O’zbekiston. So’z erkinligi bo’yicha nayranglar qachongacha davom etadi?! (2020).

Spread the love

O’zbekiston mustaqilligining qariyb 30 yilligi davomida men uchun eng kutilmagan nayrang bo’lib o’tdi. [1].

Ozodlikdan iqtibos:”Tuman hokimi o‘rinbosariga tenglashtirilgan matbuot kotiblari oyliksiz ishlamoqda

fevral 07, 2020

Shuhrat Bobojon/Ozodlik

Respublikadagi ayrim tuman va shahar hokimliklari hamda qator tashkilotlar matbuot kotiblari ishga tayinlangan kundan beri rasman maosh olmayapti.

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil, 27 iyundagi qarori bilan tuman (shahar) hokim o‘rinbosari maqomi berilgan matbuot kotiblari ishga kirgan vaqtiga qarab, ba’zilari 3-4, boshqalari 6-7 oydan beri ish haqisiz ishlayapti.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mulozimi bu holatni tan oldi va axborot xizmatlari rahbarlariga haq to‘lash viloyatlar moliya boshqarmalari darajasida hal qilinishi rejalashtirilganini aytdi.

Respublikaning to‘rt tuman hokimliklarining Ozodlik gaplashgan matbuot kotiblari “ishga tayinlanganidan beri umuman oylik olmayotganini” aytishdi.

Ikki matbuot kotibi esa, matbuotga aloqasi bo‘lmagan texnik shtat hisobidan oylik olayotganini aytdi.

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366 sonli qarori asosida “davlat organi axborot xizmati rahbari” degan lavozim ta’sis qilinib, uning maqomi “rahbar o‘rinbosariga” tenglashtirilgan edi.

Qaror davlat tashkilotlari¸ tuman va shahar hokimliklarida shtat birliklarini ta’sis qilish¸ kotiblarni texnik yordamchi¸ xizmat avtomobili va haydovchi bilan ta’minlashni nazarda tutadi.

O‘zbekiston prezidenti imzolagan qarorda bu maqsadlarni moliyalash uchun Moliya vazirligi zimmasiga bu maqsadlar uchun 20 milliard so‘m ajratish yuklangan.

Bu qaror ortidan mamlakatdagi 150 dan ziyod tuman va 10 dan ortiq shahar hokimliklarida hamda tashkilotlarda Axborot xizmati rahbari sifatida yuzlab kishi vazifaga tayinlangan. Ammo Ozodlik suhbatlashgan to‘rt nafar matbuot kotibining aytishicha, tayinlanganlarning lavozimi tashkilot shtat jadvalida rasman qayd qilinmagan va binobarin ularga maosh to‘lanmagan. Suhbatdoshlar bu masalaning “ijobiy yechimidan” umidvor bo‘lib kelishgan.

Joriy yilning 29 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi. Bu esa o‘z navbatida oyliksiz ishlayotgan matbuot kotiblari havotiriga sabab bo‘ldi.

Matbuot kotiblarining Ozodlikka aytishicha, ular maoshlarini “Prezidentning qizi olib beradi”, deb ishonib yurishgan. Ozodlik 1 fevraldan 7 fevralga qadar kamida besh nafar oylik olmayotgan matbuot kotibidan shikoyat maktubi oldi”. Iqtibos tugadi.

1. Men O’zbekiston mustaqilligining qariyb 30 yilligi davomida hokim o’rinbosarlarining maoshsiz ishlaganlaridan birinchi marta xabardor bo’ldim.

Nahotki shu voqea prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvida ro’y berdi?!

2. Lekin, 2019 yilda va 2020 yilning boshida “so’z erkinligi” bilan bog’liq voqealarni eslasak hammasi oydinlashadi, tushuniladi. Minbar.uz, togri.uz veb saytlari hokimiyat bosimlari ostida yopildi, Davlatnazar Ro’zmetov avtohalokatda halok bo’ldi, ungacha u 2 yil davomida mahalliy kuch ishlatar tizimlari tomonidan doimiy ta’qib va tayziqlarga uchrab kelgan. Blogger Nafosat Ollohshukurova avval 10 sutkaga sohta ayblar bilan qamaldi. Qamoqdaligida yana vrachlar komissiyasining sohta xulosasi va sudning hukmi bilan ruhiy xastaliklar shifoxonasida majburan 3 oycha “davolandi”.

Yani, soppa sog’ Nafosat Ollohshukurovaga nisbatan SSSR davrida, diktator Islom Karimov davrida qo’llanilgan jazolovchi psihiatriya ishlatildi.

Blogger Otabek Nuriddinov Asaka tumani byudjetidagi pullar nimalarga sarflangani uchun qiziqqani uchun soxta to’hmat, haqorat, mayda bezorilik ayblari bilan 14 sutkaga qamaldi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilinishi va ularning fuqaroviy jamiyat sektorida bundan keyin faoliyat olib borishlari bu prezident tomonidan o’yin qoidalarining o’zgartirilishidir.

Parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar “oshkoralik va so’z erkinligi” shiori ostida bo’lib o’tdi. Endi o’yin qoidalari o’zgartirildi.

4. Prezident Shavkat Mirziyoyev o’rta sinf va fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratmayabdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvining 4 yilligi boshlanganiga qaramay hanuzgacha mustaqil sud tizimi yoq, mustaqil parlament yo’q.

5. O’zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlari bilan boshqarilyabdi. Konstitutsiya va qonunlar ishlamayabdi.

Qisqasi, prezident Shavkat Mirziyoyev o’rta sinf, fuqaroviy jamiyat shakllanishiu uchun sharoit yaratmoqchi emas. Mustaqil parlament, mustaqil sud tizimi, so’z erkinligiga, 4-hokimiyat shakllanishiga yo’l bermoqchi emas.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan. [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

14fevral, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Tuman hokimi o‘rinbosariga tenglashtirilgan matbuot kotiblari oyliksiz ishlamoqda. 07.02.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30422950.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.