Shavkat Mirziyoyev. Citylar davri tugadimi? Hokimlar bozorlarni ko’chirishni, yangilashni yoki yopishni avjiga chiqarmoqdalar. (2020).

Spread the love

O’zbekistonda karantin yumshatilmoqda.Bozorlar, do’konlar ishlay boshladi.Ammo, koronavirusdan, Sardoba suv omborining o’pirilishidan katta talafot ko’rgan mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og’irlashgan,yomonlashgan.[1].

Ozodlikdan iqtibos: ”Gulistonlik tadbirkorlar bozor yopilganiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazdi (VIDEO)

iyun 23, 2020

Mehribon/Ozodlik

22 iyun kuni Sirdaryo viloyat hokimiyati oldida yuzdan ziyod tadbirkor norozilik aksiyasi o‘tkazib, Gulistondagi kiyim-kechak bozori yopilganiga qarshilik bildirdi.

Hokimlik rasmiylari norozilar bilan uchrashganidan so‘ng bir haftadan beri yopiq turgan bozor hududiga boradigan yo‘llar shu kunning o‘zida ochildi.

Ozodlikka bog‘langan tadbirkorlar iddaosicha, hokimlik kiyim-kechak bozorini butunlay yopib, yangi ochilgan savdo markazi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirgan.

Guliston shahar hokimligi rasmiylari bozor yopilganini koronavirus tarqalish xavfi bilan izohladi.

22 iyun kuni ertalab Guliston shahridagi kiyim-kechak (yoyma) bozorining yuzdan ziyod tadbirkori bozor yopilganiga norozilik bildirib, aksiya o‘tkazdi.

“Bir haftadan buyon bozorga keladigan yo‘llarni yopib qo‘yishdi. Lekin do‘konlarimiz ochiq turdi. Yo‘llar yopilgani sabab, xaridorlar bozorga kira olmadi. Shunga bugun norozilik bildirib, avval Guliston shahar hokimiyatiga bordik. Hokimlikdan hech kim chiqmagach, Sirdaryo viloyat hokimiyatiga bordik. 100 dan ko‘p tadbirkor bordi”, dedi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan tadbirkor.

Boshqa bir tadbirkor iddaosicha, norozilar baqirib-chaqirganidan so‘ng, IIB xodimlari tadbirkorlarga kuch qo‘llagan.

“Biz bozorga keladigan yo‘llarni ochishni talab qilib, “Ochilsin” deb xor bo‘lib, qichqirdik. Keyin militsiya xodimlari videoga olayotganlar telefonlarini tortib ola boshladi. Janjal bo‘lib ketdi. Videoga olganlardan bir nechta odamni ichkariga olib kirib, ketishdi”.

Aksiya ishtirokchilarining Ozodlikka aytishicha, ular tarqalmasdan¸ o‘z talabida qat’iy turgani uchun Guliston shahar hokimi To‘lqin Dadabayev norozilar bilan uchrashishga majbur bo‘lgan.

“Biz trassa yo‘lini to‘samiz, deb turgandik. Shahar hokimi Dadaboyev keldi. Avval o‘ntacha tadbirkorni hokimlik ichkarisiga olib kirib, gaplashdi. Keyin hokim chiqib, bozorga boradigan yo‘llar ochilishini aytdi”.

Tadbirkorlarga ko‘ra, bir hafta davomida yopiq turgan bozorga kirish yo‘llarining barchasi 22 iyun kuni ochilgan.

“O‘zi karantin payti bozor yopiq edi. Iyun boshida ochishdi. Lekin bir hafta avval bozorga keladigan hamma yo‘llarga blok post qo‘yib, odamlarni bozorga o‘tkazishmadi. To‘rtta blokpost qilishdi, hamma postlarda Milliy gvardiya va militsiya xodimlari turishdi. Axborot kolleji oldidagi trassani yuk mashinasi bilan yopib qo‘yishdi. 5-maktab oldi, stomatologiya oldi, Sayxun ko‘chasiga blokpost qo‘yib, yo‘llarni beton bilan yopib qo‘yishdi. Hokimiyatga borganimizdan keyin hammasini ochishdi”.

Norozilik bildirgan tadbirkorlar iddaosiga ko‘ra, mahalliy hokimlik yoyma bozorini butunlay yopishni rejalashtirmoqda.

“Shahar chetida “Humo” degan yangi savdo markazi ochishgan, bizning bozorni yopib, shaharliklarni faqat o‘sha joydan savdo qilishini yo‘lga qo‘yishmoqchi. O‘sha savdo markazi hokimlikda ishlaydigan mulozimning qarindoshiga tegishli. Shuning uchun bizning bozorga xaridorlar kelishini kamaytirish maqsadida yo‘llarni yopib qo‘yishdi. Shunga biz norozilik aksiyasi o‘tkazdik”.

Norozi tadbirkorlar hisob-kitobicha, Guliston kiyim-kechak bozorida taxminan 500dan ziyod do‘konda 1000ga yaqin tadbirkor savdo qiladi”. Iqtibos tugadi. [1].

1. O’zbekistonda sog’lom raqobat yo’q. Mamlakatda davlat mulki, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi.

2. Koronavirus, Sardoba suv ombori o’pirilishi,So’x mojarosi (So’x toshbo’roni) tufayli byudjetdagi pul mamlakat bo’ylab Citylarga kam ajratilayotganga o’xshaydi.

Karantin tufayli qariyb 3 oy davomida va karantin yumshaganiga qaramay byudjetga kam pul tushgan, kam soliq to’langan, kam tushayabdi, mehnat muhojirlaridan kam pul jo’natilgan, kam jo’natilyabdi.

O’zbekistonga turizmdan daromad yo’q hisobi.

Toshkentdan Citylarga pul ajratish to’xtaganga yoki kamayganga o’xshaydi.

Mamlakat bo’ylab Citylar qurilishi keskin kamayganga o’xshaydi.

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida bozor ko’chirilmoqda, Denov tumanida ham ko’chirilmoqda, eskilari yopilmoqda.

3. Kichik biznes davlat uchun o’gay.Vatandoshlarda pulsizlik.

Norozilik chiqishlari keskinroq va qat’iyroq. Ishsizlarning boshqa mamlakatlarga ish izlab ketishlari keskin kamaygan.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

25-iyun, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Gulistonlik tadbirkorlar bozor yopilganiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazdi (VIDEO). 23.06.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30684990.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.