O’zbekiston. Nega Shavkat Mirziyoyev kuyovi Otabek Umarovni MMA prezidenti etib tayinladi. (2019).

Spread the love

O’zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatda nepotizm va korruptsiyaning gullab yashnayotayotganligi bo’yicha ko’plab dalillar,faktlar mavjud. Quyida shulardan bittasi: [1].

Ozodlikdan qisqa xabar:

Stiven Sigal Mirziyoyevning kuyovini yangi lavozim bilan tabrikladi,

Taniqli aktyor va jang san’ati ustasi Stiven Sigal O‘zbekiston Prezidentining kuyovi Otabek Umarovni yangi lavozim bilan tabrikladi.

“Do‘stim Otabek Umarov O‘zbekiston MMA federatsiyasining rahbari etib tayinlandi. Tabriklayman, og‘ayni!” deb yozdi Sigal o‘zining Instagramdagi sahifasida.

Prezidentning kichik kuyovi Otabek Umarov O‘zbekistonda yangi ochilgan MMA assotsiatsiyasi prezidenti etib tayinlangani to‘g‘risida Ozodlik xabar qilgan edi.

Otabek Umarov Instagram tarmog‘idagi sahifasida bu tashkilotning ochilishiyu unga o‘zining prezident etib saylanishida – prezident Shavkat Mirziyoyev “beqiyos ko‘mak” berganini alohida urg‘ulagan.

8 noyabr kuni Aralash jang san’atlari – MMA assotsiatsiyasi va uning prezidenti Otabek Umarovning taqdimoti Buka GYM sport markazida bo‘ldi.

Taqdimotga O‘zbekiston tarixida ilk bor – 23 noyabr kuni Toshkentda bo‘ladigan MMA GFC-20 turnirida qatnashadigan sportchilar va ularni tayyorlayotgan ustalar yig‘ildi.

Otabek Umarov tadbir haqida Instagram tarmog‘idagi sahifasida xabar qoldirdi.

Stiven Sigalning postidan u Otabek Umarovning taniqli do‘stlaridan yana biri ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Umarovning do‘stlari orasida Dubay valiahd shahzodasi Hamdam bin Muhammad al-Maktum ham bor.

1 noyabr kuni Otabek Umarov bojasi Oybek Tursunov bilan birga Hamdam bin Muhammad al-Maktumga ziyofat bergan, oldinroq 36 yoshli valiahd shahzoda o‘z lochinlari bilan Navoiy viloyatida yo‘rg‘a tuvaloqlarni ovlagan edi.

Otabek Umarovning yana bir do‘sti rossiyalik bloger Guseyn Gasanovdir.U 15 sentabr kuni Toshkentdagi Central park’da o‘zbekistonlik muxlislari bilan uchrashdi

Guseyn Gasanov O‘zbekistonga safari davomida Samarqand va Qo‘qonda ham bo‘lgan. U mamlakat prezidentining kuyovi Otabek Umarov taklifiga ko‘ra kelgani xabar qilingan. Jumladan, bloger ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga O.Umarov bilan birga tushgan suratini joylagan.

Xabarlarga qaraganda, Otabek Umarovning nufuzi kundan kunga ortib bormoqda. Yaqinda u terimchi ayolni haqoratlagan fermerni jazolagani to‘g‘risida ham Ozodlik xabar qilgan edi.

Otabek Umarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi, Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi raisi, O‘zbekiston MMA federatsiyasi raisidir”. Qisqa xabar tugadi. [1].

1. Menda bu xabardan tanishganimdan keyin shunday savol paydo bo’ldi. MMA prezidenti kim bo’lishi mumkin? Qanday mezonlar bo’yicha tayinlanadi? Nomzodning qobiliyati, professianalizmi, tajribasi, erishgan yutuqlari hisobga olinadimi? Men Google orqali Otabek Umarovning Shavkat Mirziyoyev prezident bo’lguniga qadar qayerda, qanday lavozimlarda ishlagani haqida ma’lumot topa olmadim. Faqat, Otabek Umarov. Horse trainer, ot murabbiysi degan ma’lumot topdim.

2. Hozirgi kunda Otabek Umarov 3 lavozimda faoliyat olib borayabdi: Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi raisi, O‘zbekiston MMA federatsiyasi raisidir. Demak, u 3 joydan maosh oladi.

Nega endi, bir kishi 3 mas’ul lavozimni egallashi zarur bo’lib qoldi?

3. O’zbekistonda vazirlar, viloyat, tuman hokimlari va boshqa amaldorlar prezident Shavkat Mirziyoyevdan o’rnak olib nepotizmga berilib ketsa, mamlakatning kelajagi nima bo’ladi?! Iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy rivojlanishi nima bo’ladi?

4. O’zbekistonda diktator Islom Karimovning 27 yillik boshqaruvida nepotizm,korruptsiya, zo’ravonlik, inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilmaslik gullab yashnadi. Oqibatda, mamlakat iqtisodi o’ta qoloq, millionlab O’zbekistonliklar Rossiya, Qozog’iston, Janubiy Korea, Turkiya va boshqa mamlakatlarga ish ishlab chiqib ketishga majbur bo’lgandilar, hozirgi kunda ham ish ishlab chiqib ketishga majbur bo’lmoqdalar.

5. Marhum diktator Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova BMT ga elchi, kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva UNESCO ga elchi qilib tayinlangan edi. Gulnora Karimova ham, Lola Karimova- Tillayeva ham xalqning milliardlab (AQSH dollarida) pullarini, boyligini o’marishgan edi. Birgina Gulnora Karimovaning o’zi O’zbekiston hokimiyatining yoyinlagan ma’lumoti bo’yicha korruptsiya yo’li bilan 15 milliard AQSH dollarida o’margan.

Gulnora Karimova o’margan summaning 5 milliard AQSH dollariga 10 million noutbuk sotib olish mumkin. Bir noutbukni 500 AQSH deb olsak, 1 million AQSH dollariga 2 000 ta noutbuk sotib olish mumkin. 1 milliard AQSH dollariga 2 millionta noutbuk sotib olish mumkin. 5 milliard AQSH dollariga 10 millionta noutbuk sotib olish mumkin. 10 million noutbukni 10 million oilaga tarqatsangiz, xar bir oilada 5 kishi bo’lishini hisobga olsak 50 million kishi noutbukdan foydalangan bo’lardi. O’zbekiston aholisi esa 33,7 milliondan oshdi.

Gulnora Karimova o’margan summaning yana 5 milliardini internet tezligini, hizmat sifatini oshirish uchun, yana 5 milliardini internetni arzonlashtirish uchun ishlatilganda O’zbekiston internetdan foydalanuvchilar soni bo’yicha bugungiday 52 foiz emas, kamida rivojlangan mamlakatlarday 90 foizgan oshgan bo’lardi. Mamlakatda internetdan foydalanuvchilar qamrovi (internet penetration ), internet xizmati rivojlangan mamlakatlarday bo’lsa, internetning ta’lim, tibbiyot, fan, sanoat, qishloq xo’jaligi sohalarining rivojlanishiga keskin ijobiy ta’sir ko’rsatadi degan fikrni hech kim inkor etmasa kerak.

6. Zero, hozirgi Shavkat Mirziytoyev prezidentligi davrida ham mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

7. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

8. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

9. Yana ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

15-noyabr, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Stiven Sigal Mirziyoyevning kuyovini yangi lavozim bilan tabrikladi, 12.11.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30266618.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197

Leave a Reply

Your email address will not be published.