Shavkat Mirziyoyev. Namangan. Ishga joylash haqida tilhat. So’z erkinligiga yo’l yo’q. (2020).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvining 4-yilidirki iqtisodiy o’sish yo’q.

Mamlakat iqtisodiy o’ta qoloq. Koronavirus pandemiyasi, karantin vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda, og’irlashtirmoqda,yomonlashtirmoqda.

Ozodlikdan iqtibos: [1].”Namanganda ota-onalardan o‘qishga kirolmagan farzandini ishga joylash haqida tilxat olinmoqda

25 avgust, 2020

Hurmat Bobojon/Ozodlik

Namangan viloyatining barcha maktablarida yig‘ilishlar o‘tkazilib, ota-onalardan “farzandim o‘qishga kirolmasa yoki o‘qish kontrakt pulini to‘lay olmasam, uni ish bilan mashg‘ul qilishga kafolat beraman”, degan mazmunda tilxatlar yozdirib olinmoqda.

Namanganlik ota-onalar Ozodlikka yetkazgan bu xabarni Namangan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi mulozimi tasdiqladi.

Ayni paytda O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi rasmiysi maktablarga ota-onalardan bunday mazmunda tilxatlar olish bo‘yicha ko‘rsatma berilmaganini aytdi.

O‘zbekiston prezdenti Shavkat Mirziyoyev 14 iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisda bu yil maktablarning qariyb yarim million bitiruvchisining yarmi bandligini ta’minlash zarurligi haqida gapirgan edi.

Namanganning To‘raqo‘rg‘on tumanida farzandi bu yil maktabni bitirgan Ulug‘bek Norqo‘ziyev Ozodlik bilan suhbatda 24 avgust kuni maktabda yig‘ilish o‘tkazilib, ota-onalardan “oliy o‘quv yurtiga kirolmagan farzandimni ish bilan mashg‘ul qilaman” mazmunda tilxat olingani va o‘zi ham shunday hujjatga imzo chekkanini aytdi:

– Bolalar bekor qolib turli guruhlarga qo‘shilib ketmasin, Rossiyaga ketib qolmasin, deyishyapti-da. Shu haqda tayyor yozilgan tilxatni berib chiqishdi, bolasining ismi, o‘qiydigan sinfini kiritib, “men bolamni ishga joylashishiga o‘zim ko‘maklashaman, ish topilmasa o‘zim kichik biznesni yo‘lga qo‘yib, ish bilan mashg‘ul qilaman”, deb tilxat yozdirib olishdi.

Namanganning Uychi tumanida yashovchi Xalima Yo‘ldosheva ham shunday mazmunda tilxat yozgan.

Yo‘ldosheva agar qizi o‘qishga kirolmasa yoki kontrakt pulini to‘lay olmasa qiziga kredit olib parnik qilish yoki chevarxonaga kirib ishlashini ta’minlashni zimmasiga olgan.

Namanganlik bloger Abbos Asad ishsizlikni ota-onalardan tilxatlar olish bilan hal etib bo‘lmasligini aytarkan, dedi:

– Agar ish bo‘lsa yoshlarimiz Rossiyaga, Qozog‘istonga, Koreyaga ish izlab ketmasdi. Tilxat yozdirib oldi ham, deylik. Ish joyining o‘zi bo‘lmasa qanday ishga joylaydi? Mening fikrimcha, bu yerda asosiy muammo, oliy o‘quv yurtlarida joy kamligida. Hukumat hech bo‘lmaganda maktab bitiruvchilarining yarmini o‘qishga kirishini ta’minlab qo‘yishi ham mumkin edi. Oliy ta’lim olish imkonlarini kengaytirishi kerak. O‘qishni xohlasa, o‘qishlarni ochsin. Kirish imtixonlarsiz qabul qilish kerak. Iqtidorli bola o‘zi ishni topib oladi. Ahmoqona tilxatlar olishni yo‘q qilish kerak. Bu Sovet davridan qolgan narsa. Mahalliy hokimliklar ishsizlik muammosini hal etishning o‘rniga muammoni ota-onalarning bo‘yniga qo‘yib, tepaga quruq otchyotlar topshirish bilan band.

O‘zbekistondagi maktablarda ota-onalardan bu kabi tilxatlar birinchi marta olinayotgani yo‘q.

Ilgari O‘zbekistondagi ayrim maktablarda ota-onalardan “Farzandimning maktabga kelishi va ketishini nazorat qilishni o‘z zimmamga olaman”, -degan mazmunda tilxatlar olingani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Ikki yil avval Farg‘onadagi maktablarda ota-onalardan yoz oylarida farzandlarini otinoyi yoki mullaga shogirdlikka bermaslik haqida tilxatlar olingandi”. Iqtibos tugadi. [1].

1. O’zbekistonda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy raqobat bo’lganida ta’lim,oliy ta’limdagi muammolar, ish bilan ta’minlash, qashshoqlik kabi muammolar bo’yicha turli fikrlar, rejalar, muammolarni yechish yo’llari taklif qilinardi.

Erkin,demokratik saylovlarda ko’pchilikka ma’qul kelgan g’oyalar,yechimlarni taklif qilgan partiyalar g’olib chiqardi. Partiyalar o’rtasida raqobat bo’lardi, pirovardida rivojlanish bo’lardi.

So’z erkinligi bo’lgan jamiyatda ta’lim,oliy ta’lim, ishsizlik va bu muammolarni qanday hal qilish ochiq,oshkora muhokama qilinardi.

Afsuski, O’zbekistonda muxolifatga, so’z erkinligiga yo’l yo’q.

2. O’ta qoloq siyosiy tuzimda iqtisod ham o’ta qoloq bo’ladi. O’zbekistonda ahvol shunday. Iqtisodiy rivojlanish bo’lmagan mamlakatda ta’lim,oliy ta’limdagi oyliklarning kamligi, ishsizlik, aholini ish bilan ta’minlash muammolarшni hal ‘tish o’ta mushkul.

3. O’ta qoloq siyosiy tuzum. O’zbekistonda iqtisodiy, siyosiy erkinlik yo’q.

Shu sababli baquvvat o’rta sinf va kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Mamlakatda sog’lom siyosiy raqobat, iqtisodiy raqobat yo’q. Natija, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish yo’q.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

26-avgust, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Namanganda ota-onalardan o‘qishga kirolmagan farzandini ishga joylash haqida tilxat olinmoqda. 25.08.2020. (https://www.ozodlik.org/a/30802105.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.