Shavkat Mirziyoyev. Fahriddin va Farhod Mamajonovlar. Klasterning egasi kimligi ma’lum bo’di?! (2020).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida fermerlarlar klasterlarga qaram, tobe qilib qo’yilganligi ko’pchilikka ma’lum. Fermerlar, ayniqsa g’allakor fermerlar klasterlarning “g’amxo’rligini” o’z boshlarida sinab ko’rmoqdalar. Lekin, shu kunlargacha klasterlarning muassislari kim, ularning idorasi qayerda joylashganligi, yuridik adresi noma’lum bo’lib kelayotgan edi.

Britaniyalik kriminologiya professori,olim, taqiqoqchi Kristian Lasslett bu noma’lumliklarga ancha ochiqlik kiritdi. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Bevosita prezident Mirziyoyev topshirig‘ini bajaradigan UZTEX Group xalqaro surishtiruv markazida

iyul 02, 2020

Ozodlik

Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan so‘ng¸ majburiy mehnat ustiga qurilgan o‘zbek paxta sanoatini G‘arb shirkatlari boykotidan chiqarish maqsadida¸ paxtachilikda “katta islohotlar” boshlanganini e’lon qildi.

Bu iddao doirasida mamlakat qishloq xo‘jaligi¸ xususan¸ uning o‘zagini tashkil qiluvchi paxtachilikda xususiy klaster tizimi joriy etildi.

Chigit qadalishidan uning tayyor mahsulotga aylanib eksport qilinishigacha bitta samarali iqtisodiy zanjirga aylanishi aytilgan klaster tizimini joriy etish uchun O‘zbekiston hukumati xalqaro moliya tizimlaridan yuzlab million dollar qarz oldi. Davlat kafolati bilan olingan bu pullar klaster kompaniyalariga ulkan imtiyozlar bilan taqdim etildi.

Britaniyalik kriminologiya professori Kristian Lasslet keyingi bir yil davomida o‘tkazgan tadqiqot O‘zbekistondagi eng yirik klaster guruhi misolida bu pullarning nimaga¸ qanday va qaysi sxemalar asosida sarflanayotganiga bag‘ishlandi.

1 iyul kuni Ozodlik bilan suhbatda Lasslett tadqiqoti davomida aniqlangan “nihoyatda xavotirli” ma’lumotlar haqida gapirdi.

90 foiz klasterga oid muhim ma’lumot jamoatchilikdan bekitilmoqda!

O‘zbekiston inson huquqlari forumi bilan hamkorlikda hozirlangan 70 sahifalik tadqiqotning asosiy xulosasi haqidagi savolga javob bergan Britaniyadagi Ulster universitetining kriminologiya professori Kristian Lasslett, klasterlarga oid ma’lumotning shaffof emasligini tilga oldi.

– Tadqiqot davomida O‘zbekistondagi klasterlar faoliyati¸ boshqaruvi va mulkdorlariga oid shaffoflikning deyarli yo‘qligini aniqladik. Biz klasterlarga¸ shartli ravishda uch xil rangdagi bayroq berib chiqdik. Yashil – faoliyati ochiq va shaffof ¸ zarg‘aldoq -jamoatchilik uchun ochiq manbalarda biror ma’lumot yo‘q¸ qizil esa boshqaruv faoliyati nafaqat axloq¸ balki pul yuvish bo‘yicha gumonlarga eltuvchi jihatlar tufayli ham yomon deb topilgan klasterlarga berildi. Hayratlanarli jihati¸ O‘zbekistonda keyingi uch yil ichida tashkil etilgan klasterlarning 49 foizi zarg‘aldoq¸ 41 foizi esa¸qip-qizil bo‘lib chiqdi. 90 foiz klasterga oid ma’lumot yoki umuman yo‘q¸ yoki borlari nihoyatda shubhalidir.

Professor Lasslett¸ O‘zbekistondagi klaster kompaniyalarining nafaqat mahalliy¸ balki xalqaro maydonda ham xavotir uyg‘otuvchi faoliyatini o‘rganish davomida¸ “qizil bayroq” olgan shirkatlardan birini o‘z tadqiqoti markaziga qo‘ygan.

Bu esaUZTEX Group¸ yoki Uztex kompaniyalar guruhidir. O‘zini “MDH to‘qimachilik mahsulotlarining eng yirik eksportchisi” (bu g‘aliz ibora guruh rasmiy saytidan olindi – tahr.) deb taqdim etuvchi bu kompaniya UZTEX TASHKENT, SHOVOT TEKSTIL, UZTEX SHOVOT, UZTEX UCHKURGAN, UCHKURGAN TEXTILE kabi zavodlar egasidir.

Professor Lasslettning aytishicha¸ 90-yillarda ota-o‘g‘il Faxriddin va Farhod Mamajonovlar tomonidan tashkil etilgan UZTEX Group¸ Mirziyoyev hukumati paxta sektorida boshlagan xususiylashtirish jarayonining “yuzi”ga aylangan.

Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 29 noyabr kuni mazkur guruhga qarashli Shovotdagi fabrikasiga borgani haqida xabar bergan prezident matbuot xizmati “davlatimiz rahbari ikki yil muqaddam Uztex kompaniyalar guruhiga Shovot tumanida yuqori texnologik imkoniyatlarga ega mazkur korxonani tashkil etish va mahalliy aholini ish bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar bergan edi”¸ deb yozgan edi.

Rasmiy xabarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezident bergan topshiriqni ijro qilib kelayotgani aytilgan UZTEX Group, O‘zbekistondagi eng yirik klasterlar egasi hamdir. Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra¸ Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on¸ Xorazmning Shovot tumanlarida UZTEX Group uchun 20 ming gektar paxta yeri berilgan va unga 800 dan oshiq fermer xo‘jaligi biriktirilgan.

Mamajonovning o‘tmishi – Karimova bilan biznes Shveysariya prokurorlari e’tiborida

Professor Kristian Lasslett tadqiqoti haqida 1 iyul kuni maqola e’lon qilgan Shveysariyaning Tages-Anzeiger nashri UZTEX Group mulkdori Farhod Mamajonov¸ xususan uning Rieter kompaniyasi bilan hamkorligi ko‘pdan Shveysariya prokuraturasi nazarida ekaniga alohida urg‘u berdi.

Mamajonov esa¸ Shveysariyada katta miqdorda pul yuvishda ayblanayotgan Gulnora Karimova ishi doirasida¸ uning yaqin hamkorlaridan biri sifatida¸ prokurorlar e’tiboriga tushgan.

Mamajonovlar¸ 2007 yilda tashkil etilgan Infinbank¸ to‘liq nomi «Invest Finance Bank» bo‘lgan xususiy bank mulkdori hamdir.

Mamajonovlar bankining Gulnora Karimova bilan yaqin hamkorlikda ishlagani ularni pul yuvish amaliyotlarini tergov qilayotgan Shveysariya prokuraturasi “radari”ga tushishiga sabab bo‘lgan omillardan biridir.

Shveysariya nashrining yozishicha¸ Rieter shirkati 2016 yili prokuraturaning bu hamkorlikka oid savollariga javob bergani va barcha hujjatlarni taqdim qilganini bildirgan.

“Professor Lasslettning yangi tadqiqoti Rieterdagilarni qattiq asabiylashtirmoqda”¸ deb yozdi Tages-Anzeiger 1 iyul kuni.

Bu tadqiqot O‘zbekistonda yuzlab million dollarlik hukumat kreditining kimlarga¸ qaysi shartlar asosida berilishini o‘rganishi lozim bo‘lgan tizimlar e’tiboriga tushadimi¸ yo‘qmi¸ bunisi hozircha qorong‘u.

Ozodlik bilan suhbat so‘ngida professor Kristian Lasslett¸ xorij investorlarini jalb qilishni o‘z ustuvor maqsadi deb e’lon qilgan Mirziyoyev hukumatining manfaatlar to‘qnashuvi¸ xalqaro pul yuvish amaliyotlari¸ moliyaviy firibgarliklar bo‘yicha jiddiy savollarni ko‘targan surishtiruvlarni e’tiborsiz qoldirayotgani bu hukumat imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmasligini ta’kidladi.

Professor Lasslett hozirga qadar Toshkent hokimi va mamlakatdagi eng yirik biznes imperiyasi egasi Jahongir Ortiqxo‘jayev faoliyati misolida O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvi “yangi norma”ga aylanib borayotgani haqidagi tadqiqotlarini e’lon qilgan.

Toshkent hukumati hozirga qadar bu tadqiqotlarda ko‘tarilgan “qizil bayroqlar” – nihoyatda xavotirli savollarga biror shaklda munosabat bildirgan emas”. Iqtibos tugadi. [1].

1. Shu paytgacha klasterlarning muassislari kim, ularning idorasi qayerda joylashgan, yuridik adresi qayerdaligi noma’lum bo’lib kelayotgan edi. Kristian Lasslettning va O’zbekiston inson huquqlari bo’yicha forumning xalqaro surishtiruvlari bu savolga ancha aniqlik kiritadi.

2. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gulnora Karimova ustidan bo’lib o’tgan sudlarning nega ochiq emas, mustaqil jurnalistlar, bloggerlar, jamoatchilik faollarini sudga kiritmasdan, yopiq o’tkazganligiga javob topamiz.

3. O’zbekistonda sog’lom raqobat emas, davlat mulki va monopoliyalarning hukmronligi yana bir bor o’z tasdig’ini topdi.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

2-iyul, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bevosita prezident Mirziyoyev topshirig‘ini bajaradigan UZTEX Group xalqaro surishtiruv markazida. 02.07.2020. (https://www.ozodlik.org/a/30701265.html).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.