O’zbekiston. Pulsizlik koronavirusdanmi yoki korruptsiyadan? (2020).

Spread the love

O’zbekistonda ko’plab vatandoshlarda oziq ovqat, kundalik ehtiyoj tovarlari va hizmatlarni sotib olish uchun pul yo’qligi, bo’lsa ham naqd pul yetishmasligi muammosiga duch kelishyabdi. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Kunligini kunda topadigan oilalar oziq-ovqati tugayotganidan arz qila boshladi

aprel 07, 2020

Mehribon/Ozodlik

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini joriy qilish boshlanganidan buyon o‘tgan qariyb uch hafta yakuniga yetar ekan, ayrim oilalarda oziq-ovqat tugagani to‘g‘risida xabarlar kelmoqda.

Ozodlikka murojaat qilayotganlarning aksariyati kundalik harajati uchun ishlab pul topib kelganlardir va ularning oilasida iqtisodiy muammolar ko‘paymoqda.

Kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kirmaydigan bunday oilalar xayriya oziq-ovqatlaridan ham mahrum qolyapti.

 

Jummi taksist: Ikki bolamni qanday boqaman?

 

Xorazmlik Jumaniyoz kirakashlik ortidan oilasini tebratib kelgan. Karantin sabab taksi haydashni to‘xtatgan 48 yashar Jumaniyoz ro‘zg‘or harajatlariga pul qolmaganidan nolidi:

Asosiy daromadim shu taksichilikdan edi. Hamma meni Jummi taksist deb taniydi. Taksichilik qilib, ro‘zg‘orga kerak narsalarga pul ishlardim. Xotinim bir fermerda ishchi edi. Fermerni yerini olib qo‘yishgach, xotinim ham ishsiz qoldi. Karantin boshlangach, taksilarni to‘xtatib qo‘ydi. Boshida uydagi bor pulga xarajat qildim. Lekin oxirgi bir hafta qiyin bo‘lyapti. Uyda xo‘roz bor edi, majburlikdan shuni sotib, puliga xarajat qildim. “Yotib yeganga tog‘ chidamaydi”, deganday, xo‘rozni ham puli tugadi. Boshim qotgan, buyog‘iga nima qilaman, ikki bolamni qanday boqaman?”

 

Boshpanam bor, lekin yeyishga nonim yo‘q”

 

Samarqandlik 37 yashar Aziz tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatgach, xorijga ishga ketishni rejalashtirgan. Bu rejasi ham amalga oshmagach ishsizlar safiga qo‘shilgan Aziz hozirda oilasini tanishlaridan olingan qarz hisobiga boqyapti:

Tadbirkorlikni to‘xtatgach bor pulimni xorijga ishga jo‘natadigan agentlikka berdim. Agentlik yopilgach, pulim ham ularda qolib ketdi. Karantin payti ular bilan sudlashib ham bo‘lmaydi. Bir tiyin pulsiz o‘tiribman. Uch bolamni boqish uchun tanishlardan qarz olib, xarajat qilyapman. Mendaqalar kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga ham kirmaydi. Yaqinda mendan ham vaziyati og‘ir qo‘shnim uchun xayriya markaziga telefon qildik. Ular kelib, qo‘shnimning uyini videoga olib, “sharoitingiz yaxshi ekan, sizga xayriya bermaymiz” deyishdi. Mening ham boshpanam bor, lekin cho‘ntagimda pulim, yeyishga nonim yo‘qku?! Nimaga buni inobatga olishmayapti?”.

 

G‘amlagan oziq-ovqatimiz tugasa, nima qilamiz?”

 

Surxondaryoning Angor tumani Navshahar mahallasida yashovchi Erkin Gapparov yollanma ishchi sifatida vaqtinchalik ishlarda ishlab oilasini boqadi. Uning aytishicha, narx-navo oshgani sabab, qishloqdagi ayrim oilalar qiynalib qolyapti:

Oziq-ovqat qimmatlab ketdi. Buning ustiga do‘konlarda taqchillik. Qozog‘iston uni 215 ming so‘mga chiqib ketdi. O‘zimizning un yo‘q. Hozir hamma bir amallab turibdi. Karantin boshlanishidan avval odamlar 3-4 haftalik oziq-ovqatni g‘amlab qo‘ygan. Lekin katta ro‘zg‘orlarda g‘amlagan oziq-ovqati tugab bo‘ldi. Bizning, oilamizniki ham tugayapti. Keyin nima qilamiz. Biron joyga chiqib, ishlay olmasak”. Iqtibos tugadi. [1].

1. Dunyoning erkin, demokratik, rivojlangan mamlakatlarida konstitutsiya va qonunlar ishlaydi. Biroq, O’zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyevning avtoritar tuzumi hukm surmoqda.

Irlandiyada va boshqa erkin, demokratik, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolar kim bo’lishidan qat’iy nazar u ishlik bo’ladimi, ishsiz bo’ladimi, nogiron bo’ladimi, pensioner bo’ladimi hech qachon pulsiz qolmaydi. Normal kun kechirish uchun kerakli pul bilan ta’minlanadi.

Puli bor vatandosh kundalik ehtiyoji uchun tovarlar va hizmatlar sotib oladi. Bu bilan u talabni kuchaytiradi, iqtisodning rivojlanishiga sababchi bo’ladi.

2. O’zbekistonda siyosiy raqobat yo’q. Siyosiy muxolifatga yo’l yo’q. Erkin, demokratik saylovlar yo’q. Shu sababli, 2021 yilgi prezidentlik saylovlarida Shavkat Mirziyoyev albatta “g’olib” chiqadi.

3. O’zbekistonda davlat mulki va monopoliyalar hukmron. Prezident Shavkat Mirziyoyev albatta birinchi navbatda tikka hokimiyat haqida qayg’uradi, barcha fuqarolarning, vatandoshlarning ijtimoiy muhofazasi haqida emas.

4. O’zbekistonda mustaqil parlament yo’q. Mustaqil sud tizimi yo’q. So’z erkinligi yo’q.

5. O’rta sinf, fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yo’q. Iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

6. Haqiqatda, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 bilan Ukraina (54,9), Tojikiston (52,2), Turkmanistondan (46,5) oldinda. Biroq, Singapur (89,4), Estoniya (77,7), Qozog’iston (69,6), Qirg’iziston (62,9) Rossiyadan(61,0) ancha orqada.

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 2020 yilda 57,2 ball bilan 2019 yildagi 53,3 ballga nisbatan 3,9 ballga o’sgan. Bu o’sish sarmoyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball), moliyaviy erkinlik bo’yicha 20 ball (2019-yilda 10 ball) va mulk daxlsizligi bo’yicha 59,1 ballga (2019-yilda 49,8 ball) teng.

O’zbekiston 2020-yilda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 57,2 ball va 2019 yilga nisbatan 3,9 ballga oshganiga qaramasdan dunyoning o’rtacha iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan, 61,6 balldan ancha orqada.

Kelajakda bu ko’rsatkich yanada ko’tariladi degan umid bor.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

Transparency International tashkilotining 2020 yilgi hisobotidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 25 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 153-o’rinni egallab turibdi, 87 ball bilan 1-o’rinni egallagan Daniyadan, 74 ball bilan 18-o’rinni Estoniyadan qariyb 50 ballcha orqada va 19 ball bilan 165-o’rinni egallagan Turkmanistondan 6 ball oldinda. Ya’ni, O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi post sovet mamlakatlari orasida eng oxirgi o’rinlarda, faqat Turkmanistondan oldinda. O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan 180 mamlakat qatorida 153 o’rinni egalladi. 2018 yilgi korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan 158 o’rinni egallagan edi.

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 25 ball bilan o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?

Dunyo bo’yicha o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichi 43 ballga teng. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi dunyoning o’rtacha korruptsiya ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, o’ta iqtisodiy qoloqlikdan nisbatan osonroq chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Shavkat Mirziyoyev mamlakat korruptsiya ko’rsatkichini kamida 50 ballga ko’tarishga harakat qilishi kerak. Afsuski, Shavkat Mirziyoyevda bunday intilish yo’q. [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

10- aprel, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kunligini kunda topadigan oilalar oziq-ovqati tugayotganidan arz qila boshladi. 07.04.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30536842.html ).

2. Index of economic freedom. 2020.

(https://www.heritage.org/index/ranking?version=555).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5. Transparency International. 2019 Corruption Perceptions Index. 23.01.2020. (https://www.transparency.org/files/content/pages/2019_CPI_Report_EN.pdf ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.