O/zbekiston. Soqol, hijob, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik, korruptsiya?! (2019).

Spread the love

O’zbekistonda soqollilar va hijoblilarga nisbatan hokimiyatning munosobati siyosiy tuzumning mohiyatini yaqqol ochib berdi. Tuzumning mohiyati Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyevning soqollilarga va hijoblilarga qanday qilib qarshi kurash usullarida yanada yaqqol ko’rindi.

Ozodlikdan iqtibos: [1]. “Farg‘ona hokimining viloyatda soqol va hijobga qarshi kurash buyicha keskin topshiriq bergani qayd etilgan audioyozuv Ozodlikka kelib tushdi.

38 minutlik audioni tahririyatga yo‘llagan manbalar uning shu kunlarda G‘aniyev tomonidan o‘tkazilgan selektor davomida yozib olinganini iddao qildi.

Majlis davomida ovozi Shuhrat G‘aniyevnikiga o‘xshash mulozim qo‘l ostidagilarni “ahmoq” deb so‘kib, buyruq va topshiriqlar berayotganini eshitish mumkin.

Hokim Shuhrat G‘aniyev o‘zining majlislarida qo‘pol chiqishlari bilan avval ham tanilgan, prezident Mirziyoyev tomonidan ogohlantirilgandi.

Tahririyatga kelib tushgan audioyozuvda majlisni olib borayotgan mulozim Farg‘ona viloyatidagi qator tumanlardan yig‘ilgan mas’ullardan hisob so‘raydi.

(Hozircha bu majlisning qachon va qaerda bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Hokimlik bu boradagi savollarni ochiq qoldirdi)

Majlis mazmunidan asosiy e’tibor diniy targ‘ibot ishlari va umumiy o‘rta ta’limga qaratilganini tushunish mumkin.

Audioyozuvning ilk soniyalaridanoq mulozim jamoat joylarida “beo‘xshov soqol qo‘yib yurgan”lar masalasiga to‘xtaladi.

“… shularning 386 nafari soqol qo‘ygan, nomardlar.Tahlillar bo‘yicha bunaqa holatlar Qo‘qon, Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari, Buvayda, Farg‘ona tumanlarida beo‘xshov soqol qo‘yish hollari keng avj olgan. Bundan tashqari, xotin-qizlar orasida kiyinish – ro‘mol, hijob madaniyatiga rioya etmayotgan jami 851 nafar xotin-qiz aniqlanib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borilib, 300 tasining tashqi qiyofasi va kiyinish madaniyatini o‘zgartirishga erishildi”, deydi Farg‘ona viloyati hokimi ekaniga ishonilgan ovoz egasi.

Mulozim, taqiqlangan diniy tashkilotlar targ‘iboti bilan shug‘ullangan 39 shaxs javobgarlikka tortilganini ma’lum qiladi.

Ayni paytda, turli davlat idoralarida namozxona ochish uchun qonunda jazo belgilanganini eslatadi.

Shahar va tumanlar bo‘yicha hisobotlardan parchalarni o‘qirkan, mulozim mas’ullarga yuzlanib, savol tashlaydi.

Vaqti-vaqti bilan qizishib, ularni “ahmoq” deb tahqirlaydi, sensirab yuboradi.

“Shuning uchun hurmatli hokimlar, eshitib olinglar: birortang agar majlis qilsang, men borsam, o‘sha kiyimda o‘tirgan ayol kishini ko‘rsam – mahalla raisimi u, o‘qituvchimi u, savdogarmi u, jamoatchimi u, deputatmi u – o‘sha ro‘molini olib, og‘zingga tiqib qo‘yaman!” deb baqiradi mulozim”. Iqtibos tugadi. [1].

Erkin, demokratik mamlakatlarda soqol qo’yish, qo’ymaslik, hijobda bo’lish va bo’lmaslik xar bir vatandoshning shaxsiy ishi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar bunday ishlarga aralashmaydilar, e’tiqod erkinligigi hurmat qilinadi.

O’zbekistonda esa mansabdorlarning soqol va hijob ishlari bilan shug’ullanishlari mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarining hurmat qilinmasligini ko’rsatadi. Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 13 va 18 moddalari qo’pol ravishda oyoq osti qilinyabdi: [2].

13-modda.

O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.

18-modda

O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo’lishi shart.

Dunyoning erkin,demokratik mamlakatlari fan, ta’lim, texnologiya,sanoat va iqtisodi rivojlangan mamlakatlardir. Bu mamlakatlar taraqqiyotga soqol va hijob uchun kurashib emas, iqtisodiy va siyosiy erkinliklar uchun kurashib erkin va demokratik saylovlar bilan hokimiyatni almashtirish, nazorat qilish darajasiga erishganlar.

O’zbekistonliklar esa ishsizlikdan, qashshoqlikdan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy adolatsizlikdan mamlakatni tashlab chiqib Rossiya, Qozog’iston, Turkiya va boshqa mamlakatlardan ish izlamoqdalar yoki dunyoning erkin, demokratik va boy mamlakatlaridan siyosiy boshpana olmoqdalar.

Yana O’zbekistonda na iqtisodiy erkinlik bor, na siyosiy erkinlik bor, na erkin matbuot bor, na erkin internet bor, na muxolifatga yo’l bor, na mustaqil parlament, na mustaqil sud tizimi bor. Siyosiy tuzum o’rta asr xonliklari va SSSR davridagi qoloq siyosiy tuzumni eslatadi. Qoloq siyosiy tuzumda yana soqol va hijobga yo’l berilsa mamlakatning asl siyosiy basharasi zamonaviy emasligi dunyoga oshkor bo’lib qoladi.

O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[3].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [4].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[5].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [6].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [7,8].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [7,8].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [7,8].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [9].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

4-oktyabr, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Viloyat hokimi “beo‘xshov soqol” qo‘ygan va ro‘mol o‘raganga qat’iy chora ko‘rishni buyurdi. 29.09.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30189992.html ).

2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

3. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

4. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

5. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

6.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

7. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

8. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

9. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.