Shavkat Mirziyoyev. Muxolifatga yo’l yo’q. Tibbiyotda korruptsiya. Qashqadaryo viloyati. (2020).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash chora tadbirlari doirasida 19-mart chislosida 10 trillion so’m (1 milliard AQSH dollari), 26-mart chislosida 12 trillion so’m (1,2 milliard AQSH dollari) summaga teng pul ajratgan edi.

Biroq, bu pullar aksariyat vrachlar, hamshiralar, sanitarkalarga yetib bormagan edi.

Ozodlikning quyidagi kichik xabari pullarning aksariyat tibbiyot xodimlariga korruptsiya sababli yetib bormaganligi haqida. [1].

Ozodlikning kichik xabari: “Daryo — LIVE | Уйда қолинг!

Qashqadaryo SEOM mutasaddilari deyarli 918 mln so’m byudjet mablag’larini talon-toroj qilgani ma’lum bo’ldi

Qashqadayo sanitarya-epidemiologiya osoyishtalik markazida qariyb 918 million so’mlik byudjet mablag’lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat sanitarya-epidemiologiya osoyishtalik markazining sobiq rahbari SH.SH, bo’lim boshlig’i B.B. mansab vakolatlarini suiste’mol qilgani aniqlangan. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilib, ish prokuraturaga yuborilgan.

Viloyat SEOMning bir guruh mas’ullari, markaz hisobiga tushishi lozim bo’lgan 480,1 million so’m mablag’larini, markazda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblab to’lab borgan. Ishlagan xodimlarga ortiqcha ish haqi hisoblangani oqibatida davlatga 271,6 million so’m zarar yetkazgan.

Shuningdek, “Gipoxlorid kaltsiy” dezinfektsiya vositasi haqiqiy bahodan 166,1 million so’m qimmat narxlarda sotib olingan. Shu tarzda jami 917,8 million so’m byudjet mablag’lari o’zlashtirilgan, rastrata qilish yo’li bilan talon-toroj qilingan.

Avvalroq, Navoiy viloyati Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi hisobidan ajratilgan 500 million so’mdan ortiq mablag’ni o’zlashtirgani xabar berilgandi.

t.me/daryo_live/46799

72.5K viewsJul 19 at 14:59 «. Iqtibos tugadi. [1].

1. Prokuratura tomonidan tibbiyotdagi korruptsionerlar fosh qilinib tergov ishlari sudga oshirilib odil sud amalga oshirilishi lozim edi. Sud ochiq bo’lishi, unda jamoatchilik ishtirok etishi, ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritilishi lozim edi.

2. O’zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Islom Karimov davrida bolalar mehnati, majburiy mehnat, qiynoqlar, chinorlarning ayovsiz kesilish holatlariga ko’z yumilib kelgan. Prokuratura bu inson huquqlari va erkinliklarini oyoq osti qilinishini ko’rmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvida ham bu ko’rmasliklar kamroq bo’lsada davom etyabdi.

Ayniqsa, “Adabiyot” gazetasining bosh muharriri, Haqiqat va Taraqqiyot sotsial demokratik partiyasining tashabbuskorlaridan biri soppa sog’ Baxtiyor Karimning karantin, koronavirus bahonasida 42 kun majburan “davolantirilishi” bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Bu partiyaning yana bir tashabbuskorlaridan iqtisod fanlari doktori Xidirnazar Allaqulovga nisbatan ta’qib, tayziqlar muntazam davom etmoqda.

3. Ochiq ko’rinib turibdi, prezident Shavkat Mirziyoyev rejimi O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga zid ravishda siyosiy raqobatga, siyosiy muxolifatga, so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga yo’l bermoqchi emas.

Mamlakatda hanuz mustaqil sud tizimi, mustaqil parlament yo’q. Tikka hokimiyat hukmron.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

23-iyul, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qashqadaryo SEOM mutasaddilari deyarli 918 mln so’m byudjet mablag’larini talon-taroj qilgani ma’lum bo’ldi. Қашқадарё СЭОМ мутасаддилари деярли 918 млн сўм бюджет маблағларини талон-торож қилгани маълум бўлди. 19.07.2020.(https://www.ozodlik.org/a/30735836.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.