Shavkat Mirziyoyev. Muxolifatga yo’l yo’q. Eldor Erkin. Fermerlarni qaram, tobe qilish kuchayib bormoqda. (2020).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvining 4-yilida koronavirus, pandemiya sababli ijtimoiy-iqtisodiy ahvol borgan sari murakkablashib, yomonlashib bormoqda.

Ozodlikdan iqtibos: [1]. “Kosonda hokimlik tarqatgan “hayitlik” fermer-tadbirkorlardan majburan undirildi

avgust 06, 2020

Sadriddin Ashur/Ozodlik

Qashqadaryo viloyat, Koson tumanida Qurbon hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarga tarqatilgan oziq-ovqat mahsulotlari, parranda, quyon va chorva mollarining asosiy qismi mahalliy tadbirkor va fermerlardan majburan undirib olindi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan fermer va tadbirkorlarga ko‘ra, har bir fermer xo‘jaligiga yerining kattaligiga qarab mol yoki qo‘y topshirish majburiyati qo‘yilgan.

Xayriyalarni tuman hokimi, prokuror va boshqa amaldor shaxslar hokimlik nomidan tarqatgan.

Tuman axborot xizmatining Ozodlik bog‘langan rahbari xayriyalarning ixtiyoriy ravishda bo‘lgani, fermer va tadbirkorlar xayriya qilishga majburlanmaganini aytdi.

Koson tumanidagi ismi sir qolishini so‘ragan fermerlardan biri hokimlikka ikkita qo‘y olib borib berishga majburlangani aytdi.

“Hayitdan oldin tuman hokimining o‘rinbosari Ubaydullo Ochilov mol berasan, qo‘y berasan, tovuq, kurka, quyon berasan deb hamma fermer va tadbirkorlarga soliq solib chiqdi. Hozir g‘allaning puli tushgan, xayriya qilmagan fermerlarga pulni bermay ushlab turibdi. Biz o‘zimizning mahallamizdagi kam ta’minlangan oilalarga ko‘nglimizdan chiqarib o‘zimiz xayriya qilamiz desak ham, yo‘q, hokimlikka olib kelasan¸ deb majbur qilishdi. Fermerlar olib borgan molu qo‘ylarni hokim va boshqa rahbarlar mahallaga olib borib tarqatdi. Bir og‘iz ham bularni fermerlar yoki tadbirkorlar bergan¸ deyilmadi. Xayriya jamg‘armalaridan degan nom ostida tarqatildi”.

Ismi sir qolishini so‘ragan kosonlik tadbirkorlardan biri kuch ishlatar tizimlarining bosimi ostida xayriya qilishga majbur bo‘lganini bildirdi.

“Kosonda tadbirkorlik qilish juda qiyin, “ber-ber” deb ezib yuborishadi. Har bir tadbirkor o‘zining imkoniyatidan kelib chiqib, albatta¸o‘z mahallasidagi kambag‘allarga xayriya qiladi. Lekin bunga hokimlik rozi emas. Hamma narsa ularning nomidan bo‘lishi kerak, rasmlarga, videolarga tushib maqtanishi kerak. Men kabi yuzlab tadbirkorlar olib borib berdi. Shunchaki bir daftarga kim olib kelganini yozib qo‘yishdi, tamom. U tomoni o‘zlarini reklama qilish bilan boshlanadi. Mehnatni kimlar qilganu, xayriyani kimlar qilganu, uloqni olib ketganlar esa kimlar bo‘ldi”.

Bu tadbirkor karantin boshlangandan buyon hokimiyat o‘zlarini “sog‘ish”dan to‘xtamayotganini aytadi.​

Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyev Ozodlik bilan suhbada fermer va tadbirkorlar xayriya qilishga majburlanayotganini inkor qildi:

– Bu sovg‘alar hokimlik nomidan emas, o‘sha kuni men shu voqealarning ustida turganman, homiylik xayriyalari hisobidan berilgan. Hatto tadbirkorlar o‘zlari biz bilan bog‘lanib, biz ham hissa qo‘shsak bo‘ladimi, deb so‘rashgan. Saxovatga, savob ishga qanday majburlash mumkin. Ularni hech kim majburlamagan”. Iqtibos tugadi. [1].

1. O’zbekistonda dehqonchilik va chorvachilik to’la bozor munosobatlariga o’tishi kerak. Fermerlar yerni va hosilni to’la tasarruf qilishlari kerak.

Biroq, prezident Shavkat Mirziyoyevniing klasterlar tizimi bunga yo’l qo’ymaydi.

2. O’zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyevning avtoritar boshqaruviga barham berish kerak. Mamlakatda kamida 3 o’zgarishlar amalga oshirilishi kerak:

a). Siyosiy muxolifatga yo’l berish;

b). So’z erkinligi ta’minlanishi zarur;

c). mustaqil sud tizimini shakllantirish kerak.

3. Qishloqlar to’la elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlanishi zarur.

Internet tezligi kamida 10 marta oshirilishi kerak. Internet erkin va iloji boricha arzon bo’lishi kerak.

Yuqoridagi o’zgarishlar qishloqlarda ta’lim sifatini oshirishga, qishloqlarda kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.

Yani, O’zbekiston iqtisodining umumiy rivojlanishi, qishloq xo’jaligining rivojlanishiga olib keladi.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

7-avgust, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kosonda hokimlik tarqatgan “hayitlik” fermer-tadbirkorlardan majburan undirildi. 06.08.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30768330.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.