O’zbekiston. Daromadlarni dekleratsiya qilish tizimi korruptsiyani yenga oladimi? (2020).

Spread the love

Korruptsiya gullab yashnayotgan O’zbekiston uchun har qanday korruptsiyani jilovlashga harakat ijobiy baholanadi.

Ozodlikdan iqtibos: “Adliya vaziri daromadlarni dekleratsiya tizimi yaratilayotganini bildirdi. (Адлия вазири даромадларни декларациялаш тизими яратилаётганини билдирди).

Fevral 04, 2020

3 febral kuni Adliya vaziri Ruslan Davletov jurnalistlar bilan uchrashuvda daromadlarni dekleratsiya tizimini joriy qilish loyohasi ustida ish olib borayotganini bildirdi.

Davletov loyihani nazorat qilayotgan yuqori lavozimdagi rasmiylarga daromadlarni dekleratsiyalashni aynan uning tashkilotidan boshlashini taklif qilganini aytdi.

Biroq vazirga ko’ra, daromadlarni dekleratsiya qilish tizimi qachondan boshlab joriy qilinishi hozircha noma’lum.

Daromadlar bilan birga xarajatlar miqdori ham dekleratsiya qilinishi kerak. Bir vaqtda xarajat va daromadlar dekleratsiya qilinishi asosiy farqni ko’rsatadi. Shuning uchun daromadlar dekleratsiyasini joriy etishda asosiy urg’u xarajatlar miqdoriga qaratilishi kerak”, dedi Adliya vaziri.

O’zbekistonda dekleratsiya atrofidagi ilk gap-so’zlar 2017 yilda paydo bo’lgandi. Loyihada davlat xizmatida lavozimni egallagan(“kichik mutaxassis” toifasidan tashqari) davlat xizmatchilari har yili mulki, daromadlari va xarajatlari, shuningdek, o’z oila a’zolarining mulki, daromad va xarajatlari haqidagi dekleratsiyani taqdim etishlari lozimligi aytilgandi”. Iqtibos tugadi.

1. O’zbekistonda daromadlarni dekleratsiya qilish tizimi yaratilayotganini men ijobiy baholayman.

2. Lekin,O’zbekistonda fuqaroviy jamiyat juda kuchsiz. Shu sababli qonunlar faqat amaldorlar, hokimiyatdagilar uchun ishlaydi.

3. Biroq, mamlakatda baquvvat o’rta sinf shakllanmagan. Mamlakatda davlat mulki va monopoliyalar hukmron.

4. Ammo, hanuzgacha mustaqil sud tizimi shakllanmagan. Amaldorlar vatandoshlarning huquq va erkinliklarini oyoq osti qilsalar sud orqali adolatni tiklab bo’lmaydi.

5. Mustaqil parlament yo’q. Muxolifatga yo’l yo’q. So’z erkinligi yo’q. Tinch norozilik namoyishlari o’tkazish erkinligi yo’q.

Shu sabablarga ko’ra, daromadlarni dekleratsiya qilish tizimi O’zbekistonda yumshoq qilib aytganda samara bermaydi.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi, monopoliyalar hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi. O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan. [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

7fevral, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Адлия вазири даромадларни декларациялаш тизими яратилаётганини билдирди. 04.02.2020. (https://www.ozodlik.org/a/30416538.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.