O’zbekiston. XVJ va Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi korruptsiya. (2019).

Spread the love

O’zbekistondagi yetakchi banklardan bo’lgan “Ipoteka-Bank ATIB”dagi korruptsiya ko’lamini ko’rib mamlakatning prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvida o’ta iqtisodiy qoloq holatdan chiqib ketishiga menda juda katta shubha paydo bo’ldi.

Ozodlikdan iqtibos: [1]. “Ozodlikka O‘zbekiston Ipoteka-Bank ATIBda ishlayotgan bir guruh xodimlar nomidan kelgan maktubda, bankda bo‘layotgan o‘zgarishlar natijasida 1000dan ortiq ish o‘rni qisqartirilib, noroziliklarga sabab bo‘layotgani haqida yozilgan.

Matn tahrirsiz, imlosi va stilistikasi saqlangan holda berilmoqda.

Bank o‘z ish jarayoniga strategiyasi ishlab chiqilmagan, moddiy bazasi yaratilmagan, xodimlarning manfaatlari hisobga olinmagan yangilik kiritmoqchi bo‘ldi. Bu esa bankda xaosni keltirib chiqardi. Mingdan ortiq odam o‘z ish o‘rnidan ajrab qolish arafasida. Biz, bir guruh bank xodimi bu jarayonni analiz qilib, Ozodlikka yetkazishga qaror qildik.

Transformatsiya nima o‘zi?

2017 yil 7 sentabr kuni Bosh vazir A. Aripov tomonidan XMK va Ipoteka bank o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirish rejasi tasdiqlangan bo‘lib, institutsional transformatsiya qilish, bank aksiyalarini sotish va hokazo vazifalar belgilangan. Shulardan 2017 yilning 20 sentabrida kelishuvga asosan institutsional transformatsiya uchun 425 000 AQSh dollari evaziga, keyinchalik 2018 yil 12 sentabrdagi kelishuvga ko‘ra 1 000 000 AQSh dollari miqdorida ko‘rsatilgan konsultatsion xizmatlar uchun haq to‘lashni ko‘zda tutuvchi shartnoma tuzilgan. Unga ko‘ra barcha xizmatlar 2019 yilning 31 dekabriga qadar ko‘rsatilishi va tanlab olingan pilot filialda tajriba sifatida sinash, muvaffaqiyatli chiqsa 2020 yilning boshidan qolgan filiallarda joriy etish belgilangan. Lekin…

Xalqaro Moliya Korporatsiyasi(XMK) bizga nima berdi?

Birma bir ko‘rib chiqaylik. 2018 yil 12 sentabrdagi kelishuvning Dopolnenie I bo‘limida jami 14 hil yo‘nalishda XMK ko‘mak berishi ishlab chiqilishida qatnashishi va xujjatlar bank kollegial organida tasdiqdan o‘tkazib filiallarga ijro uchun tushirilishi lozim edi. Bugungi kunda filiallarga mazkur hujjatlarning 30% ham rasmiy ravishda jo‘natilmagan, balki hali ishlab chiqilmaganlari ham bordur. Lekin shunga qaramay Pilot filial oxiriga yetmay transformatsiya jarayonlarini o‘zboshimchalik bilan boshlab yuborildi.

Asoslanmagan shtatlar qisqartirishlari amalga oshirildi

Xodimlarning ruhlantirish o‘rniga battar ruhan cho‘ktirishga qaratilgan ishlar olib borildi. Dasturiy ta’minotni joriy qilmay, ish yuklamalarini kamaytirmay, ish samaradorligini oshirmay qilingan bu pala-partish siyosat natijasida, filiallar topshiriqlarni bajara olmay seytnot holatiga tushib qoldi. Buni falajlanish deb atasa ham bo‘ladi. Bunga hali yana qaytamiz…

Bosh bankning yangi strukturasi, bloklar o‘rtasidagi jang

Barcha jonzotlarda kuzatilgani kabi insoniyatda ham yashash uchun kurash qonuni amal qiladi. Bosh bank strukturasi qayta tuzilishi va funksiyalar qayta taqsimlanishi, yangi vazifalarni qo‘shilishi og‘riqsiz o‘tadigan jarayon emas albatta. Shu jarayonni tartibli o‘tkazish bank Boshqaruvining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu jarayonlarga panja ortidan qaralishi natijasida anarxiya yuzaga keldi. Filiallarning masalalarini hal etishdan ko‘ra o‘zaro urush, hodim va mansab talashish kabi illatlar bolaladi. Natijada filiallarda Bosh bank bilan aloqador masalalar bo‘yicha mijozlarning ehtiyojini to‘liq qondira olmaslik holatlari ko‘paydi. Bosh bank va filial o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishbilarmonlik muhitiga darz ketdi.

Filial kim va qaysi boshqarma bilan ishlay olmay xunobi oshdi. Telefonlarga yozilgan xatlarga reaksiya qilinmadi. Biznes bloki(Flagman) rahbariyatga yolchimaydi. Oyligi 2000$ lik xodimlar boshqarmasi boshlig‘i nima bilan shug‘ullanayapti bilmadik. Rais qaerga qarayapti? O‘zi bankni boshqarayaptimi yo‘qmi? Eshitishni biladimi?

Butun bank va filiallar falaj bo‘lib qold

Amalga oshmayotgan va orqaga ketishga sabab bo‘layotgan faktlar Transformatsiya jarayoni puxta ishlab chiqilmagani butun bosh bank va filiallarni falaj qilib qo‘ydi Yangi server kelsa hammasi yaxshi bo‘ladi, programma tez ishlaydi degan xom xayol ekan. 1,3 mln. dollarga kelgan server hech narsani tezlashtirmadi. Gap boshqa yoqda demak. Uzkard terminali, bankomatini olib bera oladigan mard yo‘q. Defitsit hisobiga(o‘rtacha har bir filialga 150-200 ta terminal) yangi mijoz jalb qilib bo‘lmayapti. Yana 3 oy kutish kerakka o‘hshaydi. Xizmat ko‘rsatish sifati yo‘qolganligi oqibatida yillar davomida xizmat ko‘rsatilgan mijozlarning e’tirozi o‘rinli va ketib qolishiga asosiy sababdir.

Kreditlash 25 sentabrdan deyarli barchasi yopib qo‘yilgan. Mikroqarz to‘htatilgan. O‘ylanmay juda ko‘p noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinyapti. Kreditni markazlashtirish siyosati olib borilib, kreditlash faqat Bosh bank orqali amalga oshirilmoqda, bu PQ-3620 qarorga mutlaqo zid. Hodimlar o‘rtasida muhit ayanchli ahvolda, bir komanda bo‘lib ishlash yo‘q, faqat rais olib kelgan odamlar va eski ipoteka bank hodimlari 2 ta frontga ajralib olishgan. Rais vaziyatni faqat tomoshabin sifatida kuzatish bilan ovora.

Pilot haqida bir og‘iz so‘z

Pilot sifatida Toshkent shaharning Yunusobod filiali tanlandi. Umrida filialda ishlab ko‘rmagan, past balandini tushunmaydigan bosh bank hodimlaridan iborat guruh filialda o‘zi hohlagan og‘zaki topshiriqlarni berar, ertasi kuni boshqasi kelib buni nega bunday bajarayapsan deb urushib o‘zini yo‘liga solar, kunlar shu zaylda o‘tib borar edi. Chunki aniq tasdiqlangan rasmiy hujjat yo‘q edi. Bu bank Boshqaruvining katta hatolari sifatida tarixdan joy olsa kerak. Bora bora har hil topshiriqlardan filial hodimlari ma’nan, ruhan charchab aytilgan topshiriqlarni bajarmay qo‘yishdi. Qo‘ychivon ko‘paydiyu qo‘ylar harom o‘ldi. Bizga ma’lumki, biron loyihani amalga oshirishda hatolikka yo‘l qo‘yilsa qaysi bosqichida aniqlanishiga qarab harajatlar ko‘lamiga baho beriladi. Agar loyihalashtirish bosqichida aniqlansa 1% harajatga tushiladi. Agar loyihani sinash jarayonida(razrabotka) aniqlansa 10% harajatga tushiladi. Agar joriy qilish(vnedrenie) jarayonida aniqlansa 100% harajatga tushilishi iqtisodiy adabiyotlardan ma’lum.

Demak, Yunusobod filialida to‘g‘irlanmagan kamchilik qolgan barcha 38 ta filialga joriy etila boshlandi. Buni “meva”sini ko‘ryapmiz. RMO guruhi rahbari Farrux kuyunib aytganda ko‘pchilik e’tibor bermagan bunga. Bu boshqaruvning navbatdagi hatosi. Poydevor bu dasturiy ta’minot. Shu asosga qurilmas ekan bu tizim ishlamaydi. Ish samaradorligiga erishilmay qilingan qisqartirishlar bugun bizga kerak deb olib qolgan xodimlarimiz zimmasiga tushgan. Uni hech kim bu ishlardan ozod qilgan emas. O‘qitish muammosi. Bu eng muhim jarayon. Agar tasdiqlangan xujjatlar hayotiy bo‘lsa.

Tankalariga ishonadigan vallomatlar bankni orqaga tortayapti

Ammo Xukumat tomonidan imzolangan Halqaro Moliya Korporatsiyasi bn imzolangan va berilgan vazifalarga tizimni yo‘lga qo‘ymasdan 1000dan ortiq xodimlarni sokrashcheniya qilib bank tizimini uzgartiraman deb mijozlarni sarsongarchilikka va noqulay xizmat ko‘rsatishga olib kelish degani emas. Yoki bu Xalqaro Moliya Korporatsiyasi tomonidan berilgan topshiriqmikan? 3 yil davomida o‘zi nima qildi XMK? Birinchi odamlarni ko‘chada qoldirib, O‘zbekistonda ishsizlarni sonini oshirishmikan, bank tizimini o‘zgartiraman deb Xaos yaratib bor tizimni xam ichidan parchalashmikan ularni niyati. Balkim Bizning rahbarlarimiz xaliyam o‘zini ko‘rsatish maqsadida sochini olib kel desa boshi bilan olib kelishyaptimikan. Pastni ko‘rgan, oddiy xodimni dardini eshitadi. Ammo Ipoteka bank rahbarlari bunaqa emas. Osmondan tushgan, dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan, orqasidagi Prezident apparatidan tankalariga ishonadigan vallomatlar bankni orqaga tortayapti. O‘zini o‘rinbosarlarini boshqa o‘rinbosari orqali gapini eshitadigan rahbar Ipotekabankni tizimini sekinlatib emas ishni butunlay to‘xtatib qo‘ydi. Ish tizimi yurmayapti, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha muammolar yetarlik va xal qiladigan odamni o‘zi yo‘q.

Xodimlarni sokrashcheniya qilganlik oqibatida, qolgan xodimlar ish xajmi ko‘payganligi tufayli soat 18dan keyin xam qolib ishlashga majbur, optimizatsiya jarayoni filiallarda boshlanganligi uchun xodimlar yetishmovchiligi va ularni yangi tizimda ishlashni o‘rgatish bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovsiz majburiy xolda shanba va yakshanba kunlari seminarlar, o‘quv treninglar qilgan xolga jalb qilinmoqda”. Iqtibos tugadi. [1].

1. Bu faktdan menda bu ketishda O’zbekistonning kelajagi nima bo’ladi? Diktator, qonxo’r Islom Karimovning 27 yillik boshqaruvida mamlakatda Jasliq qamoqxonasi qurilgandi, faoliyat ko’rsatgandi, Andijon qirg’ini ro’y bergandi,Gulnora Karimova va Lola Karimova-Tillayevalar milliardlab pullarni o’marishgandi, korruptsiya, zo’ravonlik gullab yashnagandi. Endichiu bu yog’i nima bo’ladi, yana korruptsiya gullab yashnaydimi, zo’ravonliklar davom etradimi?

2. XVJ prezident Shavkat Mirziyoyevning soxta ayblar bilan qamalgan inson huquqi himoyachilarini, mustaqil jurnalistlarni, siyosiy faollarni ozod qilganini, majburiy mehnatni keskin kamaytirganini, erkin valyuta almashtirishni yo’lga qo’yganini, qo’shni mamlakatlar bilan siyosiy,iqtisodiy, madaniy aloqalarni yaxshilaganini hisobga olib 3,3 milliard AQSH dollarida imtiyozli qarz bergandi. O’zbekiston Londonda 1 milliard AQSH dollarida yevroobligatsiyalar chiqargandi. Xitoydan $8 milliard qarz olgandi, lekin bu Xitoydan olingan qarzning inson huquqlari ahvolining yaxshilanishiga aloqasi yo’q.

3. Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir.

4. Lekin, O’zbekistonda davlat mulki hukmron. Banklarning aksariyat ko’pchiligi davlatniki. Banklar o’rtasida raqobat yo’q.

5. Mamlakatda diktator Islom Karimov davridagiday so’z erkinligiga, ommaviy axborot vositalari erkinligiga, erkin internetga, muxolifatga yo’l yo’q.

Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik yo’q.

Bunday sharoitda mamlakatda erkin, demokratik saylovlar mutlaqo o’tkazib bo’lmaydi.

6. O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

25-oktyabr, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ipoteka-Bankning noto‘g‘ri tajribasi mingdan ortiq xodimning ishdan ketishiga sabab bo‘ldi. 20.10.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30226518.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

Leave a Reply

Your email address will not be published.