…noqonuniy ushlab turilgan 29 o’zbek qochqini taqdiriga…

Spread the love

Qozog’istondan O’zbekistonga ekstraditsiya qilinish xavfi ostida qolgan qochqinlarini qutqarish bo’yicha qo’mita

Xorijdagi o’zbekistonliklarga

Murojaat

Ma’lumki, shu yilning 1-2 dekabr kunlari Qozog’iston poytaxti Ostonada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining yirik sammiti bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan Qochqinlarni qutqarish qo’mitasi Yevropa, Amerika va Osiyoda yashayotgan o’zbekistonliklarni va barcha yaxshi niyatli insonlarni 30 noyabr va 1 dekabr kunlari ertalab soat 10.00dan boshlab YeHHTga a’zo davlatlarning poytaxtlarida piketlar uyushtirishga chaqiradi.

Tadbirlardan ko’zlanadigan maqsad YeHHTga a’zo davlatlar rahbarlari e’tiborini Qozog’istonning Almati shahri hisbxonalarida noqonuniy ushlab turilgan 29 o’zbek qochqini taqdiriga qaratishdir. Piket qatnashchilari Qozog’iston Bosh prokuraturasining o’zbek qochqinlarini qiynoqlar muntazam qo’llanadigan O’zbekistonga topshirish haqida chiqargan adolatsiz qaroriga norozilik bildiradilar va sammit ishtirokchilaridan bu qarorga munosabat bildirishni so’raydilar. Bu sammit YeHHTga raisi bo’lmish Qozog’iston Respublikasi rahbariyatiga ta’sir o’tkazish uchun qulay fursatdir.

Piketlar YeHHTga a’zo davlatlar poytaxtlarida, rahbarlar qarorgohi oldida tashkil etilishi va qatnashchilar o’z murojaatlarini o’zlari yashayotgan davlat rahbarlari (prezident, bosh vazir yoki tashqi ishlar vaziri) orqali sammitga yetkazishlari tavsiya qilinadi.

Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodan 56 davlat YeHHTga a’zo sanaladi va bu mamlakatlarda ko’plab o’zbekistonliklar yashashadi. Ular Ostonada o’tkazilajak YeHHT sammitida Almati mahbuslari masalasini ko’tarishga erishish zarur vazifa ekanini yaxshi tushunadilar, deb umid qilamiz. Zero, inson huquqlari himoyasi YeXHTning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Aziz vatandoshlar! Almatida nohaq ushlab turilgan mahbus o’zbekistonliklarni ozod etish imkoniyatlarini qo’ldan boy bermaylik.

Siz o’zingiz yashayotgan mamlakatda tashkil etilayotgan piket ishtirokchilariga qo’shilishingiz yoxud bir o’zingiz bo’lsangiz ham hukumat idoralari oldida piket o’tkazishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:

Ahmad Iyso, Qochqinlarni qutqarish qo’mitasi vakili, muvofiqlashtiruvchi;

Telefon: +46706034818 begin_of_the_skype_highlighting +46706034818 end_of_the_skype_highlighting; E-mail: igursw@gmail.com