O’zbekiston. Diktatura bo’y ko’rsata boshladi. So’z erkinligiga, muxolifatga yo’l yo’q. (2020).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyev uchun Sardoba suv omborining o’pirilishi eng nozik, eng muhim muammo. Sababi, Shavkat Mirziyoyevning shu paytgacha yiqqan obro’yini Sardoba suv omborining o’pirilishi yuvib ketdi.

Quyidagi dalil prezidentning Sardoba suv ombori o’pirilishiga qanchalik “e’tibor” berishini ko’rsatadi.

Ozodlikdan iqtibos: “ “O‘zbekiston 24”ni tanqid qilgan ikki jurnalist ishdan bo‘shatildi [1].

may 25, 2020

Mehribon/Ozodlik

Sport” telekanali muharriri Bobur Akmalov va bosh rejissyori Jamoliddin Bobojonov 22 may kuni ishdan bo‘shatildi.

Buni 25 may kuni “Sport” teleradiokanali mas’ullaridan biri Ozodlikka tasdiqladi, biroq tafsilotlarini ochiqlamadi.

Human.uz nashri Bobur Akmalov va Jamoliddin Bobojonovlar “o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagani” haqida yozdi.

“Bobur va Jamoliddinni ishdan bo‘shatishdan avval “Sport” telekanali profsoyuzi yig‘ilish qilgan. Shu yig‘ilishdan so‘ng ikkalasi ham o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan”, dedi ikki jurnalistning ishdan bo‘shatilishi voqeasi tafsilotlaridan xabardor toshkentlik jurnalist.

Ushbu voqeadan xabardor boshqa bir mahalliy jurnalistning Ozodlikka bildirishicha, Akmalov va Bobojonovlar aynan “Futbol plyus” eshittirishidagi tanqidiy chiqishlari uchun ishdan haydalgan:

“Xabaringiz bor, radioda Bobur bilan Jamoliddin “O‘zbekiston 24”ni tanqid qilgach, hammayoq shov-shuv bo‘lib ketdi. MTRK rahbariyati buni keskin tanqid qildi. Boshliqlar Bobur bilan Jamoliddinga “o‘z arizangiz bilan ishdan bo‘shab ketasiz, boshqa chorangiz yo‘q”, deyishdi. Keyin ikkalasi ham ariza yozishga majbur bo‘ldi”.

Bobur Akmalov “Sport” telekanalida muharrirlik qilish bilan bir paytda “Oriat Dono” radiosidagi “Futbol plyus” eshittirishining boshlovchisi hamdir. Jamoliddin Bobojonov va Xayrulla Hamidov esa ushbu eshittirishning doimiy ishtirokchilari hisoblanadi.

Oriat Dono” radiosidagi “Futbol plyus” eshittirishining 18 may kungi sonida Jamoliddin Bobojonov va Bobur Akmalov “O‘zbekiston 24” telekanalini tanqid qilgani videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda Jamoliddin Bobojonov “Bizda qog‘ozda va “O‘zbekiston 24” kanalida hamma narsa zo‘r. Ammo hayot butunlay boshqa narsani ko‘rsatyapti. Men sardobaliklar suv toshqinidan xursand bo‘lyapti, deb o‘ylab qoldim. Ular falokatdan xursand bo‘lishyapti”, deb aytgan. Bunga javoban Bobur Akmalov: “O‘zbekiston 24” qandaydir Susambil davlatida tashkil etilganmi?” tariqasida javob bergan.

21 may kuni O‘zbekiston Miliiy teleradiokompaniyasi (MTRK) raisi Alisher Xo‘jayev “O‘zbekiston 24” telekanalini tanqid qilgan Bobur Akmalov va Jamoliddin Bobojonovni korporativ etikaga rioya qilmaganlikda, mutlaqo asossiz va haqiqatdan uzoq fikrlarni aytganlikda ayblagan.

Gazeta uz”ning yozishicha, MTRK raisi Alisher Xo‘jayevning ikki jurnalistni tanqid qilgan posti uning Facebook sahifasida e’lon qilingan, biroq keyinroq u mazkur postni o‘chirib tashlagan.

24 may kuni Facebookdagi “Xalq nazorati” guruhida Bobur Akmalov va Jamoliddin Bobojonovlarning ishdan olinganiga norozilik sifatida petitsiya e’lon qilindi.

Petitsiya ishtirokchilari MTRK raisi Alisher Xo‘jayevning ishdan bo‘shatilishini talab qilmoqda”. Iqtibos tugadi. [1].

1. Toshkent shahar hokimi, senator Jahongir Ortiqxo’jayev, Farg’ona viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev jurnalistlarning hayotlariga tahdid qilganliklari uchun hattoki tanbeh, ogohlantirish ham olishmadi. Ular hech qanday jazolanmadilar. Biroq, ikki jurnalist Bobur Akmalov va Jamoliddin Bobojonovlar oddiygina Sardoba suv omborining o’pirilishidan jabrlanganlarning xursand emasligini ochiq aytganlari uchun darhol ishdan ketishga majbur qilishdi. Aslida, ularning aybi bo’lsa oddiygina tanbeh yoki ogohlantirish ular uchun yetarli bo’lardi.

O’zbekistonda vatandoshlarning huquq va erkinliklari har qadamda, har doim oyoq osti qilinmoqda. Ammo, prezident Shavkat Mirziyoyevning rejimi buni ko’rmaydi. Vatandoshlarning huquq va erkinliklarini oyoq osti qilganlar jazolanmaydi, chunki oyoq osti qiluvchi hokimiyatdagilardir.

2. Prezident Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik va parlament saylovlarini 2021 yilning dekabridan mart oyiga ko’chirishiga erkin matbuot va siyosiy muxolifat yo’l qo’ymasligi mumkin, to’g’rirog’i halaqit berishi mumkin.

3. Prezident Shavkat Mirziyoyevning qayta, muddatidan oldin prezidentlikka saylanishi uchun koronavirusdan talafot ko’rgan kichik biznes, ishsiz bo’lib qolganlar, adolatsizlikka uchragan vatandoshlar, Sardoba suv omborining o’pirilishidan talafot ko’rganlar va kambag’allashgan nochor vatandoshlar ishonchli saylovchi bo’la olmaydi.

4. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.

Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan, Tojikiston 9 ball, Turkmaniston 2 ball kabi post sovet mamlakatlaridan oldinda. [3].

Yana, O’zbekiston 10, Markaziy Afrika Respublikasi 10 va va Sudan 12 ball bilan yomonlarning yomoni davlatlari qatorini tark etdi.

Yomonlarning yomoni davlatlari 10ta: Suriya 0, Eritriya 2, Janubiy Sudan 2, Turkmaniston 2, Shimoliy Korea 3, Ekvatorial Gvineya 6, Saudiya Arabistoni 7, Somali 7, Libiya 9, Tojikiston 9.

Afsuski, O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 10 ball bilan post sovet mamlakatlari Estoniya 94, Litva 91, Latviya 89, Ukraina 62, Gruziya 61 va Moldaviya 60 kabi mamlakatlarday nisbatan erkin va demokratik saylovlar o’tkazish darajasidan juda uzoqda. [3].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida. [4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [4].

O’zbekistonning AJB YAIM ($1,832) dunyoning o’rtacha AJB YAIMdan ($11,464) qariyb 6 baravardan ko’proq kam (6,3). [5,6].

O’zbekistonning AJB YAIM 2019 yil uchun esa ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIM sidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam bo’lgan(7,48). [8].

Negadir, Dunyoning 2020 yil uchun AJB YAIM, ya’ni GDP per capita si ($11,464), 2019 yil uchun ($11,673) dan kamroq. Sababini, men bilmayman.

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 6 baravardan ko’proq kam bo’lgani uchun, o’ta qoloq deyishga haqlimiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Islom Karimov davridagi statistik ma’lumotlar bo’yicha $2,200, Shavkat Mirziyoyev davridagi statistik ma’lumotlari bo’yicha $1,560 edi. Ya’ni, Islom Karimov davrida statistik ma’lumotlar ataylab bo’rttirib, yaxshilab ko’rsatilgan. Aslida, bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

29-may, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. “O‘zbekiston 24”ni tanqid qilgan ikki jurnalist ishdan bo‘shatildi. 25.05.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30633392.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Global freedom scores. 2020. (https://freedomhouse.org/countries/freedom-world/scores ).

4. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

5. International Monetary Fund. 2020. GDP per capita Nominal ($).

( http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp-capita.php ).

6. International Monetary Fund. 2020. GDP (Nominal) per capita Ranking.

( http://statisticstimes.com/economy/projected-world-gdp-capita-ranking.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.