Shavkat Mirziyoyev. Oybek Tursunov. $3 mln+$5,6 mln. Korruptsiya. (2020).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida O’zbekistonda korruptsiya gullab yashnayabdi.

Prezidentning kichik kuyovi Otabek Umarov 3 davlat lavozimidan tashqari Abu Sahiy bozorini (Hozirgi Toshkent savdo markazi) o’z tasarrufiga olgan bo’lsa, katta kuyov Oybek Tursunov Kapital bankning 36 foiz aktsiyasiga egalik qilishi va Uzcard ning 75 foiz aktsiyasiga ega ekanligi ma’lum bo’ldi. [1].

Kapital bankning nizom kapitali 155 milliard o’zbek so’midan oshiqroq bo’lib uning 36 foizi 55,8 milliard so’m ($5,58 million) bo’ladi.

Uzcardning kapital qiymati 42 milliard o’zbek so’miga teng. Uning 75 foizi 30 milliard o’zbek so’midan ($3 million) ko’proq.

Ozodlikdan iqtibos: “Prezident katta kuyoviga o‘tgan Uzcard minglab to‘lov terminalini yaroqsizga chiqardi

iyun 15, 2020

Ozodlik

Ozodlikka Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan murojaat qilgan xususiy tadbirkorlar¸ ikki yil oldin 3 million so‘mga sotilgan Uzcard terminali yaroqsizga aylangani va yangisini olmasa savdo qila olmasligini bildirdi.

Uzcard va bir qator tijorat banki rasmiylari¸ seriya raqami 325¸326¸327 bo‘lgan bir necha ming terminal¸ ularga yangi dastur o‘rnatish imkoni yo‘qligi bois¸ muomaladan chiqarilganini tasdiqladi.

Tijorat banki¸ qolaversa¸ Markaziy bank mutasaddisi Ozodlik bilan suhbatda¸ yangi terminallarning tadbirkorga bank tomonidan bepulga berilishi¸ agar qaysidir bank bu terminalni sotayotgan bo‘lsa¸ ularga chora ko‘rilishini bildirdi.

Uzcard aksiyalarining 75 foizi o‘tgan oy prezident Shavkat Mirziyoyevning katta kuyovi¸ asosan¸ davlat tizimlarida ishlab kelgan Oybek Tursunovga o‘tdi.

Oddiy tadbirkorlar¸ minglab terminalning yaroqsizga chiqarilib¸ ular o‘rniga Xitoydan olib kelingan arzon terminallarni qimmatga sotish jarayonini Uzcard egasining almashinuvi bilan bog‘ladi.

Uzcard

Ozodlikka¸”nihoyatda qudratli odamlar haqida gapirish” oqibatidan cho‘chib shaxsini ochiqlamasdan murojaat qilgan samarqandlik tadbirkor, aytishicha¸ chakana savdo bilan shug‘ullanadi.

Men sizga Uzcard kompaniyasining yangi nayrangi haqida ma’lumot bermoqchiman. Kompaniya amaldagi terminallarni yaroqsiz qilib qo‘yyapti. Bankdan so‘rasak¸ Uzcard bu terminallar faoliyatini bloklayapti, musorga tashlayvering¸ endi yaroqsiz, deyishdi. Oldingisini ikki yil oldin 3.000.000 atrofida olganman, yangisini olmasam savdo kamayib ketadi va mijozlar jaloba qilishsa¸ katta jarima to‘layman. Ishlab turgan terminalimizni bloklab¸ yaroqsiz holatga keltirib¸ yangisini olishga majburlashyapti. Yangisi 3.600.000 so‘m! Bank bizga xohlang naqdga¸ xohlang kreditga olinglar deyapti. Humo terminalini bepul berishgan. O‘zi karantinda savdo qilmasdan¸ kasod bo‘ldik. Endi ishlaymiz desak¸ bu g‘irromlik bo‘lyapti”¸ deydi samarqandlik do‘kon egasi.

Ayni masalada Ozodlikka bog‘langan surxonlik tadbirkor o‘zining ishlab chiqarish va savdo sohasida faoliyat yuritishi¸ bir necha yil oldin sotib olgan terminali ayni kunda yaroqsiz bo‘lgani ortidan¸ faoliyati deyarli to‘xtab qolganini aytadi.

Bizda ikkala terminal ham bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa¸ soliqchilar katta jarima soladi. Hozir na yangi terminal sotib oladigan¸ na jarima to‘laydigan holdamiz. Bankka buni tushuntirsak¸ bu Uzcardning ishi¸ bizning aloqamiz yo‘q¸ deyapti”.

Ozodlikka ikki yil oldin sotilgan Uzcard terminalining Uzcardning o‘zi tomonidan yaroqsizga chiqarilgani va yangisini sotib olishga majburlanayotgani haqida xabar yuborgan tadbirkorlar¸ bu masalada biror davlat idorasiga shikoyat qilmaganini e’tirof qildi.

Biz siyosatdan uzoq oddiy savdogar bo‘lsak ham¸ Uzcardning egasi kimligini bilamiz. Bu odamlar ustidan shikoyat qilishdan qo‘rqamiz”¸ dedi samarqandlik tadbirkor.

Joriy yilning 14 may kuni ochiq manbalarda paydo bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra¸ Uzcard brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” MChJ ta’sischilari tarkibi yangilangan. MChJning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqi jismoniy shaxs Tursunov Oybek Batirovichga o‘tgan.

Oybek Tursunov esa¸ prezident Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyevaning eridir. Asosan davlat tizimida ishlab kelgan Oybek Tursunovning mamlakatdagi ikkita to‘lov tizimidan biri¸ qolaversa¸ xususiy “Kapitalbank” aksiyalarining 36 foizini qaysi daromad hisobiga sotib olgani jamoatchilikka ochiqlanmagan. O‘zbekistonda davlat xizmatchilari¸ xususan¸ birinchi oila a’zolarining daromad soliqlarini ochiqlashini kafolatlovchi qonun qabul qilinmagan”. Iqtibos tugadi. [1].

1. O’zbekistonda so’z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi bo’lganida TV, Radio, gazetalarning asosiy mavzusi bo’lar edi. Oybek Tursunovning korruptsion ishlarini Ozodlik, BBC, Amerika ovozi va ijtimoiy tarmoqlar orqalidangina xabardor bo’lmas edik.

Siyosiy raqobat, siyosiy muxolifat bo’lganida bu korruptsiya ishini siyosiy raqobatda yutib chiqish uchun ishlatgan bo’lardi.

2. Parlamentda muhokama qilinar edi. Parlament komissiyasi tuzilar edi.

3. Prokuratura tomonidan jinoiy ish ochilar edi. Mustaqil sud tizimi bo’lganida odilona sudda odil sud hukmi chiqarilar edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevni iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik va korruptsiya ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish qiziqtirmaydi.

O’zbekistonlik vatandoshlar uchun iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik oliy qadriyat emas.

O’zbekistonda davlat mulki ,klasterlar, monopoliyalar hukmronligi davom etaveradi.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmaydi. O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloqligicha qolaveradi.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

18-iyun, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.

Iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilandi. 09.06.2020. ( https://president.uz/oz/lists/view/3639 ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.