Shavkat Mirziyoyev nega vatandoshlarni mardikorlikdan qutultirmoqchi emas?! Muxolifatga yo’l yo’q. (2020).

Spread the love

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni boshqaruvining 4-yili oxirlariga kelib O’zbekistonda chuqur iqtisodiy, siyosiy islohotlar o’tkazish o’rniga Kremlga hush yoqadigan yuzaki islohotlar yo’lini tanladi. [1].

Ozodlikning maqolasidan iqtibos: “Munosabat: Prezident qarori O‘zbekistonning arzon ishchi eksportchisi ekanini tan olishdir!

Sentyabr 16, 2020

Ozodlik

14 sentabr kuni mahalliy matbuot prezident Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzolagani haqida xabar berdi.

Hozircha bu qarorning to‘liq matni rasmiy manbalarda e’lon qilingani yo‘q.

Qarorning asosiy o‘rinlariga oid matbuot xabarlarini o‘qib¸ Ozodlikka fikr bildirgan tashqi migratsiya mutaxassislari bu qarorni “hukumatning ishga yaroqli millionlab aholini ish bilan ta’minlay olmasligini e’tirof etish” sifatida baholadi.

Ayni paytda bu qaror tanqidchilari uning ayrim jihatlarini siyosiy jihatdan qaltis¸ huquqiy jihatdan esa¸ xalqaro konvensiyalarga zid deb baholadi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi¸ Tashqi migratsiya agentligi rasmiylaridan hozircha bu qarorga izoh olish imkoni bo‘lmadi.

Qaror nima haqda?

Qarordan ko‘zlangan maqsad¸ rasmiy iddaoga ko‘ra¸ ishsiz o‘zbekistonlikning xorij¸ birinchi galda Rossiyada ish topib¸ unga moslashish jarayonini tashkillashtirishdir.

Qaror bilan¸ o‘zbekistonliklarni “tashkillashtirilgan ravishda” xorijga ishga jo‘natish jarayonini boshqarish vakolati amalda Tashqi migratsiya agentligidan mahalliy hokimlarga olib berildi.

Hokim o‘rinbosarlari Migratsiya agentligining hududiy bo‘linmalarini boshqaradi¸ “vazifalar samaradorligini esa” hokimlar nazorat qiladi.

Chetga ketayotganlarga ish beruvchi topish¸ ular bilan mehnat shartnomasi imzolash¸ bo‘lajak mehnat migrantini yangi kasbiga o‘qitish bilan Tashqi migratsiya agentligining hokimga hisob beradigan hududiy bo‘linmalari shug‘ullanadi. Bu ishlar uchun pulni hokimlar “ mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari” (ochiqlanmagan – tahr.)dan olishi kerak.

Qarorga ko‘ra¸ “2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish va ularga sertifikat berish tizimi joriy qilinadi”.

Xorij¸ asosan¸ Rossiyaga ketayotganlarni til va kasb-hunarga o‘qitish bilan Moliya vazirligi qoshidagi “Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi” mablag‘i hisobidan tuzilgan “Ishga marhamat” monomarkazlari shug‘ullanadi.

Bu markazlarga qo‘shimcha ravishda¸ qarorda yozilishicha¸ 13 ta kollej va 13 ta texnikumda (jami yillik quvvati 20,2 ming o‘quvchi) mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli (3 oygacha) kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish kurslari tashkil etiladi; davlat mablag‘i hisobidan yirik xorijiy ish beruvchilar mutaxassislari kelib¸ o‘zbekistonlik bo‘lajak mehnat muhojirlarini o‘qitadi.

Prezident qarori bilan¸ xorijga ish izlab ketmoqchi bo‘lib¸ biletga pul topolmay yurganlarga ham chipta puli beriladigan bo‘ldi – pulsiz va ishsiz o‘zbekistonlik davlat jamg‘armasidan bir yilda qaytarish sharti bilan 10 million so‘m mikroqarz olishi mumkin.

Qarorga ko‘ra¸ joriy yil oxiriga qadar Rossiya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston hududida pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochib¸ o‘zbekistonlik ishchilarga patent berishni yo‘lga qo‘yadi. Ayni paytda¸ Tashqi migratsiya agentligi Rossiya¸ Qozog‘iston va Turkiyaning o‘zbekistonliklar ko‘p bo‘lgan shaharlarida o‘z vakolatxonasini ochadi.

Davlat organlari tomonidan mehnat migratsiyasiga ketayotganlar 2021 yil 1 yanvardan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxs deb tasniflanadi va soliqqa tortiladi.

Hozircha rasman e’lon qilinmagan qaror¸ xususan uning nega aynan pandemiya davrida¸ minglab o‘zbekistonliklar ishsiz qolib¸ vataniga qaytishga majbur bo‘layotgan bir paytda qabul qilinganiga biror izoh yoki sharh berilmadi.

Ozodlik 16 sentabr kun davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi¸ Tashqi mehnat agentligi rasmiylaridan izoh olishga urindi. Ozodlik bog‘langan mulozimlar bu qarorni sharhlay olmasligini bildirdi¸ sharhlash vakolati bor rasmiylar esa telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi”. Iqtibos tugadi. [1].

1. O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q. O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi ( The Heritage Foundation tashkilotiga ko’ra) 57,2 ballga teng bo’lib, iqtisodi ko’proq erkin emas.

Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi Ozarboyjonda 69,3 ballga, Qozog’istonda 69,6 ballga, Yaponiyada 73,0 ballga, AQSHda 76,6 ballga teng.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning iqtisodiy erkinlik ko’;rsatkichini kamida 10 ballga oshirishga erishishi kerak. Buning uchun iqtisodni erkinlashtirishi kerak. Lekin, u bu ishni qilmoqchi emas.

2. O’zbekistonda siyosiy erkinlik yo’q. O’zbekistonning siyosiy erkinlik ko’rsatkichi Freedom House tashkilotiga ko’ra 10 ballga teng. Yaponiyada siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 96 ballga, AQSHda 86 ballga, Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiyada 100 balligini hisobga olsak,

prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda siyosiy islohotlar o’tkazib siyosiy erkinlik ko’rsatkichini kamida 60 ballga yetkazishi kerak. Lekin, u bu ishni qilmoqchi emas.

3. O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik bo’lsa,o’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilgan bo’lardi. Mamlakatda siyosiy erkinlik bo’lsa fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilgan bo’lardi.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllangan O’zbekistonda erkin, demokratik saylovlar o’tkazish uchun zamin yaratilgan bo’lardi.

Afsuski, prezident Shavkat Mirziyoyev siyosiy raqobatga, siyosiy muxolifatga va so’z erkinligiga yo’l bermayabdi. Mamlakatda hanuzgacha, mustaqil sud tizimi yaratilgan emas. Bunday sharoitda erkin, demokratik saylovlar o’tkazib bo’lmaydi. Demak, korruptsiyaga keskin, qashqatgich zarba berilmaydi.

O’zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish yo’q hisobi.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

18-sentyabr, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Munosabat: Prezident qarori O‘zbekistonning arzon ishchi eksportchisi ekanini tan olishdir! 16.09.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30842583.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.