O’zbekiston. Nega Shavkat Mirziyoyev uchun G’alaba kuni kerak? (2019).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning yanvar, fevral oylarida emas, 2019 yilning noyabrida, mamlakatda metan gazi yetishmovchiligidan haydovchilar Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida Guliston-Toshkent avtomobil yo’lini 27-noyabr kuni to’sib qo’yganlarida, svet, gaz, ko’mir yetishmovchiligi ayni avjiga chiqqan paytda, keyingi yil uchun davlat byudjetini qabul qilish, davlat byudjetida yetishmovchilik, yetarli soliqlar kelib tushmaslik dolzarb bo’lgan paytda G’alabaning 75 yilligini nishonlash bo’yicha maxsus dastur qabul qilinishi yoyinlandi. [1].

Ozodlikdan xabar: “G’alabaning 75 yilligini nishonlash bo’yicha maxsus dastur qabul qilinadi

noyabr 25,2019

O’zbekiston hukumati Ulug’ Vatan urushida erishilgan g’alabaning 75 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va tantanali nishonlash bo’yicha maxsus dastur qabul qiladi.

Bu haqda TASS agentligi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Millatlararo munosobatlar va xorij mamlakatlari bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi raisi Rustambek Qurbonovga tayangan holda xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Qurbonov bu haqda O’zbekistondagi Rossiya vatandoshlari tashkilotlarining anjumanida ma’lum qilgan.

Qurbonovga ko’ra, dastur doirasida o’tkaziladigan tantanalarning markazida Toshkentda “G’alaba” bog’ining ochilishi bo’ladi. Bu yerda okop va blindajlar qazilib, urush paytidagi harbiy texnika ko’rgazmaga qo’yiladi.

Toshkent Shahrining Olmazor tumanida prezident Shavkat Mirziyoyev ko’rsatmasi bilan joriy yilning yozida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaning 75 yilligi munosobati bilan G’alaba bog’i barpo etila boshlangan edi.

_Bu haqda xalqimizning G’alabaga qo’shgan hissasini namoyon etishi, ota-bobolarimizning qahramonligini abadiylashtirishi kerak. Bu yerda Ikkinchi jahon urushi muhiti, vatandoshlarimiz qatnashgan janglar haqida ma’lumotlar aks etishi zarur,- deb aytgan Shavkat Mirziyoyev”.Xabar tugadi. [1].

1. Men Ikkinchi jahon urushida erishilgan G’alaba albatta xotirlanishi tarafdoriman. Chunki, o’zbeklar ham barcha SSSR xalqlari kabi bu g’alabaga katta hissa qo’shishgan.

O’zbekistonning1941-yilda 6,5 million aholisidan 1.5 millioni urushga ketgani, bu urushda yarim milliondan ko’p O’zbekistonliklar halok bo’lgani, O’zbekistonga ko’plab zavod va fabrikalar ko’chirib kelinganligi, SSSRning urush bo’layotgan hududlaridan O’zbekistonga evakuatsiya qilingan bir necha yuz minglab kishilarni qabul qilib olinganligi va yetim bolalarga alohida g’amxo’rlik qilinganini doimo xotirlab turishimiz kerak. Bu bizning janglarda halok bo’lgan ota bobolarimiz oldidagi burchimizdir.

Ayniqsa, Shomahmudovlar oilasining 14 yetim bolalarni asrab olganligini, ularning insoniylik jasoratini unutib bo’lmaydi.

2. Lekin, shu bilan birga Adolf Hitler Germaniyasi bilan Iosif Stalinning 2 jahon urushi kelib chiqishida ro’llari juda katta ekanligini, 2-Jahon urushining keltirib chiqargan Molotov-Ribbentrop pakti (23.08.1939), Hitler va Stalinning dunyoni bo’lib olish to’g’risidagi yashirin rejalari, amaliyotlari natijasi ekanligi ham unutmasligimiz kerak. Gitler Germaniyasi SSSRga bostirib kirgunga qadar Stalin boshqargan SSSR va Gitler rahbarlik qilgan Germaniya harbiy, iqtisodiy sohalarda hamkorlik qilishgan.

3. SSSR tarqab ketganiga, Sotsialistik lager ham tarqalib ketganiga 30 yillar bo’lib qoldi. Biroq, SSSR davridagi erishilgan bepul ta’lim, bepul tibbiyot, fan,sanoat, qishloq xo’jaligi, texnika, sport, kino, teatr va boshqa sohalardagi taraqqiyot bilan birga, Stalin qatag’onlarini, Gulagni, repressiyalarni, majburiy mehnatni, bolalar mehnatini, Orol fojeasini, inson huquqlari va erkinliklarinining oyoq osti qilinganligini ham unutmasligimiz kerak.

4. O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o’zaro ahdlashuvga kelishib olishganga o’xshaydi. O’zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lmoqchiligini Rossiya Davlat dumasi Federatsiya kengashining raisi Valentina Matviyenkodan bilgan edik. Hozirgi kunlarda, yani noyabr va dekabr oylarida O’zbekiston uchun eng muhim muammolar davlat byudjetini qabul qilish, gaz, isitish, svet bilan ta’minlash va qashshoqlashishni kamaytirish kabilardir. Biroq, prezident Shavkat Mirziyoyev uchun G’alaba kunini nishonlash bu muammolardan ham muhim ekanini TASS agentligining xabaridan bildik. Nega O’zbekistonni YOIIga a’zo bo’lishini, G’alaba kunini nishonlash uchun maxsus dastur qabul qilinishini Rossiya ommaviy axborot vositalaridan bilishimiz kerak, avval O’zbekistonda referendum o’tkazilib, natija ijobiy bo’lsa keyin YOIIga qo’shilsak bo’lmaydimi.

Menimcha, prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning bosimi ta’sirida YOIIga qo’shilishga va’da bergan ko’rinadi. Vladimir Putin SSSR-2 ni YOII ko’rinishida qayta tiklamoqchi. Biroq, dunyo jamoatchiligi Putinizm siyosatini juda yaxshi biladi. Putinizm xalqaro shartnomalarga amal qilmaslik, inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilmaslik, o’ta korruptsiyalashgan elita, qariyb 10 yildan beri davom etayotgan iqtisodiy stagnatsiya va hokazo.

5. Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning SSSRni tarqalib ketganini 20-asrning eng buyuk geosiyosiy halokati degan iborasini to’g’ri deb o’ylaydi, shekilli. O’zbekistonning mustaqil bo’lganligi o’zbek xalqining asriy orzusi ushalganichi?! Nega biz SSSR-2ga qo’shilishimiz kerak?

Putinizmning hozirdan O’zbekistonning YOIIga qo’shilmasidan oldin ham salbiy jihatlari AES, trollar fabrikasi shaklida ko’rina boshladi.

O’zbekiston YOIIga a’zo bo’lsa, balkim mamlakatga Rossiya 10 milliard AQSH dollaricha investitsiyalar kiritar. Lekin, kelajakda O’zbekiston Rossiyaning geosiyosiy o’yinlarining qurboni bo’lib qolishi mumkin.

Vladimir Putinning Checheniston, Moldaviya, Gruziya, Ukraina, Suriya, Venesuela bo’yicha geosiyosiy o’yinlaridan Rossiya xalqida norozilik kuchayib bormaqda.

O’zbekiston uchun esa Rossiyaning 19,20 asrlarga xos imperiyacha siyosatini qo’llab quvvatlamasdan mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishga, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik, korruptsiya ko’rsatkichlarini dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga oshirishga erishishi muhimroq.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziytoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

29-noyabr, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Stiven Sigal Mirziyoyevning kuyovini yangi lavozim bilan tabrikladi, 12.11.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30266618.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197

Leave a Reply

Your email address will not be published.