O’zbekiston. Nega Shavkat Mirziyoyev non narxini 2 baravar oshirdi, iqtisodiy, siyosiy erkinlik ko’rsatkichlarini oshirsa bo’lmaydimi?! (2019).

Spread the love

Ayrim paytlar men prezident Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan siyosatini kuzatib hayron qolaman, ajablanamanda, nima bo’layabdi o’zi, nahotki shunday bo’lsa?-deb o’zimga savol beraman.

Siz ham Ozodlikdan qisqa xabarni o’qib, eshitib ko’ring. [1].

Ozodlikning qisqa xabari:

Buxanka” non narxi yana ko’tarildi.

So’nggi uch hafta mobaynida O’zbekistonda “buxanka” non narxi ikki marta oshdi.

Kun.uz nashri shu kunda ko’plab joylarda “buxanka” narxi 100-200 so’mga oshgani, ba’zi do’konlarda 1600 so’mdan, bozorlarda esa 1700 so’mdan sotilayotganini yozadi.

O’zbekistonda 15 oktyabrdan “buxanka” narxi ko’tarilib, 1300-1500 so’mdan sotila boshlagani haqida Ozodlik avval xabar qilgandi. Bungacha mazkur non 1100 so’mdan sotilgan.

2018 yil sentyabrigacha esa bu non 600-650 so’mdan sotilgan edi”. Qisqa xabar tugadi. [1].

1. Nega bir yildan ko’p vaqt davomida nonning narxi 2 baravardan ko’p oshdi? Hammaga ma’lumki, bozor munosobatlari hukmron bo’lgan mamlakatda nonning narxini bozor belgilaydi. Vatandoshlar nonning narxi ko’tarilib ketganini o’zaro muhokama qiladilar. Biroq, O’zbekistonda unday emas. Nonning narxi nega ko’tarilib ketdi? Bu savolga javob olish osonmas. O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron ekanligini hisobga olsak,savolga javob ancha oydinlashadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xarajatlari ko’payib ketganligini, daromad esa kamayib qolganligini juda yaxshi biladi.

2. Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi davridagi keyingi 3 yil davomida o’zbek so’mi qadrsizlanmoqda,( 1 AQSH dollari 8100 so’mdan 9400 so’mdan ko’proqqa oshdi), gaz, benzin, svet, kommunal hizmatlar to’lovlari tinmay oshib bormoqda.

Mamlakat investitsiya jozibardorligi juda past, chunki korruptsiya ko’rsatkichi juda past.

Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagilar hisobga olinmayabdi.

3. Korruptsiyaga qarshi kurashda quyidagi 2 holatni hisobga olish kerak:

Mamlakatda davlat mulki emas, xususiy mulk ko’proq, ustun bo’lishi kerak.

Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Davlat mulki hukmron bo’lgan jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

4. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

5. O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

8-noyabr, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. “Буханка” нон нархи яна кўтарилди. 05.11.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30253609.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.