O’zbekiston. Nega norozilik aktsiyalari samarasiz? (2020).

Spread the love

Prokuratura Xalq qabulxonasiga kirolmagan norozilarni “tartibsizlik uyushtirganlar” deb atadi (VIDEO)

O’zbekistonda vatandoshlarning konstitutsion huquq va erkinliklari hamon oyoq osti qilinyabdi.

Ozodlikdan iqtibos: [1].”Bosh prokuratura 4 martda Vazirlar Mahkamasi oldiga yig‘ilgan norozilarni “tartibsizlik uyushtirgan fuqarolar” deb atadi.

mart 08, 2020

Barno Anvar/Ozodlik

Prokuraturaning 7 mart kungi bayonotida ularning harakatiga “doimiy ravishda Bosh prokuratura, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi va boshqa idoralarda tartibsizliklar uyushtirib kelishmoqda”, deb izoh berilgan.

4 mart kunidan boshlab, Vazirlar Mahkamasi va prezident Xalq qabulxonasi oldida yig‘ilgan qariyb 60 kishilik guruh haqida Ozodlik 6 mart kuni xabar qilgan.

Guruhda Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida yashovchilar borligi aytilgan.

Bayonot

Bosh prokuratura 7 mart kuni tarqatgan bayonotida bu fuqarolar prokuratura rahbariyati tomonidan bir necha marotada qabul qilingani aytilgan:

“Joriy yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev tomonidan videokonferensiya aloqa orqali 19 nafar fuqarolarning qabuli o‘tkazilgan bo‘lsada, 2020 yil 6 mart kuni G.K., X.E., G.X., D.D. va boshqa bir guruh ayollar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosiga kirib, janjal uyushtirib, Bosh prokuror qabul qilishini so‘ragan. Bosh prokuror xizmat safarida bo‘lganligi sababli ushbu fuqarolar Bosh prokurorning 1-o‘rinbosari A.Xolmaxmatov tomonidan qabul qilingan”.

Shuningdek bu bayonotda, bu fuqarolarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgani va yozma javob xatlari berilgani ta’kidlangan.

“Mazkur fuqarolar doimiy ravishda Bosh prokuratura, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi va boshqa idoralarda tartibsizliklar uyushtirib, noqonuniy talablari bilan e’tiborni o‘zlariga jalb qilib kelishmoqda”, deyiladi bayonotda jumladan.

Vazirlar Mahkamasi va prezident Xalq qabulxonasi oldida ikki kun ketma-ket yig‘ilganlar o‘z izdihomni “norozilik namoyishi” deb atagan.

Vazirlar Mahkamasi oldida 4 mart kungi tinch namoyishda qatnashganlardan biri Ozodlikka yuborgan videoda o‘nlab odam qabulga kirishni talab qilayotgani, ammo ularni Milliy gvardiya xodimlari ichkariga kiritmayotganini ko‘rish mumkin.

Videodagi ayollar “Biz 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida qabulga keldik. Naxotki, hech bo‘lmaganda bayram hurmati uchun bizlarni qabul qilishmasa?!” deb savol qo‘yadilar Milliy gvardiya xodimlariga.

Ammo Milliy gvardiya zobiti ayollarning bu savoliga javob bermaydi.

Bundan tashqari, norozilar orasida bo‘lgan jizzaxlik erkaklardan biri ismini aytmasligimiz sharti bilan ichki ishlar bo‘limida bo‘lgani va u yerda kaltaklanganini iddao qilgan edi.

Ismini sir tutgan bu odamning iddaosini isbotlovchi dalil-isbot yoki hujjat Ozodlikka taqdim qilinmagan edi.

6 mart kuni Toshkent IIBB izohsiz qoldirgan bu iddaolar xususida, Bosh prokuratura bayonotida ham biror ma’lumot yo‘q”. Iqtibos tugadi.

1. O’zbekiston hokimiyati o’ta korruptsiyalashgan, zo’ravon, inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilmaydi. Mamlakatda konstitutsiya va qonunlar ustivorligi ta’minlanmagan.

2. O’zbekiston vatandoshlari kuchli inson huquqlarini himoya qila oluvchi tashkilot yarata olmadi. Amnesty International, FIDH, HRW, Frontline kabi tashkilotlarda 3,6,11,15 yilda yangi rahbar saylanadi, rahbar yangilanadi. O’zbekistonda faoliyat yurituvchi inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi tashkilotlarda esa rahbarlik uzurpatsiya qilingan, rahbarlar yangilanmaydi.

3. Kuchli siyosiy kuchga ega bo’lgan muxolif harakat yoki partiya yaratilmadi. Yaratilganlari ham siyosiy kuchga ega emas, uzurpatsiya qilingan.

O’zbekiston vatandoshlarining aksariyatida iqtisodiy erkinliklar, siyosiy erkinliklar uchun kurashish kerak degan tushunchaning o’zi ham yo’q. Bu katta muammo. Vatandoshlarning aksariyati din va katta xarajatli to’y, ma’rosimlar iskanjasida.

4. Ommaviy tinch norozilik namoyishlari shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy talablar bilan chegaralanib qolgan, siyosiy talablar darajasiga chiqa olmadi.

5. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi tashkilotlarni, muxolifat harakat, partiyalarni ro’yhatga olishni talab qilib minglab, yuz minglab, millionlab namoyishchilar qatnashgan tinch norozilik namoyishlari uyushtirilmadi. So’z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi, internet erkinligi, qiynoqlarga barham berish, majburiy mehnatga chek qo’yish va hokazo talab bilan ommaviy tinch norozilik namoyishlari uyushtirilmadi.

Yuqidagi sabablarga ko’ra, tikka (vertikal) hokimiyat hanuz saqlanib qolmoqda. Mamlakatda korruptsiya, zo’ravonlik gullab yashnamoqda.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan. [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

13-mart, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Prokuratura Xalq qabulxonasiga kirolmagan norozilarni “tartibsizlik uyushtirganlar” deb atadi (VIDEO). 08.03.2020. (https://www.ozodlik.org/a/30476335.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.