O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev, Gulnora Karimova, korruptsiya. (2020).

Spread the love

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshqaruvining 4-yil boshida Gulnora Karimovaning korruptsion jinoyatlari bo’yicha yopiq sud boshlandi.

O’zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatining xabar qilishicha Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar sudida 8 yanvar kuni avvalgi prezidentning to’ng’ich qizi Gulnora Karimova va boshqa shaxslarga nisbatan galdagi jinoyat ishi bo’yicha mahkama boshlangan. Sud yopiq tarzda o’tmoqda.

Quyidagi Ozodlikning xabari: [1].

Bosh prokuratura Karimova uyidan chiqqan boyliklar musodara etilganini bildirdi.

январ 12, 2020

O‘zbekistonning avvalgi prezidenti to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning Toshkentdagi yashash manzillarida 985 turdagi tarixiy madaniy va badiiy ahamiyatga ega qimmatliklar deb topilgan hamda umumiy qiymati 12,7 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan san’at asarlari aniqlangan va musodara qilingan.

Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 11 yanvar kuni ma’lum qildi.

Bosh prokuratura bayonotida aytilishicha, Karimovaning uyidan topilgan va xatlangan ashyolar orasida san’at asarlari, kartina, so‘zana, milliy taqinchoqlar, sopol, yog‘ochdan ishlangan milliy hunarmandchilik asarlari va hokazolar bor.

“Kartinalar va san’at asarlari sud hukmiga ko‘ra davlat egaligiga o‘tkazilib, O‘zbekiston amaliy san’ati va hunarmandchilik tarixi Davlat muzeyi, Farg‘ona viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi, Andijon viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi, Chirchiq shahar tarix muzeylariga topshirilgan”, – deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Avvalroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jinoiy uyushma tarkibida tovlamachilik, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish va chet el davlatlarda jinoiy daromadlarini legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etgan G. Karimova va boshqalarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlangani, ish sudga oshirilgani haqida ma’lum qilgandi.

Bosh prokuratura bayonotida aytilishicha, ayni paytda tegishli soha idoralari ishtirokida Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Latviya va boshqa davlatlar vakolatli idoralari bilan hamkorlikda Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan aktivlarni qaytarish masalasida ish olib borilmoqda.​

“Shveysariya federal prokuraturasi bilan hamkorlikda ekspertlarni jalb qilingan holda G.Karimovaning Jeneva shahrida joylashgan villasida o‘tkazilgan tintuv vaqtida aniqlangan va xatlangan 70 turdagi san’at ashyolari (kartinalar, amaliy san’at va hunarmandchilik asarlari va hokazolar)ning milliy boylikka taalluqliligini aniqlash hamda ularning O‘zbekistonga qaytarilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, – deyilgan Bosh prokuratura bayonotida.

Bosh prokuraturaning o‘tgan yil 6 dekabridagi bayonotida tergov tomonidan G. Karimova fuqarolar va turli kompaniyalar egalariga bosim o‘tkazish va qo‘rqitish yo‘llari orqali ularning mulklarini o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgani aniqlangani bildirilgan.

Mazkur tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zararning miqdori 165 mln. AQSh dollari va 85 mlrd. so‘mdan ko‘proqni tashkil qildi. G. Karimovaga Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan tovlamachilik, talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish va jinoiy uyushmani tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlarini sodir etganligi bo‘yicha yangi ayblov e’lon qilindi”, deyilgandi Bosh prokuratura xabarnomasida”. Ozodlik xabari tugadi.

1. Sud ochiq bo’lishini prezident Shavkat Mirziyoyev ta’minlashi kerak edi. Sud jarayoni inson huquqi himoyachilari, jurnalistlar, bloggerlar tomonidan O’zbekiston jamoatchiligiga yoritilishi kerak edi. Lekin, bunday bo’lmayabdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilikning ko’p korruptsion sirlardan xabardor bo’lib qolishini xohlamaydi. Sababi, Shavkat Mirziyoyev diktator Islom Karimov mamlakatni boshqargan davrlarda tuman hokimi, viloyat hokimi va 13 yil Bosh vazir lavozimlarida ishlagan edi.

2. Transparency International tashkilotining 2019yilgi hisoboti bo’yicha O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi hanuz juda past, 23 ballga teng. Bu degani mamlakatda korruptsiya gullab yashnayabdi.

O’zbekistonda Transparency International tashkilotining bo’limi ochilmagan. Qirg’iziston va Qozog’istonda esa ochilgan.

3. Mamlakatda kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun sharoit yaratilmayabdi. Tashkilotlarga uyshish erkinligiga, tinch norozilik namoyishlari o’tkazish erkinligiga, erkin harakatlanish huquqiga, e’tiqod erkinligiga yo’l berilmayabdi. Diktator Islom Karimov davridagi blok postlar o’tgan yilning noyabr, dekabr oylarida qaytadan ochildi. Trollar fabrikasi 2019 yildan faoliyatini boshladi.

4. Mamlakatda baquvvat o’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Davlat mulki, monopoliyalar hukmronligi saqlanib qolmoqda. Sog’lom raqobat muhiti yoq.

Klasterlar tizimi fermerlarning, ishchilarning huquqlarini, erkinliklarini oyoq osti qilmoqda.

5. Mustaqil sud tizimi yo’q. Mustaqil parlament yo’q. Muxolifatga yo’l berilmayabdi. Siyosiy raqobat yo’q. Erkin, demokratik saylovlar o’tkazish uchun zarur bo’lgan baquvvat o’rta sinf yo’q, kuchli fuqaroviy jamiyat yo’q.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

17yanvar, 2020-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bosh prokuratura Karimova uyidan chiqqan boyliklar musodara etilganini bildirdi. 12.01.2020. ( https://www.ozodlik.org/a/30372107.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197

Leave a Reply

Your email address will not be published.