O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Shohona “ko’chma qasr”. (2020).

Spread the love

Dunyoda hokimiyatning va’dalariga, og’izdagi so’zlariga emas, qilgan ishlariga, bergan va’dalarini qanchalik bajarganiga qarab baho beriladi.

Quyidagi Ozodlikning maqolasida qonxo’r diktator Islom Karimov va joriy prezident Shavkat Mirziyoyevning va’dalari, og’izdagi gaplari qilayotgan ishlariga qanchalik to’g’ri kelish, kelmasligini ko’ramiz. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Pandemiya davridagi snoslar (buzishlar) uchun uyushtirilgan shohona safar

Ozodlikka O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning aksar dunyo uyidan chiqmay o‘tirgan bir paytda¸ oddiy xalqning uyini buzishni tezlatish maqsadida qilgan safari haqida xabar bergan mulozimlar¸ bu safarning hashamatidan hayratga tushganlarini alohida ta’kidladi.

Oddiy bir bog‘bonga bir million oylik berishni uddalay olmayotgan rahbarlar Ramatovning kelishiga huvillab yotgan vokzal hududiga qimmat gullarni ektirishdi. Qizig‘i ularga qaraydigan bog‘bon yo‘q¸ ular erta-indin qurib qoladi. Ramatov huvillab yotgan vokzalu yoki stansiyani obodonlashtirilganini ko‘rgani kelmagandir. O‘ztemiryo‘lyulovchi rahbarlari laganbardorlik qilgisi kelgan bo‘lsa¸ qo‘liga bir dasta gul tutqazsin edi. Kim ularga ishchi xodimlari uylarida bir oydan buyon oyliksiz, pulsiz o‘tirgan bir paytda¸ ishlamayotgan vokzallarga millionlab pullarni sarf qilishib gul ektirish vakolatini bergan? Davlatning¸ xalqning bu pullarni ishchilariga avans tariqasida bersa bo‘lmasmidi?” deydi mahalliy temiryo‘lchilardan biri.

Ozodlikka Samarqand va Urganchdan yuborilgan xabarlarda ham¸ Ochilboy Ramatov kelishiga¸ asosan¸ vokzallar hududining bo‘yab-bejalgani¸ qimmabaho gazonlar va gullar ekilgani aytiladi.

Islom Karimov o‘ziga ep ko‘rmagan hashamat

O‘zbekiston Transport vazirligiga aloqador mulozim Ozodlik bilan suhbatda Ochilboy Ramatovning pandemiya davrida viloyatlarga qilgan safari o‘z hashamat va xarajati bilan prezident safaridan qolishmaganini aytadi.

Ochilboy Ramatov viloyatlarga samolyotda ketdi. Lekin uning uchun Toshkentdan Islom Karimov uchun maxsus yig‘ilgan vagon¸ yana 7 vagon taqilgan sostavda, 20-30 tacha xizmatchisini hisoblamasa¸ bo‘m-bo‘sh yo‘lga chiqdi. Ramatov mehmonxona emas¸ ana shu maxsus vagonda dam olish va uxlashni yoqtiradi”¸ degan mulozim hozirgacha jamoatchilikdan sir tutib kelinayotgan bu vagon tasvirini chizib berdi.

Bu vagon xuddi Alisher Usmonovning samolyotidek. Ko‘z oldingizga keltiring – yigirma metrlik muhtasham saroy¸ unaqa saroy Amir Olimxondayam bo‘lmagan. Alohida yotoqxona¸ alohida vanna-jakuzzi¸ biotualet. Katta zalda televizor¸ ugolok mebellar¸ vagon ustida antenna¸ yurgandayam-turgandayam to‘siqsiz to‘lqin qabul qiladigan. Spetsvagon yurganda temir yo‘lda butun harakat to‘xtaydi¸ yo‘l faqat shuniki. Bu transport tizimi uchun qanchaga tushishini tasavvur ham qilolmaysiz. Spetsvagon shu marshrutdagi har bir stansiyadan o‘tguncha oldindagi stansiyadagi hamma manyovr ishlari to‘xtatiladi, qo‘ylar va mollar ham haydaladi, territoriya tozalanadi, xuddi Prezident kelayotgandek, farqi shuki Prezident bo‘lsa¸ SB bo‘ladi, Ramatovda SB yo‘q, bitta shu bilan farq qiladi. Alisher Usmonovku¸ o‘zining puliga olgan samolyotini¸ buchi¸ xalqning¸ davlatimizning puliga maishat qilyapti. Hozir millionlab xalq nonga muhtoj bo‘lib turganda¸ bunaqa safarni pir vo vremya chumi¸ deyishdan boshqa so‘z topolmayman”.

Qattiq qo‘riqlanadigan bu maxsus vagonni suratga olish imkoni yo‘qligini ta’kidlagan Ozodlik manbalaridan biri – transport sohasida rahbarlik lavozimida ishlagan sobiq mulozim¸ uning tarixiga ham qisqa spravka berdi.

Vagon to‘q archa rangida¸ raqami 11111. Bu vagon doim “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchivagonta’mir” zavodi territoriyasida, ustini sploshnoy chexol bilan yopib qo‘yilgan holda shu kunlargacha turdi. Bu vagonning asosiy korpusini 10 yilcha oldin Karimov uchun maxsus «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» zavodida yig‘ishdi. Keyin “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchivagontamir» zavodida qolgan qismini¸ arab shayxlarining g‘ildirak ustidagi qasridek yasatishdi. Vagonning tagi portlashga dosh beruvchi titandan¸ oynalari o‘q o‘tmas qora shishadan¸ eshik tutqichlari¸ vanna tualetlari oltinsuvi yugurtirilgan edi. Vagon tayyor bo‘lganidan keyin¸ Ramatov uni o‘sha paytdagi Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga ko‘rsatdi. Bosh vazir Mirziyoyev¸ bu vagonning qanchaga tushganini eshitib¸ hushi boshidan uchdi. O‘sha paytdagi pul bilan ham spetsvagon bir necha milliardga tushgan. Karimov bunaqa hashamatni yomon ko‘rardi. Davlatning milliardlari ketgan bu vagon uzoq yil depoda bekitib qo‘yildi¸ Mirziyoyev prezident bo‘lganidan keyin¸ unda hukumat ishchi guruhi Mo‘ynoqqacha bordi. Bu vagonda¸ masalan¸ Bosh vazir Abdulla Aripov yurolmaydi. Pandemiya davrida Ramatov uni o‘zining mobil mehmonxonasiga aylantirib oldi.”

Karimovga qurilgan maxsus vagonning Toshkentdan Urganchga bo‘m-bo‘sh borib qaytganini tasdiqlagan “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining shaxsi sir qolishini so‘ragan yuqori lavozimli mulozimi¸ Ramatov mobil mehmonxonasining soliq to‘lovchi uchun qanchaga tushganini hisoblab berdi.

Bu shohona eshelonda kamida 30 ga yaqin xizmatchi bordi. Bular maxsus tanlangan chiroyli bortprovodnitsalar¸ vrach va hamshiralar¸ massajchi¸ oshpaz va yordamchilari. Masalan¸ Urganchda Ramatov¸ shu vagonda yeb-ichib¸ shu yerda hokimlar bilan majlis o‘tkazdi¸ shu yerda uxladi. Urganchdagi uch kunlik maishat¸ Temir yo‘llariga 10 ming dollarga tushdi. Sakkizta vagon taqilgan bu eshelonning alohida elektrovoz bilan Urganchgacha borib qaytishi¸ Temir yo‘llariga minimum 15 ming dollarga tushdi. O‘zbekistonda qashshoqlik keskin kuchaygan hozirgi sharoitda Bosh vazir o‘rinbosarining buzilish va qurilishlarning yangi to‘lqiniga start berish uchun birgina Urganchga borib kelishi¸ eng kamtar hisobda davlatga 25 ming dollarga tushdi. Germaniya¸ Shvetsiya¸ Angliyadek boy mamlakat vazirlarining velosipedda isha borib kelishini hamma biladi. Nima uchun O‘zbekistondek yarim aholisi qashshoq mamlakatda Bosh vazirning bitta o‘rinbosari safariga buncha pul sovurilyapti. Maxsus xizmatlar ham¸ prezident ham buni biladi. Lekin Ramatovga hamma narsa¸ negadir¸ mumkin”.

Ozodlik “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatidan Ochilboy Ramatovning viloyatlarga qilgan safari¸ xususan¸ bu safarning soliq to‘lovchiga qanchaga tushgani haqidagi savollarga javob ola olmadi. AJ saytida berilgan raqamlarga kun davomida hech kim javob bermadi”. Iqtibos tugadi. [1].

1. Qonxo’r diktator Islom Karimov “O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat” degan quloqqa yoqadigan shiorni o’rtaga tashlagan edi. Mamlakatning hamma joyida bu shiorni uchratardingiz. Gulnora Karimovaning 15 milliard AQSH dollarida, Lola Karimova-Tillayevaning milliardlab O’zbekistonliklarning pullarini, yer osti, yer usti boyliklarini o’marganliklari, Jasliq kontslageri, inson huquqi himoyachilarini, mustaqil jurnalistlarni, siyosiy faollarni muntazam ta’qib tayziqqa duchor qilgani va hokazo sanoqsiz jinoyatlari O’zbekistonning kelajagi qandayligini aniq tiniq ko’rsatdi.

O’zbekiston Islom Karimov davrida dunyoga millionlab mehnat muhojirlarini eksport qiluvchi, korruptsiya, zo’ravonlik gullab yashnagan, inson huquqlari va erkinliklarini oyoq osti qiluvchi davlatga, mamlakatga aylangan edi.

2. Prezident Shavkat Mirziyoyev esa “O’zbekiston 2050 yilga borib dunyoning 50ta raqobatdosh,demokratik, rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo’shiladi” degan ajoyib shiorni xalqimizga taqdim etdi.

Biroq, Shavkat Mirziyoyevning va’dalari va chiroyli so’zlari qanchalik uning qilayotgan ishlariga to’g’ri keladi.

Trollar fabrikasi, klasterlar, oila va mahalla vazirligi uning qilayotgan ishlari uning chiroyli so’zlariga qanchalik mos tushmasligini ko’rsatadi.

3. Shavkat Mirziyoyevning 4-yil boshqaruvida mamlakatda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q.

4. Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada.

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

1- may, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ramatovning viloyatlarga qilgan “shohona” safari pandemiya davridagi snoslarga start berdi (VIDEO). 23.04.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30572847.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.