O’zbekiston. Nega Shavkat Mirziyoyev Nafosat Ollohshukurova bo’yicha jim? (2020).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvining 4-yili boshlarigacha davlat boshqaruvini va sud huquq tizimini qanchalik modernazatsiyalashtirgani jurnalist, blogger Nafosat (Shabnam) Ollohshukurovaga nisbatan bo’lgan munosabat yaqqol ko’rsatadi. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “O‘tgan oy ruhiy kasalxonadan chiqarilgan Nafosat (Shabnam) Olloshukurova 18 yanvar kuni O‘zbekistondan chiqib ketdi.

Olloshukurova o‘zini qayta ruhiy kasalxonaga tashlashlaridan qo‘rqib vatanni tark etish va xorij davlatidan qochqinlik so‘rashga qaror qilgan.

Shabnam Ozodlik bilan suhbatda Xorazmdagi qamoqxonada payti xorijdagi muxolifat yetakchilaridan biri Muhammad Solihga qarshi ko‘rsatma olish maqsadida o‘zini qiynashganini iddao qildi.

Ozodlik bilan suhbatda bloger xususan¸ o‘zini qip-yalang‘och qilib, yechintirib, sochidan sudrab urishganini hikoya qildi.

Hozircha Shabnam Olloshukurova iddaolari bo‘yicha huquq-tartibot idoralaridan izoh olish imkoni bo‘lmadi.

“Yana ruhiy kasalxonaga tashlashlaridan qo‘rqdim”

Shabnam Olloshukurova Ozodlik bilan 20 yanvar kungi suhbat chog‘ida o‘zini yana ruhiy kasalxonaga tashlashlaridan qo‘rqib, O‘zbekistonni tark etganini aytdi:

– Meni uch marta ruhshunoslar so‘rab keldi. Uyda bo‘lmaganim uchun ular meni olib keta olishmadi. Ular “sog‘ligini tekshirmoqchimiz”, degan bahona bilan kelishdi. Lekin kechki soat 6 da kelishadimi, sog‘ligimni tekshirish uchun? Men qo‘rqqanim uchun O‘zbekistondan chiqib ketdim.

“Yalang‘och qilib, yechintirib, sochimdan sudrashdi”

Shabnam Olloshukurova Ozodlik bilan suhbatda o‘z qo‘rquviga asos bo‘lgan voqealar¸ xususan¸ shu paytgacha sir saqlab kelgan Xorazm IIBsi hibsxonasida qo‘llanilgan qiynoqlar haqida gapirdi.

– Mahmud Rajabning ko‘chaga chiqishida Muhammad Solih va Do‘stnazar Xudoynazarlarning qo‘li borligi, ular yurtda to‘ntarish qilishmoqchi bo‘lishayotgani to‘g‘risida ko‘rsatma berishimni so‘rashdi. Men ularga bunga Muhammad Solihning aloqasi yo‘q, qanday bunday ko‘rsatma beraman¸ dedim. Ular “Biz senga qanday ko‘rsatma berishni o‘zimiz aytamiz” deyishdi. Rozi bo‘lmaganim uchun menga nisbatan kuch qo‘llashdi. Birinchi kuni baqirib, qo‘rqitib, tahdid qilishdi. “Butilka tiqaman”¸ deyishdi. Ikkinchi sutkada avvaliga kaltaklashdi. Sochimdan sudrab, qornimga urishdi. Uchinchi sutkada yechintirishdi. Hammasi erkaklar edi. Muhammad Solihga qarshi ko‘rsatma berishimni talab qilishdi. Men rozi bo‘lmadim. Keyin ruhiy kasalxonaga tashlashdi.

“Qiynoqlarni oshkor qilsam, haqiqiy jinni qilib qo‘yishlarini aytishdi”

Shabnamning aytishicha, undan qamoqxonadagi qiynoqlarni oshkor qilmaslik talab qilingan:

– Birinchidan¸ blogerlik faoliyatimni butunlay to‘xtatishimni talab qilishdi. Ikkinchidan, qamoqxonada bo‘lgan gaplarni oshkor qilsam, meni haqiqatan jinni qilib qo‘yishlarini aytishdi. Bu gaplarni O‘zbekiston ichkarisida aytishga qo‘rqqandim”. Iqtibos tugadi.

Shavkat Mirziyoyev rejimining Nafosat Ollohshukurovaga nisbatan ta’qib va tayziqlaridan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

1. O’zbekistonda so’z erkinligi yo’q. Nafosat Ollohshukurova, Otabek Nuriddinovga nisbatan ta’qib va tayziqlar, Davlatnazar Ro’zmetov o’limi, munbar.uz, togri.uz veb saytlarining yopilishi buning yaqqol isbotidir.

2. O’zbekistonda tinch norozilik namoyishi o’tkazish erkinligi huquqi mamlakat konstitutsiyasida kafolatlangan bo’lsada, amalda norozilik namoyishlari o’tkazilishiga iloji boricha to’sqinlik qilinadi. Norozilik namoyishi tashkilotchilari, qatnashchilari turli ta’qib, tayziqlarga duchor bo’ladilar.

3. Jazolovchi psihiatriya SSSR davrida dissidentlarga va boshqa fikrlovchilarga nisbatan keng qo’llanilgan edi. Bu amaliyot diktator Islom Karimovning 27 yillik boshqaruvi davrida ham qo’llanilgan edi, prezident Shavkat Mirziyoyev ham jazolovchi psihiatriyani qo’llashni davom ettiryabdi.

4. O’zbekistonda mustaqil sud tizimi yo’q. Prezident sud, huquq tartibot tizimini modernizatsiya qilishni va’da berganiga qaramay soppa sog’ Nafosat Ollohshukurova, Otabek Nuriddinovlar sud tizimining ta’qib, tayziqlariga duchor bo’ldi.

5. Mamlakatda fuqaroviy jamiyatni oyoqqa turib olishiga yo’l berilmayabdi. Asosiy erkinliklar yo’q. 2019 yilda blok postlar qaytadan ochildi, trollar fabrikasi o’z faoliyatini boshladi.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

24yanvar, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekistonni tark etgan bloger Shabnam o‘zining qiynoqqa solinganini iddao qildi (AUDIO). 20.01.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30387403.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197

Leave a Reply

Your email address will not be published.