O’zbekiston. Tailand. Inson huquqlari. Siyosiy raqobat. (2020).

Spread the love

O’zbekistonlik vatandoshlarning chet ellarda bo’lganlarining ko’plari Rossiya, Hindiston, Latviya (poytaxti Riga) mamlakatlaridan vatanga qayta olmayabdilar.

Quyida Ozodlikning qisqa xabarida Tailandning Pattaya shahridan ( turistlar ko’plab boradigan Tailandning, “Tailand bug’ozi”ning sharqida joylashgan, Bangkokdan 100 km uzoqlikda joylashga. Aholisi 100.000. Atrofidagi shaharchalar bilan umumiy aholi 1.000.000 atrofida) vatanga qayta olmayotgan 250 vatandosh haqida. [1].

Ozodlikning qisqa xabaridan iqtibos:”Tailandda qolgan o’zbekistonlik ayol: “250 kishi uyga qaytishni kutayapmiz”.

Aprel 19, 2020

Barno Anvar/Ozodlik

Tailandning Pattaya shahridan Ozodlikka murojaat qilgan samarqandlik 45 yashar Madina O’zbekistonga qayta olmayotganligini bildirdi.

Uning aytishicha, Tailandda konsullik so’rovi bilan bu davlatda bo’lgan o’zbekistonliklarning ro’yxati tuzilgan.

Aksari ayollar bo’lgan vatandoshlar 20 kundan buyon samolyot kutmoqda, bu orada, puli tugab, yegulik va turar-joydan qiynala boshlagan.

Ayol Ozodlikdagi murojaati orqali Tashqi ishlar vazirligi va boshqa hukumat idoralaridan yordam so’rashini bildirdi”. Iqtibos tugadi. [1].

1. To’g’risi meni 250 o’zbekistonlikning Tailandning Pattaya shahriga turist sifatida bo’lib borgani ajablantirdi. Chunki, Pattayaga turistlar dam olgani, tomosha qilgani borishadi. Yana, Pattaya yengil tabiatli ayollar uchun yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan turistik shahar sifatida dunyoga tanilgan.

Chet elga Haj va Umra ziyoratiga, mehnat muhojiri sifatida va kamroq davolanish uchun chet ellarga, masalan Hindistonga boruvchilar haqida o’zbek ommaviy axborot vositalarida ma’lumotlarni topish mumkin. Biroq, Tailandga, Pattayaga boruvchilar haqida qariyb yo’q hisobi.

2. O’zbekistonliklarning aksariyati Haj, Umra ziyoratlariga, chet ellarda davolanishga, ko’p harajatli to’ylar, ma’rakalarga pullar topayabdi. Lekin, inson huquqlarini himoya qilish uchun, siyosiy raqobat uchun, siyosiy muxolifat yaratish uchun kelganda ularning pullari yetmay qolayabdi.

Demak, o’zbeklarning aksariyatida 21-asr uchun asosiy qadriyat hisoblangan inson huquqlari va erkinliklari asosiy qadriyat sifatida qaralilmaydi.

Natijada, O’zbekistonning qariyb 30 yillik mustaqillik davrida siyosiy raqobat, siyosiy muxolifat shakllanmadi, yaratilmadi.

Yaratilganlari ham qo’g’irchoq partiyalar, uzurpatsiya qilingan muxolifat partiyalari va harakatlaridir.

3. Siyosiy raqobat, siyosiy muxolifat shakllantirish uchun oliy rahbariyatda siyosiy iroda yetishmaydi,vatandoshlarda esa siyosiy bilim, huquqiy bilim va siyosiy faollik, ijtimoiy faollik yetishmaydi.

4. Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q. So’z erkinligi yo’q. Internet erkin emas, tezligi past, qimmat.

5.O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q, siyosiy erkinlik yo’q. O’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada.

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

24- aprel, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Таиландда қолган ўзбекистонлик аёл: “250 киши уйга қайтишни кутаяпмиз”. 19.04.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30564004.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.