O’zbekiston. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish mamlakatni o’ta iqtisodiy qoloqlikdan olib chiqa oladimi? (2020).

Spread the love

O’zbekistonning o’ta qoloq iqtisodiyoti koronavirus, Sardoba suv omborining o’pirilishi va mehnat muhojirlaridan kelayotgan AQSH dollarining keskin kamayishi oqibatida yanada yomonlashmoqda.

Shunday paytda kelajakda O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishi mamlakatning o’ta iqtisodiy qoloq holatdan chiqa olishiga qanday imkoniyatlar yaratadi degan savol paydo bo’ladi?

Quyidagi xabar bilan tanishing.

Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlishi uchun maхsus komissiya tuzildi [1.a].

01.06.2020

Vazirlar Mahkamasi 28.05.2020 yildagi «Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 339-son qarorni qabul qildi.

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda – Idoralararo komissiya) Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi va yoʻnalishlarni belgilaydigan kollegial organ hisoblanadi. Nizom bilan Idoralararo komissiyaning vazifalari va funksiyalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish va ishlash tartibi belgilangan.

Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • JST Kotibiyatiga yoki JSTga a’zo mamlakatlarga kelgusida yuborish uchun Idoralararo komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlarni kelishish va tasdiqlash;
  • JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirish va uygʻunlashtirish maqsadida Idoralararo komissiya a’zolari va sohaga oid ishchi guruhlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarini kelishish;
  • JST bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhi bilan birgalikda strategik masalalar boʻyicha, shu jumladan, Oʻzbekistonning JSTga kirishi shartlari, shuningdek, JST a’zosi boʻlgan mamlakatlar bilan ikki tomonlama, koʻp tomonlama va har taraflama savdo muzokaralari jarayonidagi kelishuvlar va shartnomalar boʻyicha Oʻzbekistonning umumiy pozitsiyasini ishlab chiqish.

Idoralararo komissiya oʻz faoliyatini yigʻilishlar shaklida amalga oshiradi, ular bir yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Idoralararo komissiya yigʻilishlariga materiallarni tayyorlash uning Kotibiyati – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining JST bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Koʻriladigan masalalar boʻyicha qarorlar komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Idoralararo komissiya Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilgan yigʻilish yakunlari boʻyicha hisobot kiritadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2020 yildan kuchga kirgan.

Lola Abduazimova.

Xabar tugadi. [1.a].

1. Jahon savdo tashkiloti, shu tashkilotga a’zo mamlakatlar o’rtasida o’zaro erkin savdoni qo’llab quvvatlaydi (promotes). Bugungi kunda bu tashkilotga 164 mamlakat a’zo. O’zbekiston, Belorussiya, Ozarbayjon va hammasi bo’lib 23 mamlakat kuzatuvchi (Observer) maqomiga ega. [1.b].

2. Jahon savdo tashkilotiga Qirg’iziston 1998 yili, Ukraina 2008 yili, Rossiya 2012 yili, Tojikiston 2013 yili, Qozog’iston 2015 yili a’zo bo’lgan.

Qo’shni Afg’oniston JSTiga 2016 yili a’zolikka qabul qilingan.

Turkmaniston va Shimoliy Korea va hammasi bo’lib 16 mamlakat a’zo bo’lmoqchi emas.

3. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish O’zbekistonning imidjini yaxshilaydi. Biroq, a’zo bo’lish bilan O’zbekiston o’ta iqtisodiy qoloqlikdan osongina chiqib ketadi degani emas.

O’zbekiston vatandoshlari iqtisodiy erkinlikka, siyosiy erkinlikka erishmasdan, korruptsiya ko’rsatkichini 50 balldan oshirmasdan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqib keta olmaydilar.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.,

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

5iyun, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.a. Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlishi uchun maхsus komissiya tuzildi. 01.06.2020. (https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/uzbekiston_jstga_azo_bulishi_uchun_mahsus_komissiya_tuzildi ).

1.b. World Trade Organization. Members and Observers. (https://www.wto.org/english/thewto_e/thewto_e.htm ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.