O’zbekiston. O’ta iqtisodiy qoloqlikning mustaqil sud tizimi yo’qligiga qanday aloqasi bor?! (2019).

Spread the love

O’zbekistonda mustaqil sud tizimi yo’qligini tajribali advokat, sobiq tergovchi Sergey Mayorov Centre1. com ( Центр-1) web saytidagi maqolada batafsil asoslab bergan. [1].

Maqola BMTning inson huquqlari bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayanning 19-25 sentyabr kunlari bo’lib o’tayotgan tashrifi kunlarida chop etildi. Diyego Garsiya-Sayan O’zbekistondagi sud tizimining qanchalik mustaqilligi va hokimiyatning bo’linish printsiplariga va xalqaro standartlarga qanchalik mos kelishini baholashga kelgan.

Maqolada mamlakatda mustaqil sud tizimi yo’qligini Sergey Mayorov 10 sabab bilan asoslagan.

Bular:

1.Dastlabki tergov paytida advokatning hibsga olingan himoyasidagi jabrlangan bilan ko’pincha uchrashishga yo’l qo’yilmasligi. Bu yo’l qo’ymaslik Davlat Xavfsizlik Xizmati va Bosh prokuratura tomonidan amalga oshiriladi.

2.Advokatning hibsdagi jabrlanuvchi bilan uchrashuvi Davlat Xavfsizlik Xizmatining xodimi ishtirokida bo’lib o’tadi. Qonun bo’yicha o’z himoyasidagi jabrlanuvchi bilan yakkama-yakka uchrashishi kerak.

3.Advokatlarning hibsdagi jabrlanuvchi bilan telefon orqali suhbatlari Maxsus xizmat xodimlari tomonidan maxsus ruxsat olinmasdan yashirincha eshitiladi yoki yozib olinadi.

4.Qolgan 6 ta punktlarda advokatlarning dastlabki tergov paytida tergovchilar tomonidan, sud paytida sudya tomonidan e’tiborsiz qoldirilishi, ko’pincha sudlarning DXX va Bosh prokuratura tashabbusi bilan jinoiy ishlar ko’pincha xavfsizlik nuqtai nazaridan, maxfiylik nuqtai nazaridan yopiq o’tkazilishi, ko’p jinoiy ishlarning maxfiy deb e’lon qilinishi advokatlarning ommaviy axborot vositalari, mahalliy va dunyo jamoatchiligiga hibsga olingan jabrlanuvchining huquqlarini oyoq osti qilinishi va unga nisbatan qonunga zid hatti-harakatlar to’g’risida ma’lumot berishga imkoniyat berilmasligi va hokazolardan iborat.

Yana maqolada Sergey Mayorovning sudyalarning mustaqil emasligi haqida 5 punktdan iborat fikri keltirilgan.

1.Sudyalar O’zbekiston respublikasi fuqarolari bo’lib, ular oliy ma’lumotli va ular tergov paytidagi barcha qonunlarning buzilishidan xabardor bo’lgan holda huquqni himoya qilish organlaridagi “qoidalar” bo’yicha faoliyat yuritishga majburdirlar. Ular o’z amalini saqlab qolish uchun sudyalar ayblovchi prokurorlarning ayblov pozitsiyasini ochiqdan-ochiq qo’llab-quvvatlaydilar va ma’qullaydilar. Sud tizimining mustaqil emasligi tuman sudlaridan to Oliy sudgacha tegishli.

2.Sudyalar ko’pincha sud hukmi o’qilmasdan oldin sud hukmi matnini, o’lchamini(razmer) va jazolash shaklini yuqoridagi amaldorlar va Maxsus xizmatlar bilan oldindan kelishib oladilar. Sergey Mayorovning aytishi bo’yicha bularni u kasbdosh advokatlardan va davlat amaldorlaridan bo’lgan o’zaro suhbatlardan bilib olgan.

Qolgan punktlarda sudyalarning dastlabki tergov xulosalarini chuqur o’rganmasdan, tekshirmasdan sud hukmini o’qishi, advokatlarning tergov paytida yo’l qo’yilgan qonunsizliklarni ochiqlaganida e’tiborga olmasligi va hokazolar haqida fikr yuritiladi. [1].

O’zbekistonda mustaqil sud tizimining bo’lishi vatandoshlarning toptalgan huquq va erkinliklarini qayta tiklanishiga, adolatning o’rnatilishiga va iqtisodiy farovonlikka olib kelar edi.

Darhaqiqat, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi juda past bo’lib, 53,3ga tengdir. Iqtisodiy ko’rsatkichning past bo’lishiga xukumatning halolligi (government integrity) 25 ball eng ko’p hissa qo’shgan bo’lsa, sud tizimining mustaqilligi (juditiary effishiency) 34 ball bilan ikkinchi eng ko’p hissani qo’shgan. Umuman olganda, qonun ustivorligi guruhi mulkning daxlsizligi (propriety rights) 50 ball bilan iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichining past bo’lishiga eng ko’p hissa qo’shgan guruhdir. [2].

Mustaqil sud tizimining shakllanishi mamlakatda vatandoshlarning 5 asosiy erkinliklarining tiklanishiga va pirovardida kuchli fuqaroviy jamiyatning yaratilishiga olib kelardi. [3].

Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichining oshishi baquvvat o’rta sinfning shakllanishiga va siyosiy erkinlik ko’rsatkichining o’sishi kuchli fuqaroviy jamiyatning shakllanishigava olib kelardi.

Qaysi mamlakatda baquvvat o’rta sinf va kuchli fuqaroviy jamiyat shakllangan bo’lsa, u mamlakatda erkin, demokratik saylovlar o’tkazish uchun iqtisodiy va siyosiy asos poydevor yaratilgan bo’ladi. Erkin, demokratik saylovlar esa korruptsiya ko’rsatkichining keskin o’sishiga olib keladi.

Yuqori korruptsiya ko’rsatkichi esa, mamlakatning investitsion jozibadorligini keskin oshiradi. Investitsiyalarning mamlakatga kirib kelishi yangi ish o’rinlarining yaratilishiga, iqtisodning o’sishiga, farovonlikka olib keladi. O’zbekiston o’ta iqtisodiy qoloqlikdan, qashshoqlikdan qutuladi. [5,6,7,8].

O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

27-sentyabr, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Сергей Майоров: «В Узбекистане нет независимого суда…». 23.09.2019. (https://centre1.com/uzbekistan/sergej-majorov-v-uzbekistane-net-nezavisimogo-suda/ ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.