O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev boshqaruvida rivojlanadimi?! (2019).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-dekabr, O’zbekiston konstitutsiyasining qabul qilinganining 27 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda ommaviy axborot vositalariga erkinlik, so’z erkinligi, xalq nazorati, mulk daxlsizligi, sud tizimida bo’ladigan islohotlar, bo’lajak saylovlar haqida bir soatdan ko’proq ma’ruza qildi. [1].

Biroq, men prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasida ko’p meni o’ylantirgan savollarga, muammolarga javob topa olmadim.

1. Siyosiy raqobat. Siyosiy muxolifat. Birlik Xalq Harakati partiyasi, Erk demokratik partiyasi, Birdamlik Xalq Demokratik partiyasi haqida lom mim demadi. Xulosa, prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvida siyosiy raqobatga, siyosiy muxolifatga yo’l berilmaydi.

2. Iqtisodiy erkinlik.Yerlarni fermerlardan tortib olish yoki ularga berishni 2020 yildan hokimlar emas, tuman kengashlari hal qiladi. Lekin, prezident Shavkat Mirziyoyevning 3 yil oldin aytgan;” 2 ish o’rinni yaratgan tadbirkorni boshimda ko’tarib yuraman”- deb aytgan va’dasi quruq so’z bo’lib chiqdi. Mulk daxlsizligi ta’minlanmadi. Kelajakda ta’minlanishiga menda katta shubha bor. Oliy hokimiyatda gullab yashnayotgan korruptsiya haqida ham lom mim deyilmadi. Sud tizimida 3 yil oldin islohotlatga va’da berilgan edi. Hanuz sud tizimi mustaqil emas. Sudlarda adolar topa olmaysiz. Yana va’da berildi.

3. Siyosiy erkinlik. Minbar.uz, togri.uz yopildi. Jurnalist Davlatnazar Ro’zmetov o’limi, jurnalist Nafosat Ollohshukurovaning 10 sutkaga soxta ayblar bilan qamalgani va vrachlar komissiyasining soxta xulosasi bilan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburan joylashtirilgani, propiska, blok postlarning qayta ochilishi haqida ham ma’ruzada hech narsa deyilmadi.

4. Qashshoqlik. O’zbekistonning tashqi qarzi 20 milliard AQSH dollaridan oshib ketdi. Lekin, hanuz mamlakatda mustaqillikning 28 yilligida ham svet, gaz, metan gazi taqchilligiga barham berilgani yo’q. Internet tezligi 3 yil bo’libdiki prezident Shavkat Mirziyoyev va’da berganidek 10 marta oshgani yo’q. Faqat, Toshkent shahridagina ayrim vatandoshlar tezligi oshirilgan internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bu muammolar haqida ham yetarli, qoniqarli ma’lumot ola olmadim.

5. Korruptsiya. O’zbekistonda marhum diktator Islom Karimov davrida korruptsiya gullab yashnagandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida ham gullab yashnamoqda. Korruptsiyaga qarshi kurash haqida ham chetlab o’tildi.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziytoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

13-dekabr, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. UZBEK TV. Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston xalqini Konstitutsiya kuni bilan tabrikladi. Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон халқини Конституция куни билан табриклади. 07.12.2019. ( https://www.youtube.com/watch?time_continue=3&v=O7RZM8OfBBc&feature=emb_logo ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197

Leave a Reply

Your email address will not be published.