O’zbekiston. Svet, gaz yo’q, erkinlik yoq, muxolifatga yo’l yo’q, o’rta asr. (2019).

Spread the love

O’zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyevning 3-yili boshqaruvining noyabr, dekabr oylarida mamlakatda svet, gaz, metan gazi taqchilligi va bu taqchillikdan aholining keskin norozilik chiqishlari ko’payib ketdi. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Marg‘ilonlik tadbirkor Dilmurod Jalilov 3 dekabr kuni Ozodlik bilan suhbatda o‘ziga nisbatan bosimlar bo‘layotgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.

35 yashar Jalilov Telegram kanalida 29 noyabr kuni tarqagan videomurojaatida Marg‘ilonda gaz va svet yo‘qligi haqida gapira turib¸ xalqni qiynayotgan muammolarni hal qila olmayotgan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevdan iste’foga chiqishni so‘ragan edi.

2 dekabr kungi yig‘ilishda bu videomurojaatga bilvosita munosabat bildirgan hokim G‘aniyev¸ “Marg‘ilonda gaz bo‘p turib¸ gaz yo‘q deb chiqargan” “axmoqlar”ga chora ko‘rmagani uchun Marg‘ilon shahar hokimiga “qattiq hayfsan” bergan edi.

Hokimning bu po‘pisasi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda marg‘ilonlik yigitga nisbatan mayda bezorilik bo‘yicha ish ochilib¸ ma’muriy jazoga tortilgani haqida xabarlar tarqadi. Ozodlik bilan shaxsi sir qolishini so‘rab gaplashgan mahalliy hokimiyat va ichki ishlar tizimi mulozimlari 2 dekabr kuni bu xabarlarni tasdiqladi.

3 dekabr erta tongda Ozodlikka o‘zi bog‘langan Jalilov¸ taqdiridan xavotirga tushganlarga minnatdorchilik bildirdi¸ ayni paytda hech bir bosimsiz ishini davom ettirayotgani¸ Marg‘ilonda hozir gaz va svet muammosi yo‘qligini aytdi.

“Xavotirga hojat yo‘q”?

O‘zini marg‘ilonlik 35 yashar tadbirkor Dilmurod Jalilov deb tanishtirgan yigit 3 dekabr kuni Ozodlikka kuchli bosimga uchragani haqida xabarlar va xavotirlarga asos yo‘qligini bildirdi:

– Hamma joylarda man haqimda yozib¸ ma’muriy javobgarlikka tortildi¸ 15 sutkaga qamaldi¸ degan gaplar yuripti. Man shu videoni chiqargan Dilmurodning o‘ziman. Manga o‘zimizning uchastkovoy Farhod bilan gaplashgandan boshqa hech kim chiqmadi¸ hech kim bilan gaplashganim yo‘q. Mani hech kim jazolaganiyam yo‘q¸ man jazolaydigan ish ham qilganim yo‘q. Man o‘zimning shaxsiy erkin fikrimni aytdim. Kimgadir yoqmagan bo‘lsa¸ uzr. Bu gaplarni man haqimda qayg‘urib tarqatayotganlarga rahmat¸ qayg‘urganlaringiz uchun. Lekin manga hech kim tazyiq o‘tkazgani yo‘q.

Marg‘ilon shahrida fast-fud do‘koni egasi ekanini aytgan Jalilov¸ Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning 2 dekabr kuni o‘z videomurojaatini yolg‘onga chiqarganidan¸ bu chiqishi uchun Marg‘ilon shahar hokimi qattiq hayfsan olganidan bexabarligini aytdi.

Ayni paytda Dilmurod Jalilov¸ 3 dekabr kuni tongda oldiga hokimiyat tomonidan yuborilgan mahalliy jurnalistlar guruhi kelgani va ularga o‘ziga nisbatan hech qanday tazyiq va bosim bo‘lmagani haqida gapirib berganini ham qo‘shimcha qildi.

Marg‘ilonlik tadbirkorning videomurojaati qanday paydo bo‘ldi?

Ozodlik bilan suhbatda ikki farzandning otasi ekanini aytgan Dilmurod Jalilov 29 noyabrь kuni viloyat hokimiga videomurojaat bilan chiqishiga majbur qilgan vaziyatni tasvirlab berdi:

– O‘sha kuni man uyga kirdim (ota hovlisi nazarda tutilayapti -tahr.). O‘sha kuni kechgacha svet ham¸ gaz ham bo‘lmadi. Uyga obeddayam kirdim¸ ujindayam kirdim. Shunchalik darajada qiyin bo‘ldi bizning uyimizdagi ahvol ¸ mani ko‘zimda ortiqcha qiyin bo‘p ketdi. Chunki dadam ustlariga ikkitadan kurtka kiyib¸ boshlariga shapka kiyib¸ yana adyoldi ichiga kirib yotiptila qorong‘ida. Man ijaraga etaj olganman ¸ o‘shaqqa opketay¸ desam unamadilar¸ kelinni yonida noqulay¸ deb. Shundan man alamzada bo‘ldimda¸ uydan kayfiyatsiz chiqtim. Ishxonaga bordim. Borsam¸ ishxonamdayam svet yo‘q. O‘tirdim¸ o‘tirdim¸ bekorchilikdan video ko‘rdik. Shu payt haligi Moturidiy ko‘chadagi opani ko‘rdik¸ Yaypandagi akani ko‘rdik. O‘sha paytda odam o‘zini kamsitilgandek his qildi. Achchiq ustida qildim.

Ayni paytda Jalilov¸ o‘sha kuni gaz va svet bo‘lmagani haqidagi gapidan tonmasligi¸ ammo 30 noyabrdan boshlab Marg‘ilonda gaz va svet “zo‘r” ekanini ta’kidladi:

– Agar videomurojaatim bilan gaz va svet kelishiga yordam qilgan bo‘lsam¸ xursandman.

Dilmurod Jalilov videomurojaatida nima degan edi?

O‘zining mashina ichidan turib gapirayotganini aytgan Dilmurod Jalilov¸ 29 noyabr kungi videomurojaatida Marg‘ilondagi vaziyatni “go‘riston”ga o‘xshatadi.

– Mana Marg‘ilondamiz. Na gaz¸ na svet bor. Go‘ristonga o‘xshaydi. O‘tiribmiz moshinada isinib. Choy-poygayu kafe-mafega borib¸ dog‘ suvidan opkelayapmiz¸ degan Jalilov so‘ngra bevosita Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga murojaat qiladi:

– Bilmaymiz¸ nima qilayapsizlar¸ qayaqqa qarayapsizlar. Ammo-lekin Shuhrat G‘aniyev eplolmasangiz bo‘shating! Umuman keragingiz yo‘q¸ bunaqa hokimning umuman keragi yo‘q¸ vaabshe-vaabshe keragi yo‘q. Xalq bilan ikki tiyinlik qiziqishi yo‘q. Buz desa¸ uz desa¸ bir sekundga qolmasdan bajarasizlar. Ammo xalqqa bir yordam kerak bo‘lganda¸ xalq qiynalganda¸ baloda yo‘qsizlar. Bittalaringam kerakmassizlar. 22 dekabrda hali deputatlar saylovi boru¸ hali tomosha qilasizlar¸ saylov varag‘laringga nima deb yozib chiqib ketishlarini marg‘ilonliklarning…”. Iqtibos tugadi. [1].

1. Svet,gaz yetishmovchiligi SSSR davrida yoq hisobi edi. Mustaqillik yillarida, 28 yillardan beri svet, gaz yetishmocchiligi oxirgi yillarda esa metan gazi yetishmovchiligi ham keskin sezila boshladi. Nega bu muammolar hal qilinmayabdi? O’zbekiston hokimiyati vakillaridan tuzukli javob yo’q. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham og’ziga talqon solib olgan.

2. Svet, gaz, metan gazi taqchilligi bo’yicha bu yil Qoraqalpog’iston avtonom respublikasida, Andijon, Sirdaryo, Farg’ona viloyatlarida norozilik chiqishlari, avtomobil yo’llarini to’sishlar, shinalar yoqishlar shaklida bo’lib o’tdi. Bu norozilik chiqishlari o’tgan yillarga qaraganda ko’lamliroq, o’tkirroq bo’ldi.

3. Farg’ona viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev iste’fosi talab qilindi. Biroq, Shuhrat G’aniyevning faoliyati prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijobiy baholanib avgust oyida “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan edi.

Svet, gaz, metan gazi taqchilligi bilan bog’liq norozilik namoyishlaridan oldin mamlakatda uy buzilishlari, uylarga vaqtida tovon puli to’lanmasligi yoki kam to’lanishi bilan bog’liq bo’lgan namoyishlar bo’lib o’tganligini ham hisobga olsak, oliy hokimiyatning juda og’ir holatga tushib qolganini, bu noroziliklarga asosan muammolarni keltirib chiqargan mas’ul amaldorlar o’rniga, tuman hokimlari, mayda amaldorlar, oddiy aholi vakillari jazolandi. Jurnalist Davlatnazar Ro’zmetov avtohalokatda halok bo’ldi, jurnalist, blogger Nafosat Ollohshukurova bu noroziliklarni yoritganligi uchun avval 10 sutkaga soxta ayblar bilan qamaldi, keyin ruhiy kasalliklar shifoxonasiga soxta vrachlar komissiyasi xulosasi bilan, adolatsiz sud hukmi bilan zo’ravonlarcha joylashtirildi.

4. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayrim salbiy va ijobiy qadamlar qo’yildi. Diktator Islom Karimov davrida o’rnatilgan blok postlar qaytadan faoliyatini boshladi. Svet,gaz, metan gaz taqchilligiga sababchi bo’lgan oliy amaldorlar emas, tuman hokimlari va bu taqchillikka keskin norozilik bildirganlar jazolandi.

Ijobiy qadamlardan esa Tojikiston, Qirg’izistondan elektr energiyasi import qilina boshladi, asosan aprel-oktyabr oylarida. Turkmanistondan ham 2 dekabrdan boshlab elektr energiyasi import qilina boshladi. Endigi navbatda gaz, metan gazi importi ham import qilinsa yaxshi bo’lardi. Zero, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog’iston neft, gaz,ko’mirga, Turkmaniston gazga, Qirg’iziston va Tojikiston esa suv va GESlarga boy mamlakatlardir.

5. O’zbekiston jamiyatida iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik, baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat o’ta zarurligi, muxolifatga yo’l ochishga, siyosiy raqobatga kuchli zarurat bor. Davlat mulkchiligi hukmronligiga, monopoliyalarga barham bermasdan mamlakatdagi svet, gaz, metan gazi taqchilligiga barham berib bo’lmasligi ham to’la anglab yetilmayabdi.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziytoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreyadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

6-dekabr, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevdan iste’foga chiqishni so‘ragan yigit bosimga uchraganini inkor qildi. 03.12.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30305669.html )..

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197

Leave a Reply

Your email address will not be published.