Shavkat Mirziyoyev. Eldor Erkin. O’zbekiston da ehtiyojmand oilalarni ta’minlash tizimi nega “soat”day aniq ishlamaydi?! (2020).

Spread the love

Diktator va avtoritar rahbarlar 21-asrda ko’pchilikning qulog’iga yoqadigan xalqona va populistik shiorlarni tez-tez o’z siyosatida ishlatadilar.

Ozodlikdan iqtibos: [1]. Mirziyoyev: Ehtiyojmand oilalarni ta’minlash tizimi “soat”day aniq ishlashi lozim

iyul 29, 2020

O’zbekistonda karantin davrida biror-bir ehtiyojmand oila e’tibordan chetda qolmasligi, kam ta’minlangan aholi qatlamiga moddiy yordam, oziq ovqat va dori-darmonlarni manzilli yetkazib berish tizimi “soat”day aniq ishlashi kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev, prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, 28 iyul kuni xududlarda koronavirus bilan bog’liq murakkab vaziyatni tartibga solish bo’yicha ko’rilayotgan choralar muhokamasi yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ma’lum qilgan.

“Hozirgi sharoitda kasallarni davolashga ham, iqtisodiyotni ishlatishga ham majbur va mas’ulmiz. Shuning uchun aholi salomatligini saqlash, ayni paytda temir intizom bilan hamma ishlarni davom ettirishimiz kerak”, degan Sh. Mirziyoyev.

Yig’ilishda oxirgi besh kunda O’zbekistonda infektsiya yuqtirganlar soni 3 ming nafarga ko’paygani, jumladan, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo va Andijon viloyatlarida yangi kasallanganlar aniqlangani, Buxoro, Farg’ona, Samarqand, Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlariga va Qoraqalpog’istonda pnevmoniya holatlari ancha ko’paygani qayd etilgan.

Yosh bolalar, homilador ayollar, keksalar, nogironligi va surunkali kasalligi bo’lgan fuqarolar salomatligi ustidan tizimli monitoring olib borish muhimligi belgilangan.

O’zbekiston prezidenti hokimlarga o’z xududidagi real vaziyatdan kelib chiqib, aniq choralar ko’rish bo’yicha topshiriqlar bergan. Shu bilan birga, u tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, 65 yoshdan oshganlar zarurat bo’lmasa uydan chiqmasligi qoidalariga qat’iy rioya qilishining ahamiyatini qayd etgan”. Iqtibos tugadi. [1].

1. O’zbekiston mustaqil bo’lganiga 29 yil bo’ldi, hanuz mamlakat iqtisodi o’ta qoloq. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar (GDP per capita) 1800 AQSH dollari, dunyo bo’yicha esa o’rtacha $11,400.

2. O’zbekistonda ekologik vaziyat juda yomon holatda. Orol quridi, chinorlarga qiron keltirildi, navbat qimmatbaho navli daraxtlarga.

3. 2019 va 2020 yilning birinchi yarmida Toshkent shahri, Xorazm viloyati, Surxondaryo viloyati, Farg’ona viloyatining So’x tumani, Qoraqalpog’iston avtonom respublikasida buzilgan uylarga yetarlicha tovon puli to’lamanganligiga qarshi, uylarning sifatsizligiga qarshi, suvsizlikka qarshi, bozorlarning ko’chirilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo’lib o’tdi.

Mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini oyoq osti qilish, zo’ravonlik va korruptsiya gullab yashnayabdi.

Eldor Erkin, Baxtiyor Karim va Xidirnazar Allaqulovlarga nisbatan so’z erkinligi, siyosiy raqobat, siyosiy muxolifat yo’nalishida faoliyat olib borayotganliklari uchun ta’qib va tayziqlar muntazam davom etyabdi.

Bunday sharoitda prezident Shavkat Mirziyoyevning “ Ehtiyojmand oilalarni ta’minlash tizimi “soat”day aniq ishlashi lozim” iborasi oddiygina populistik shiordir.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

30-iyul, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev: Ehtiyojmand oilalarni ta’minlash tizimi “soat”day aniq ishlashi lozim. (Мирзиёев: Эҳтиёжманд оилаларни таъминлаш тизими “соат”дай аниқ ишлаши лозим. ) 29.07.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30754450.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.