Shavkat Mirziyoyev nega majburiy mehnatdan voz kechishni hoxlamayabdi? So’z erkinligiga yo’l yo’q. (2020).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvining 4-yiliga kelib majburiy mehnatdan foydalanish keskin kamaydi. Maktab o’quvchilari, talabalar, o’qituvchilar, tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilishdan, ayniqsa paxta terimiga jalb qilishishlash voz kechildi.

Biroq, Shavkat Mirziyoyev majburiy mehnatdan butunlay voz kechmoqchi emas.

Ozodlikdan iqtibos: [1].”Toshkent paxta boykotini bekor qilish uchun chet eldagi shirkatga yarim million dollar to‘ladi

avgust 13, 2020

Shuhrat Bobojon/Ozodlik

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi Cotton Campaign koalitsiyasining o‘zbek paxtasidan qilingan mahsulotlar boykotini to‘xtatish uchun maxsus PR (public relations) kompaniyasi yolladi.

Vazirlik Vashingtondagi “Ksenofon strategiyalari” (Xenophon Strategies) shirkati bilan 2020 yil 14 aprel kuni tuzilgan shartnomaning Ozodlik ixtiyoridagi nusxasiga ko‘ra¸tomonlar bu ish uchun Amerika shirkatiga 585 ming AQSh dollar to‘lashga kelishgan.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi direktori Ulug‘bek Murodov va “Ksenofon strategiyalari” vakili David Fiskus (David Fiscus ) imzolagan shartnomaga ko‘ra¸ piar shirkati Cotton Campaign boycott aksiyasini bekor qilishga qaratilgan “axborot ko‘mak xizmatlarini” amalga oshiradi.

Ozodlikdagi hujjatlarga ko‘ra¸ pulning kattagina qismi allaqachon to‘langan.

O‘zbekiston o‘z imijini yaxshilash uchun lobbichi kompaniyaga pul to‘lagani haqidagi xabar shu oy boshida Foreign Lobby Report nashri tomonidan chop etildi.

Bu nashr¸ avtoritar davlatlarning jamoatchilik fikriga ta’sir qilish urinishlarini fosh etishga qaratilgan tadqiqotlarga ixtisoslashgan

Unda yozilishicha¸ O‘zbekiston bu piar shirkati uchun ilk xorijiy mijoz davlatdir.

Ozodlikda nusxasi bo‘lgan ish rejasiga ko‘ra¸ piar shirkati bir yil mobaynida O‘zbekiston hukumati so‘rovi bilan birinchi bosqichda strategik reja tuzish¸ ikkinchi bosqichda tahliliy maqolalar tayyorlab¸ ularni maxsus ochilgan veb sahifada chop qilish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek O‘zbekiston paxtachiligida majburiy mehnatga barham berilganini tasdiqlovchi foto va videohisobotlarni ijtimoiy tarmoqlarga muntazam joylashtirish¸ belgilangan auditoriyani qamrab olib ijtimoiy fikrni shakllantirish ham ikkinchi bosqichga kiritilgan. AQShdagi shirkat ko‘rsatishi lozim xizmatlarning uchinchi etapi¸ nufuzli xalqaro matbuotda ayni muammo yechimiga oid qator maqolalarni chop qilishni o‘z ichiga oladi.

Berlinda joylashgan O‘zbekiston inson huquqlari forumi o‘zbek paxta mahsulotini boykot qilish kampaniyasining (Cotton Campaign boycott) asosiy ishtirokchilaridan biridir.

Tashkilot vakili Lin Shvaysfurt (Lynn Schweisfurth) ning Ozodlikka bildirishicha¸ “Ksenofon” tashkiloti bu xizmatlarni ko‘rsatishda Germaniyada joylashgan “Kometis” (Cometis) bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Shvaysfurtga ko‘ra¸ joriy yilning 10 may kuni “Ksenofon strategiyalari” piar shirkati “Kometis”ga hamkorlik doirasida 6000 dollar haq to‘lagan.

Ozodlik muxbiri O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mulozimlariga “byudjet mablag‘ining paxta boykotini to‘xtatish uchun sarflangani borasida”gi savollar bilan murojaat qildi.

Mulozimlar bu savolga agentlik mulozimi Murod Rahimov javob berishni bildirdi. Rahimov esa¸ Ozodlik savolini eshitib¸unga “hozir javob bera olmasligi”ni aytib¸ suhbatni uzib qo‘ydi.

Cotton Campaign koalitsiyasiga qo‘shilgan O‘zbekiston inson huquqlari forumi faoli Lin Shvaysfurt¸ “xalqaro maydondagi o‘zbek paxtasi boykotini to‘xtatish uchun bunday gaplar asos bo‘la olmaysligi”ni aytadi.

– Bu taxlit piar shirkatlar harakati ortidan paxta boykoti bekor qilinmaydi. Boykotni bekor qilish haqidagi qaror mustaqil monitoring natijalari asosidagina qabul qilinishi mumkin. O‘zbekiston hukumati byudjet puliga piar shirkat yollagandan ko‘ra¸ o‘z kuch-g‘ayratini majburiy mehnatni bekor qilishga sarflasa bo‘lardi. Biz ko‘rayotgan holatda esa¸ hukumat go‘ë “majburiy mehnat safarbarligi bartaraf qilindi” degan yolg‘onni sahnalashtirmoqda. Bunday imitatsiyadan naf yo‘q.

Toshkent hukumati G‘arb shirkatlari e’lon qilgan paxta boykotini bekor qilish uchun nima qilish kerak?

Bu savolga javob bergan Lin Shvaysfurt qisqa qilib¸ paxtachilikdagi ulkan korrupsiya va majburiy mehnatni amalda to‘xtatish kerak dedi:

– O‘zbek paxtasini boykot qilgan 305 xalqaro shirkat o‘z qarorini O‘zbekistonda majburiy mehnat va paxta yetishtirish sektoridagi korrupsiya batamom tugatilganidan keyin o‘zgartirishi mumkin. Bu xulosa 2019 yilgi paxta mavsumidagi monitoring natijasiga asoslangan va o‘tgan yil iyun oyida O‘zbekiston hukumatiga taqdim qilingan paxta yetishtirish islohoti bo‘yicha yo‘l-yo‘riq aks etgan “Yo‘l xaritasi”da aks etgan. Unda fermer va ishchilar huquqi ta’minlanishi¸ monitoring o‘tkazilishi va shikoyat qilishga to‘sqinlik qilinmaslik zarurati ta’kidlangan. Shuningdek xalqaro standarlar va ilg‘or tajriba asosida paxta sohasidagi korrupsiyaga barham berilishi kerak. Shu bilan birga nodavlat uyushmalar tuzishga to‘sqinlik ham tugatilishi lozim. Soha shaffofligi ta’minlanib¸ barcha pog‘onadagi moliyaviy jarayonlar yuzasidan hisob berilishi kerak. O‘z navbatida bu sohaga sarmoya yotqiizish uchun yaxshi sharoit yaratilishi lozim”. Iqtibos tugadi. [1].

1. Prezident Shavkat Mirziyoyev majburiy mehnatdan butunlay voz kechish uchun iqtisodiy islohotlar qilish kerak. Fermerlar hozirgi kunda yerning ham, hosilning ham egasi emas. Fermerlarga iqtisodiy erkinlik berilishi lozim. Yani, davlat mulki bo’lgan yerlar xususiylashtirilishi va fermerlarga yashirin rejalar berilishidan voz kechilishi kerak.

Afsuski, Prezident Shavkat Mirziyoyev klasterlar yaratish yo’lini tanladi. Klasterlar fermerlarni o’zlariga to’la qaram va tobe qilib qo’ymoqda.

2. Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosiy islohotlar qilmoqchi emas. Muxolifatga, so’z erkinligiga yo’l bermoqchi emas. Hanuz, mamlakatda mustaqil sud tizimi, mustaqil parlament shakllanmadi.

3. Asosiysi, iqtisodiy, siyosiy liberallashish mamlakatda baquvvat o’rta sinf va kuchli fuqaroviy jamiyatni shakllanishiga olib kelardi.

Baquvvat o’rta sinfni va kuchli fuqaroviy jamiyatni shakllanishi erkin, demokratik saylovlar o’tkazish uchun zamin yaratardi.

Erkin, demokratik saylovlar esa korruptsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usulidir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oilasi, kuyovlari,qarindoshlari va oliy rahbariyat korruptsiya botqog’iga botgan.

Shu sababli, mamlakatda majburiy mehnatdan butunlay voz kechilmoqchi emas.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

14-avgust, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Toshkent paxta boykotini bekor qilish uchun chet eldagi shirkatga yarim million dollar to‘ladi. 13.08.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30780526.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.