O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyevning klasterlari va trollar fabrikasi. (2019).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yildan beri qishloq xo’jaligida, paxta va bug’doy yetishtiradigan fermerlar bilan islohot sifatida amalga oshirayotgan klaster tizimini Ozodlikdan keltirilgan quyidagi 2 iqtibos juda aniq ifodalaydi. [1].

Ozodlikdan iqtibos: ”Klaster shartnoma bo’yicha yetishtiriladigan hosil qiymatining 60 foizini bo’nak sifatida 1 sentyabrgacha to’lashi shart edi.

Ammo, Ulug’nor tumanidagi “Mamajon buva” fermer xo’jaligi rahbari 37 yashar Shamsiddin Mirzakarimovning aytishicha, klaster 60 foizning faqat 20 foizini yonilg’i va mineral o’g’it sifatida to’lagan.

-Bor yo’g’i 20 foizini, uni ham naqd pul bilan emas, qimmat narxdagi dori berishdi. Bug’doydan tushgan pulga, paxtani qaradim. Yonimdan 50 million so’m bankka topshirib, ishchilarimga ikki oylik maosh qilib berdim.

Zararkunandalarga qarshi zahar dorilari juda qimmat bo’lgani uchun olmadim, texnika xarajatlarimni ham bermadi. Shu 60 foizning taqriban 10 foizi ish haqimiz bo’lsa, shuni ham juda oz berdi”. Iqtibos tugadi. [1].

Ozodlikning shu maqolasidan yana iqtibos:”Manzilsiz, idorasiz “arvoh” klaster.

Fermerning aytishicha, klaster korxonasi manzili qayerda ekanligini hech kim bilmaydi:

Topib so’raylik desak, bu klasterning na idorasi bor, na bir manzili.Barcha topshiriqlar hokimlik orqali bajariladi. Hokimlikdan so’rasak, ular ham yelka qisishadi. Adresini beringlar desak, o’zimiz ham bilmaymiz, deyishadi. Bu klaster arvohga o’xshaydi, ko’zga ko’rinmaydi”. Iqtibos tugadi. [1].

1. Klaster tizimi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan doimo maqtalgani uchun yuqoridagi paydo bo’lgan ko’p savollarni prezidentdan so’rash kerak. Klasterning yuridik manzili qayerda? Mas’ul shaxs kim? Klaster qanday qonunga binoan faoliyat ko’rsatadi? Nega klaster faoliyatida oshkoralik yo’q?

2. 2019-yilda trollar fabrikasi o’z faoliyatini boshladi. Trollar fabrikasi Rossiyada bor edi. Trollar fabrikasini O’zbekistonga kim olib keldi? Trollar fabrikasida qancha kishi ishlaydi? Ular qancha maosh oladi? Ular kimga hisobot beradi?

Lekin, shunisi aniqki, trollar fabrikasi erkin fikrlovchilarga, O’zbekiston hokimiyatini ochiq, oshkora tanqid qiluvchilarga, muxolifatga qarshi faoliyat olib borayabdi. Asosiy ish yuritish uslubi shaxsiyatga tegovchi izohlar yozish, haqorat qilish. Erkin bahslashishga, fikr almashishga halaqit berish, yo’l qo’ymaslik.

3. Diktator Islom Karimov davridagi blok postlarning qayta ochilishi, prezident Shavkat Mirziyoyevning 4 qizil chiziqlari:siyosiy raqobatga, siyosiy muxolifatga, so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalariga erkinlik, tinch norozilik namoyishlari o’tkazish erkinligi huquqiga, e’tiqod erkinligiga, o’z fikrini erkin ifodalash huquqiga yo’l bermasligi bilan, O’zbekistonda fuqaroviy jamiyatning shakllanishiga yo’l qo’ymaslik.

|Bularga yana klaster va trollar fabrikasini qo’shsak ahvol yanada ayanchligiga amin bo’lamiz.

4. O’zbekiston 2019 yilda $4,4 milliard oltin sotibdi. Bu milliardlab AQSH dollari qayerga sarflandi? Svet, gaz, metan gazi taqchilligi muammolarini hal qilish uchunmi? Post sovet mamlakatlari ichida internet tezligi eng past bo’lgan muammoni yechish uchunmi? Buzilgan uylarga tovon puli to’lash uchunmi? Klasterlardan 2 yillab pulini olaolmayotgan fermerlargami?

10 milliardlarcha AQSH dollarida olingan qarzlar qayerlarga sarflandi yoki sovurildi? Millionlab vatandoshlarimiz Rossiya, Qozog’iston va butun dunyo bo’ylab mardikor bo’lib, ish izlab yurganda.

5. Yuqoridagi ko’pchilikni qiynayotgan savollarga faqatgina prezident Shavkat Mirziyoyevgina javob berishi mumkin. Biroq, muammo shundaki prezident shu paytgacha biron marta jurnalistlar bilan uchrashib ularning savollariga javob bermadi!!!

Mamlakatda na iqtisodiy, na siyosiy erkinlik bor. O’rta sinf, fuqaroviy jamiyat oyoqqa turib olishi uchun hech qanday sharoit yaratilgani yo’q.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziytoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

27-dekabr, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Fermerlar: Mirziyoyev joriy qilgan klaster tizimi o’zini oqlamayapti! Фермерлар: Мирзиëев жорий қилган кластер тизими ўзини оқламаяпти! 13.12.2019.(https://www.ozodlik.org/a/uzbekiston-klaster-fermer/30323977.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197

Leave a Reply

Your email address will not be published.