O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Bema’nilikning chegarasi bormi? (2020).

Spread the love

O’zbekistonda ro’y berayotgan bema’niliklardan (absurd) xabardor bo’lib, nahotki bema’nilikning chegarasi bo’lmasa deb yuborasiz.

Ozodlikdan iqtibos: [1]. “Ota-ona va o‘qituvchilar: Olmaliq hokimligi maktablarga bozor narxidan 5 baravar qimmatga ko‘chat sotmoqda!

febral 25, 2020

Hurmat Bobojon/Ozodlik

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ota-onalari maktablarni obodonlashtirish uchun archa va mevali ko‘chat sotib olishga majburlanmoqda.

Olmaliqdagi ayrim maktab rahbarlari Ozodlik bilan suhbatda ko‘chat sotib olish va buning uchun ota-onalardan pul yig‘ish shahar hokimligi va Xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari buyrug‘i bilan borayotganini bildirdi.

Ozodlikning bu ma’lumotga izoh so‘rab qilgan murojaatiga Olmaliq shahar hokimligi va Xalq ta’limi bo‘limi rasmiylari javob bermadi.

Ikki farzandi Olmaliq shahridagi 2-sonli maktabda o‘qiydigan ota-onalardan biri Ozodlikka archa uchun har bir o‘quvchiga 5 ming so‘mdan o‘lpon solinganini aytdi.

– Har bir sinfga 5 donadan archa, 5 donadan mevali ko‘chat, 2 donadan sadaqayrag‘ochdan soliq solinmoqda. Har bir o‘quvchi 5 ming so‘mdan olib kelishi kerak ekan. Bolalarimiz pul so‘rab holu jonimizga qo‘yishmayapti. Kecha kinoga deb 2500 so‘mdan zam. direktor pul yiqqan. Endi ko‘chat uchun, deyapti. Har hafta nimagadir pul olishadi. Bularni nazorat qiladigan tashkilot bormi? Biz ota-onalarga yordam bering, ota-onalarning tinkasiini quritayapti bu yig‘a-yig‘lar, – deydi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan onalardan biri.

Mavzuni o‘rganish jarayonida Ozodlik Olmaliqdagi qator maktab direktori va muallimlari bilan gaplashdi va suhbatlar davomida ko‘chat uchun pul yig‘ishning faqat 2-son maktab emas, balki butun shahar maktablarida bo‘layotganini aniqladi.

Ozodlik bog‘langan ta’lim mutasaddilari, maktablarni obodonlashtirish uchun ko‘chat ekish tadbirining shahar hokimligi va xalq ta’limi bo‘limi buyrug‘i bilan boshlanganini ta’kidladi.

Ota-onalar esa¸ ko‘chatlarning faqat shahar hokimligining o‘zidan bir necha baravar qimmatga olish majburiyligini qo‘shimcha qildi.

– Bozorda 5 ming so‘m turadigan ko‘chatni bular 25-30 ming so‘mdan oldirayapti. Har bir sinfga beshta ko‘chat olish aytilgan. Unaqa- bunaqa ko‘chat bo‘lmas ekan, faqat hokimlik ajratgan ko‘chatni sotib olish kerak ekan. Har bir bola 5 ming so‘mdan olib kelishi shart deyilayapti. Bizning maktabda ixtiyoriy, degan narsa yo‘q. Ixtiyoriy deb aytilsa ham shunga majbur bo‘ladi, ota-ona. Chunki, “nega pul olib kelmading?”, deb tengdoshlari oldida farzandlari izza qilinishini hech kim istamaydi. So‘ralayotgan bu pullar kimlar uchundir arzimasdir, lekin uch-to‘rttadan farzandi borlar uchun katta pul, – deydi farzandlari Olmaliqdagi 3-sonli maktabda o‘qiydigan ota-onalardan biri.

Olmaliq tumanidagi maktablarga hokimlik bosimi ostida majburan o‘tkazilayotgan archa ko‘chatlarini aynan qaysi agrofirma sotayotganiga oid ma’lumot Ozodlikda hozircha yo‘q”. Iqtibos tugadi.

1. Nega prokuratura jinoiy ish ochmayabdi? Nega ota onalar va o’qituvchilar prokuratura va xalq qabulxonalariga shikoyat bilan murojaat qilmayabdi?

2. Nega xalq ta’lim vaziri va tuman hokimi ochiqdan ochiq, qo’rqmasdan korruptsiya bilan shug’ullanayabdi? Nahotki, O’zbekistonda korruptsiya gullab yashnayotganidan prezident Shavkat Mirziyoyevning xabari bo’lmasa?

3. 2019 yilda blok postlar qaytadan ochildi. Trollar fabrikasi ishga tushdi. Muxolifatga yo’l yo’q. O’zbekiston vatandoshlarining asosiy erkinliklari cheklangan.

4. Mamlakatda davlat mulki, monopoliyalar hukmron. Shavkat Mirziyoyevning klasterlari fermerlarning va ularning ishchilarining huquq va erkinliklarini oyoq osti qilishda davom etmoqda.

5. O’rta sinf, fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Hanuzgacha mustaqil sud tizimi, mustaqil parlament yo’q. Muxolifatga yo’l yo’q. Muxolifat partiya va harakatlar uzurpatsiya qilingan. Mamlakatda 5 ta qo’g’irchoq partiyalar faoliyat ko’rsatyabdi. So’z erkinligi yo’q.

Yuqorida keltirilgan inson huquqlarini va erkinliklarini oyoq osti qilinishlaridan ko’rinib turibdiki, Shavkat Mirziyoyev boshqaruvining 4-yilida bo’layotgan bema’niliklar bu rejim uchun tabiiydir.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan. [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

28fevral, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ota-ona va o‘qituvchilar: Olmaliq hokimligi maktablarga bozor narxidan 5 baravar qimmatga ko‘chat sotmoqda! 25.02.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30453720.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.