Shavkat Mirziyoyev. Baxtiyor Karim. G’allakor fermerlar yana aldandi. (2020).

Spread the love

Diktator va avtoritar rejimlarning o’z qarorollariga (poddanye) munosobati angishvona o’yinini eslatadi. Angishvonachi, ya’ni diktator doim yutib chiqadi.Avval u o’yinning boshida ataylab yutqazishi mumkin, keyin siz angishvonachiga albatta yutqazasiz. O’yin natijasi avvaldan ma’lum.

O’zbekistonlik g’allakor fermerlar ham angishvona o’yini qurboni bo’ldilar. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Hukumat Prezident qarorini bekor qildi. Fermerlar bug‘doyni 75 emas, 100% davlat narxida sotadi

iyul 07, 2020

Sadriddin Ashur/Ozodlik

O‘zbekistonlik fermerlar prezident Mirziyoyev 6 martda imzolagan qaror bekor qilinganini g‘allani topshirib bo‘lganidan so‘ng bildi.

Davlat rahbari qaroriga binoan, fermerlar davlatga topshiradigan bug‘doyining 25 foizini erkin narxda sotishi mumkin edi.

Ozodlik suhbatlashgan fermerlarning aytishicha, don qabul qilish korxonalari ularni topshirilgan donni “akt-sverka” qilishga chorlab, topshirilgan g‘allaga haq yuz foiz davlat narxida to‘lanishini aytgan.

“Qorako‘ldon” AJ bosh hisobchisi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida shunday qilinayotganini aytdi.

Qarorning “maxfiy” deb nomlangan 3 bandi Lex.uz da nashr qilingan matnidan olib qo‘yilgan.

Jondor tumanilik fermer Shuhrat Razzoqovning aytishicha, prezidentning 25 foiz g‘allani davlat korxonalari bozor narxida sotib olishi haqidagi qaroridan so‘ng fermerlar xursandchiligi uzoq cho‘zilmadi:

– Prezidentning 6 martdagi qarorida 2020 yil hosilidan davlat xaridlari doirasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari miqdorini har bir g‘alla yetishtiruvchi uchun 25 foizga kamaytirish, ana shu 25 foizni erkin narxda fermerdan sotib olish nazarda tutilgan edi. Endi g‘allani topshirib, “Qorako‘ldon” korxonasiga borib so‘rasak, 25 foizlik bekor qilinganini, pul 100 foiz foiz davlat narxida to‘lanishini aytdi.

Fermerning aytishicha, bir kilo bug‘doyning davlat narxi 1550 so‘m, bozordagi narx esa 2800 so‘m:

– Bu yil g‘alla o‘rimi boshlanguncha bozorda bir kilo bug‘doy 3500 so‘m edi. Hozir mavsum bo‘lgani uchun vaqtincha narx tushgan. Sentabrga borib 4000 so‘mga chiqishi aniq. Agar meni o‘sha 25 foiz – 13 tonna g‘allamga 2,500 so‘mdan berganda edi, men kreditimni bemalol yopib olgan bo‘lardim. Endi qarz bilan chiqishga to‘g‘ri keladi. Bir yil mehnat qilib, g‘alla ekib, davlatga bozor narxidan bir baravar arzon sotsang, ustiga yana qarz bo‘lib chiqsang alam qiladi ekan.

Fermerning aytishicha, bir yil davomida g‘allaga uch marta qayta shartnoma qilingan:

– O‘tgan yil sentabr oyida 52,1 tonna bug‘doy topshirish haqida “Qorako‘ldon” bilan shartnoma qilgan edim. Mart oyida prezident qarori chiqqanidan keyin yangi shartnoma qildik, ya’ni bug‘doyning 75 foizi, ya’ni 39 tonnasini davlatga sotish haqida. Uchinchi marta qolgan 25 foizni bozor narxida olaman deb, yana shartnoma qildi. Bugun esa bu shartnomalarda nazarda tutilgan holatlar chetga surib qo‘yilib, yuz foiz davlat narxida haq to‘lamoqchi”.

Ozodlik suhbatlashgan andijonlik, qashqadaryolik fermerlar ham 100 foiz g‘alla davlat narxida sotib olinayotganini ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 15 iyundagi 378-sonli qarorida fermerlardan 25 foiz bug‘doyni erkin narxda sotish olib qo‘yilishi sababi izohlanmagan va faqat qarorning boshida bunday deyilgan:

“2020 yil boshoqli don ekinlari hosilini qisqa muddatlarda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish va koronavirus pandemiyasi davrida ichki bozorda don, un mahsulotlari barqarorligini ta’minlash uchun yetarli miqdorda don tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”. Iqtibos tugadi. [1].

1. O’zbekistonda konstitutsiyaviy sud ishlamaydi. Ishlaganda bu nayrangni konstitutsiyaviy sud orqali fosh qilinardi, ya’ni bekor qilinardi. Albatta, sud ochiq bo’lganda. Sudda inson huquqi himoyachilari, mustaqil jurnalistlar, blogerlar, jamoat va siyosat faollari ishtirok etgan bo’lardilar.

2.Afsuski, O’zbekistonda so’z erkinligi yo’q, ommaviy axborot vositalari erkinligi yo’q. Bo’lganida, bu nayrang haqida keng jamoatchilik xabardor bo’lardi.

3.O’zbekistonda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q. Bo’lganida, “Adabiyot” gazetasining bosh muharriri, “Haqiqat va taraqqiyot” sotsial demokratik partiyaning tashabbuskorlaridan biri Baxtiyor Karim zo’ravonliklarcha koronavirus, karantin bahonasida 6 iyundan beri soppa sog’ inson majburan “davolanmasdi”.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

9-iyul, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hukumat Prezident qarorini bekor qildi. Fermerlar bug‘doyni 75 emas, 100% davlat narxida sotadi. 07.07.2020. (https://www.ozodlik.org/a/30712054.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.