anvar haqida shikoyat qildi. Hokim Anvarni yaxshi bilarkan¸”arizasini olinglar¸ bozorda boshqa ko’rinmasin” dedi jahl bilan. Mana ikki kundan beri u ko’rinmay turibdi”¸ dedi ismini ochiqlamay gapirgan qassoblardan biri.

Ozodlik suhbatdoshlari “Anvar kim?” degan savolga uning Toshkentda ko’pchilik “go’sht qiroli” sifatida taniydigan shaxs ekanini aytdi.

“Anvar rasman bozorda farrosh¸ amalda esa¸ yillardan beri Toshkentdagi go’sht narxini sun’iy ravishda oshirib kelayotganlardan biri. Misol uchun, holodilniklar orasida mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida taxta stol qo’yilgan. Ushbu stollarda biz qassoblar go’sht mahsulotini sotish uchun Anvar orqali bozorga 400.000 so’mdan oyiga norasmiy pul to’lab kelamiz. Bu rasmiy 675 ming so’mlik patentning ustiga! Bunday stollardan sanasak 100 tadan oshiq, bu 40.000.000 so’m oyiga demakdir. Bu pulni chiqarish uchun uni sotadigan go’sht ustiga qo’shamiz¸ oqibatda shundoq ham qimmatga kelayotgan go’sht yanayam qimmatlaydimi?”

Toshkentdagi go’sht narxini Eski jo’va belgilaydi…

Toshkentdagi eng yirik go’sht bozori Eski jo’vada ekanini aytgan Ozodlik suhbatdoshlariga ko’ra¸ bu yerda kuniga 30 tonnagacha go’sht sotiladi va poytahtning aksar bozorlariga ham mahsulot shu yerdan tarqaydi.

Eski jo’vada go’sht qimmatlasa¸ qolgan bozorlarda undan ham ko’proq ko’tariladi. Ya’ni Eski jo’vadagi go’sht narxini sun’iy oshirish¸ butun Toshkentdagi narx oshishini bildiradi. Shuning uchun go’sht mafiyasi eskitdan Chorsuda o’tiradi. Anvarni oldingi hokim ham 2016 yilda Toshkent shahar bozorlari ma’muriyati, barcha qassoblar, hokimlik idoradagilar oldida koncert zaliga jig’ihammaning oldida namoyishkorona haydagan edi. Ammo oradan uch oyo’tib¸ farrosh sifatida qaytib kelib¸ yana dolya jig’ishni davom ettirishga kirishdi. Unga pul bermasak¸ bozordan haydashadi¸chunki ma’muriyat bilan tili bir. Qo’limizdan boshqa ish kelmagandan keyin¸ pul berib¸ tishimizni-tishimizga qo’yib chidab kelyapmiz”¸ dedi qassoblardan yana biri.

Yo’qolsin qirol! Yashasin qirol!

19 oktyabr kuni Ozodlik gaplashgan qassoblar¸ Jahongir Ortiqxo’jayev 17 oktjabr kuni bozor aylanganda “yo’qotinglar” deb buyurgan “go’sht mafiyasi”ning shu bilan yo’q bo’lib qolishiga umuman ishonmasliklarini bildirdi.

“Bugundan “yangi go’sht qiroli” uning o’rniga ish boshladi. Yangi qirol Municipal aktivlarini boshqarish markazi rahbarlaridan biri. Anvar ketishi bilan eski “starshiysassoblar to’lanayatgan norasmiy 400.000 so’m bari bir to’lanishi¸ faqat endi u N.T. nazoratiga o’tganini aytishdi. Bittasidan qutilib¸ ikkinchisiga tutildik. Noqonuniy olinayotgan 400.000 so’m halq olayotgan go’shtning narxiga o’tirishda davom etadi. Bu ishlarni bozorқo’m ham, bozorlar boshqarmasi rahbari ham¸ bozor ma’muriyati ham bilishadi. Bozorlar boshqarmasini neft-gaz sohasidan chiqqan sobiq mulozimlar qo’lga olgan¸ hamma yoqning rasvosini chiqarib yuborishdi”¸ deydi Eski jo’va qassoblaridan biri”. Iqtibos tugadi. [1].

1. Sovet davridan meros bo’lib qolgan “Vory v zakone”, ya’ni “Qonuniy o’g’rilar” diktator, o’rta asr xoni Shavkat Mirziyoyev rejimida bemalol, erkin faoliyat olib bormoqda. Kuch ishlatar tizimlari, DXX, prokuratura, IIB amalga oshirishi noqulay, obro’sini,imijini pasaytiradigan noqonuniy ishlarni “qonundagi o’g’rilar” amalga oshiradi.

2. Muxolifatga, so’z erkinligiga yo’l berilmayabdi. Siyosiy raqobat yo’q.

Davlat mulki, monopoliyalar hukmron. Iqtisodiy erkinlik yo’q. Sog’lom iqtisodiy raqobat yo’q.

3. Sog’lom iqtisodiy, siyosiy raqobat yo’q. Bunday sharoitda jamiyat tekis,ravon,ildam iqtisodiy, ijtimoiy rivojlana olmaydi.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

21-oktyabr, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Қассоблар: Тошкентда гўшт нархи сунъий ошмаслиги учун “бозор мафияси”ни йўқ қилишсин! Qassoblar: Toshkentda go’sht narxi oshmasligi uchun “bozor mafiyasi”ni yo’q qilishsin! 19.10.2020.(https://www.ozodlik.org/a/30901373.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.