O’zbekiston. Nahotki, Jahongir Ortiqxo’jayev jazolanmay qoladi?! (2019).

Spread the love

Toshkent shahar hokimi, senator Jahongir Ortiqxo’jayev bilan kun.uz jurnalistlari o’rtasida mojaro bo’lib o’tdi. Bu mojaro prezident Shavkat Mirziyoyevning avtoritar rejimi mamlakatda so’z erkinligi, inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilmasligini, majburiy mehnatni davom ettirishini, korruptsiyani gullab yashnatishini ko’rsatadi. [1,2,3].

Ozodlikdan iqtibos: [2]. “Ortiqxo‘jayev bilan yarashgani uchun Kun.uzdan ikki jurnalisti ketdi

ноябр 19, 2019

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan mojaro ortidan Kun.uz saytining ikki jurnalisti ishdan bo‘shaganini e’lon qildi.

Bahodir Ahmedov va Zafarbek Solijonovlar ijtimoiy tarmoqda qoldirgan o‘z postlarida Ortiqxo‘jayevga murojaat qilarkan: “Men itning bolasi emasman va poslednyaya tvar ham emasman” deb yozdi.

18 noyabr kuni Kun.uz tahririyati Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan murosaga kelgani va tarmoqlarga chiqarilgan audioyozuv bo‘yicha mojaro yopilganini xabar qildi.

“Kun qahramonlari”

Kun.uz tahririyatida ishlab kelgan ikki jurnalist – Bahodir Ahmedov va Zafarbek Solijonovlar 18 noyabr kuni o‘z ixtiyori bilan ishdan ketganini ma’lum qildi.

Har ikki jurnalist, ishdan bo‘shashiga Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan mojaro sabab bo‘lgani, mojaro ortidan tahririyat og‘ir ahvolga tushganini ta’kidladi.

“Bugun biz yutqazmadik. Bugun endi uyg‘onayotgan so‘z erkinligi, matbuot yutqazdi. Jahongir aka, sizga aytaman, o‘shanda ham qarshi borganman – men itning bolasimasman, posledniy tvar xam emasman. Siz yutganingizni emas, davlat imijiga putur yetkazganingizni o‘ylang. Men rizqimni topishimga ishonaman! Sizlardan iltimos – jurnalistlarning huquqlari himoyalanmagan, kuchsiz matbuot davrida Kun.uz ni ayblamang!” deb yozdi Bahodir Ahmedov, jumladan.

Zafarbek Solijonov, hamkasblari va jamoatchilikdan, Kun.uz tahririyati ahvolini tushunish, uni ayblamaslikka chaqirdi:

“Jahongir aka, Ortiqxo‘jayevga esa o‘sha gapni yana qaytaraman. Men itning bolasi emasman va poslednyaya tvar ham emasman. Men jurnalistlik bilan shug‘ullangan yuristman. Shunchaki, bu davlatda qonun ishlashini xohlagandim xolos. G‘ururim esa otamdan meros. U hammasidan ustun. Uni toptashga haqqingiz yo‘q. Lekin bir narsani tushuning. Bu jangda hech kim yutmadi. Ayniqsa siz”, deb yozdi Zafarbek Solijonov.

Kun.uz sayti tahririyati o‘z jurnalistlarining ishdan ketishi haqida hozircha biror izoh bermadi.

Oshkora tahdid

16 noyabr kuni tarmoqqa chiqarilgan va Jahongir Ortiqxo‘jayev ovozi, deb iddao qilinayotgan audioyozuvda, ovoz egasi ko‘cha tilida jurnalistlarni geyga chiqarish va sazoyi qilishi bilan tahdid qiladi:

“Oni kto voobshche? (O‘zi ular kim?) Oni tvari poslednie! (Ular eng past mahluqlar!) Onaning bolasimi bular yo itning bolasimi?! Prinsip yo‘q, iflos, bedolaga! (qashshoq)”.

“Ya za shest sekund vas posaju v odno taksi s geem, i vsyo! (Men olti sekundda sizlarni gey bilan bitta taksiga o‘tqazaman va tamom!) Fotografiruyut i vas ob’yavlyayut geem (Sizni foto olib, gey deb e’lon qilishadi)”.

“Yoqadimi rahbarimizga, yoqmaydimi meni o‘zimning ham xarakterim bor. Ya mogu eto delat. Shest sekund mogu sdelat. Organizovat mogu. Ili somnevaeshsya? Tushuntiroldimmi?” – deydi ovoz egasi.

So‘ngra ovoz egasi jurnalistlarni jismonan yo‘q qilishini aytadi va bunday taqdirga uchramaslik uchun, jurnalistlarni hokimiyat bilan hamkorlik qilishga undaydi.

Bu audioyozuv tarqatilganidan bir kun o‘tib, Kun.uz nashri, bu tahdidlar ​shu yilning avgustida uch muxbiri “hokim qabulida bo‘lgan chog‘da yangragan”ini ma’lum qildi.

Aytilishicha, “tahririyat hokim bilan uchrashuv vaqtidagi (o‘z) audioyozuvini Vahobov va Kun.uz o‘rtasidagi nizoli vaziyat qasd olishga aylanib ketmasligi hamda shahar hokimining obro‘-e’tiboriga putur yetkazmaslik uchun ommaga oshkor qilish fikridan voz kechgan”.

“16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shu voqeaga oid audioyozuv tarqalishiga esa tahririyatning aloqasi yo‘q”.

“Yarash oshi”

Ammo, oradan yana bir kun o‘tib – 18 noyabr kuni – tahririyat o‘z jamoasi shahar hokimi bilan uchrashgani, tushunmovchilikka barham berilganini xabar qildi.

“Sayt tahririyati hokimning ushbu vaziyat yuzasidan bildirgan mulohazalarini qoniqarli deb topadi. Hamkasblar, boshqa nashrlarning jurnalistlari va blogerlarga shunday pallada faol qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Shu bilan birgalikda, ulardan bu masalani ortiq muhokama qilmaslikni so‘raymiz, zero faqat ikki tarafgagina tegishli bu nizo turli siyosiy kuchlar va shaxslar tomonidan tor manfaatlar yo‘lida qurol sifatida foydalanilishini xohlamaymiz”, deyiladi tahririyat nomidan e’lon qilingan maqolada.

Masala yechildimi?

18 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ham Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev bilan bog‘liq “vaziyat o‘z yechimini topdi”, deb bayonot berdi.

Agentlik bayonotida bu nizoning paydo bo‘lishi mamlakatda “jamoatchilik nazoratining kuchi tobora ortayotgani, jamiyatda demokartik o‘sishning shakllanayotgani, OAVning bosqichma-bosqich “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylanayotgani, respublikamizning ochiqlik sari dadil odimlayotganidan dalolat”, deb baholandi.

AOKAning bu bayonotidan ikki kun oldin, 17 noyabrda Bosh prokuratura tarqalgan audioyozuv yuzasidan surishtiruv boshlanganini ma’lum qilgan.​

“J.Ortiqxo‘jayevga mansubligi ta’kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qaerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qo‘shimcha bayonot beriladi”, deyildi 17 noyabr kuni e’lon qilingan bayonotda.

Ozodlikdan maqola: [3]. “ Kun.uz audio matnini e’lon qildi. Ortiqxo‘jayev majburiy mehnatni qadriyat hisoblashi ma’lum bo‘ldi (VIDEO)

ноябр 19, 2019

“Bizning davrimizda bitta narsaga ishonardik, hamma ergashardi, ishonardi. Bitta ish bo‘lardi, yo‘l qurilgan, Farg‘ona kanali qurilgan, katta-katta ishlar bo‘lgan. Majburiy mehnat, hashar. Bu qadriyatimiz-ku bizning. Ota-onamizga xizmatniyam ertaga majburiyat deydi bular”.

Bu fikrni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 15 avgust kuni Kun.uz sayti muxbirlari bilan shahar hokimligi binosida o‘tkazgan uchrashuvda bildirgani 19 noyabr kuni ma’lum bo‘ldi.

Shu kuni Kun.uz 15 avgust kungi uchrashuvdan yozib olingan audio matnini e’lon qildi.

Saytga ko‘ra, keyingi kunlarda jamoatchilik keng muhokama qilayotgan audio avgustdagi uchrashuvda yozib olingan audiodan “yulib olingan” va “birlashtirilgan”.parchalardir.

Kun.uz tahririyat “xolislik nuqtai nazaridan hokim bilan o‘sha uchrashuv haqida nisbatan to‘liq kartina hosil bo‘lishi uchun audioyozuvni nisbatan to‘liq holda” keltirgan va unda Jahongir Ortiqxo‘jayevning milliy qadriyatlarga oid fikrlari bor, Quyida Toshkent shahar hokimining milliy qadriyatlarga doir fikrlari bilan tanishingiz mumkin. Imlo va tinish belgilari Kun.uzniki:

“Qadriyatni yo‘qotdik-ku. Qadriyatni yo‘qotdik-ku? Ota-onamizga xizmatniyam ertaga majburiyat deydi. Qani endi hashar? Qani? Itam dumi bilan tozalab o‘tiradi eshigini tegini. Endi ko‘chasi tugul, uyining oldini tozalata olmayapmiz-ku bolam?

Qadriyatimizni yo‘qotdik-ku! Kim qildi buni? Siz qildingiz. U yerga borib mikrofon tutadi, majburiy mehnat deb, bu maktabga boradi…

O‘zimizning maktabimizda qorni o‘zimiz kurardik-ku, partani kraskalardik, eshikni kraskalardik, qabristonni tozalardik. Qani bular? Kim qildi buni? O‘zimizning ichimizdagi o‘zbek, itning bollari qildi. Qadriyatni bilmagan.

Ertaga, aytyapman-ku, xuddi Amerikaga o‘xshab, Angliyaga o‘xshab «dada, meni urishmang, haqqingiz yo‘q» deydi. Qiladi shu ketishda bo‘lsa…

Dinda yozib qo‘yilgan, birovning qayg‘usining ustidan pul ishlash, foyda topish haqida nima deyilgan… Mana, siz bilasiz, to‘g‘rimi, bu ma’naviyat…

Yo‘q bu narsa yo‘q. Xudo ko‘rsatmasin, ertaga dushman kelsa.. xalq bilan hukumatni ayirib qo‘ydi…”. Maqola tugadi. [3].

1. Avvaldan men shuni ta’kidlab o’tishni lozim topdimki, Toshkent shahar hokimi, senator Jahongir Ortiqxo’jayev bilan kun.uz jurnalistlari o’rtasidagi majoro Turon 24, Minbar.uz, togri.uz veb saytlarining yopilishi, jurnalist, blogger Nafosat Ollohshukurovaning dastlab 10 sutkaga soxta ayblar bilan qamalishi, keyin soppa sog’ jurnalistni soxta ruhiy kasal tashxisi qo’yilib ruhiy shifoxonaga joylashtirilishi, jurnalist Davlatnazar Ro’zmetovning o’limidan keyin ro’y berdi.

2. kun.uz jurnalistlarining Toshkent shahar hokimi, senator Jahongir Ortiqxo’jayev bilan suhbati, to’g’rirog’i hokimning jurnalistlarga tahdidi ayrim joylari kesilganligi ma’lum bo’lgach, menda bu maqolani chop qilishda ikkilanish paydo bo’ldi. Biroq, kun.uz jurnalistlari suhbatning kesilgan joyi bo’yicha izoh, tushuntirish, aniqlik kiritishgach men maqolani chop qilishga qaror qildim. Bu aniqlik shundan iboratki, kun.uz jurnalistlarining hokim bilan mojarosi bir quruvchiga hokimlik tomonidan 800 000 000 so’m ( 100.000 AQSH dollari) pulning to’lanmay kelayotganidan boshlangan. Kun.uz jurnalistlari quruvchiga pul to’lanmayotganligini maqola va video shaklida yoyinlashgan. Jurnalistlarga Olmazor tuman hokimining qurilish masalalari bo’yicha o’rinbosari Abdurasul Vahobov tasvirga olish jarayonida tashlangan, hujum qilgan. Maqola va video yoyinlangandan keyin Jahongir Ortiqxo’jayev ularni murosaga keltirish uchun o’zining kun.uz jurnalistlari bilan jamoatchilikka mashhur bo’lib ketgan “suhbatini” uyushtirgan.

3. Taniqli jurnalist Sharof Ubaydullayev Ozodlik muxbiri Sarvar Usmon bilan “Ozod nazar” ruknidagi suhbatida Toshkent shahar hokimi,senator Jahongir Ortiqxo’jayevning shaharda misli ko’rilmagan qurilish ishlarini, obodonchilik ishlarini, jumladanToshkent city kabi ulkan qurilishlarni amalga oshirayotganligini ta’kidlaydi. Biroq, taniqli jurnalist hokimning viloyatdan kelgan ishchilarni 12 soatdan, shanba,yakshanba kunlari ham dam oldirmasdan ishlatayotganligi ( O’zbekiston mehnat kodeksiga ko’ra haftada ish soati 40 soatdan oshmasligi kerak), hokimga nisbatan korruptsiya ishlari bo’yicha iddaolar haqida lom mim demaydi. Jahongir Ortiqxo’jayeb bilan uyi buzilganlar o’rtasida ham yangi qurilgan uylarning sifatsizligi, kredit summalarining banklar tomonidan birdaniga keskin, o’zboshimchalik bilan oshirib yuborilgani haqida ham lom lim demaydi.

4. Shu paytgacha Toshkent cityning investorlari kim, Toshkent city qanchaga tushadi, qaysi banklar moliyalashtiryabdi, qaysi qarzlar, kreditlar hisobiga qurilyabdi? Citylar davlatga, xalqqa qanchalik foyda keltiradi? Bu kabi savollar ochiq qolmoqda.

5. Jahongir Ortiqxo’jayev va kun.uz jurnalistlari o’rtasida bo’lib o’tgan majoro, to’g’rirog’i Toshkent shahar hokimi, senatorning jurnalistlarni haqoratlashi, gey qilish, o’lim bilan tahdid qilishi, prezident Shavkat Mirziyoyev avtoritar rejimining kuchsiz fuqaroviy jamiyatga mamlakatda so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga yo’l berilmasligiga, majburiy mehnatga barham berilmasligiga, inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmasligi davom etajagini ko’rsatadi. Shahar hokimi, senator Jahongir Ortiqxo’jayib iste’foga ketmaydi, prokuratura tomonidan surishtirish ishlari oxiriga yetmaydi, ish jinoiy yoki ma’muriy sudga oshirilmaydi?!

6. Hozirgi Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[4].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [5].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[6].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [7].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [8,9].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [8,9].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [8,9].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [10].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

22-noyabr, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kun.uz.Toshkent shahri hokimi muxbirlar bilan muloqotda nimalar degandi? | Batafsil audio. 19.11.2019. ( https://www.youtube.com/watch?v=0qJZkPSlp_8 ).

2. Ortiqxo‘jayev bilan yarashgani uchun Kun.uzdan ikki jurnalisti ketdi. 18.11.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30278847.html ).

3. Kun.uz audio matnini e’lon qildi. Ortiqxo‘jayev majburiy mehnatni qadriyat hisoblashi ma’lum bo‘ldi (VIDEO). 19.11.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30280722.html ).

4. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

5. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

6. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

7.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

8. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

9. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

10. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197

Leave a Reply

Your email address will not be published.