O’zbekiston. Oltinlar qayerga sovurilyabdi?! (2019).

Spread the love

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvining 3-yilida oltinni xorijga eksport qilish keskin oshayabdi.

Yetti oyda xorijga deyarli 3,5 milliard dollarlik oltin sotildi. [1].

Bu Ozodlik xabarining sarlavhasi.

Ozodlik xabari: “O’zbekiston iyul oyida avvalgi besh oydagidan ko’proq oltin sotdi. Davlat statistika qo’mitasining bildirishicha, 2019 yilning yanvaridan may oyigacha xorijga 1 milliard 200 million dollarlik oltin sotilgan edi. Iyul oyida esa sotilgan oltin miqdori 1 milliard 400 million dollarlik oltin sotgan.

Qiyoslash uchun aytish lozimki, 2018 yilning yanvaridan iyul oyigacha xorijga 1,5 milliard dollarlik oltin eksport qilingan edi.

Statistika qo’mitasi so’ggi besh yilda eksportda oltin hajmi 12,1 foizdan 31,8 foizga ko’tarilganini qayd etgan

Avvalroq O’zbekiston 2019 yilda 80 tonna oltin sotishni rejalashtirayotganini xabar qilingan edi. Bu esa 2018 yilga nisbatan 10 tonnaga ko’proqdir”. Ozodlik xabari tugadi.

Quyidagi ma’lumotlarga va hisoblashlarga e’tibor bering.

Gold price. 28.08.2019. oz. 1 ounce=1,540.70 .( https://goldprice.org/ ).

1 ounce=28.3495

1,540.70

+14.40

+0.94%

Gold price. 28.08.2019. oz. 1 ounce=1,540.70 .( https://goldprice.org/ ).

1 gram oltin=49,5 AQSH dollari.

1 kg oltin=49 500 AQSH dollari.

1 tonna oltin=49 500 000 AQSH dollari.

3,5 milliard AQSH dollari:3,5 000 000 000: 49 500 000=70 tonna.

1 AQSH dollari=8 100 o’zbek so’mi. 05.09.2017.

1 AQSH dollari=9 401,5 o’zbek so’mi. 28.08.2019.

O’zbekiston 2019 yilning 7 oyida 3,5 milliard AQSH dollari, yani 70 tonna oltinni xorijga sotgan. Mamlakat oltin zahirasi ( quyma oltin) 340 tonna ekanligini hisobga olsak bu juda ko’p.

Nega prezident Shavkat Mirziyoyev oltinni sotishga juda berilib ketyabdi?

Mamlakatda 2017 yilning 5 sentyabrida 1 AQSH dollari 8 100 so’m bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda 9 400 so’m. Ayniqsa, avgust oyida 1 AQSH dollari 8 600 so’mdan 9 400 so’mgacha keskin ko’tarildi. O’zbek so’mi tinmay qadrsizlanayabdi, vatandoshlar qashshoqlashyabdi.

Bu qashshoqlashish O’zbekiston Jahon bankidan 3,3 milliard AQSH dollari qarz olganidan keyin, 1 milliard AQSH dollari miqdorida Londonda obligatsiyalar chiqarganidan keyin ro’y bermoqda.

O’zbekistonning tashqi qarzi 20 milliard AQSH dollariga yetib qoldi, yalpi ichki mahsulotning 25 foizidan 37 foizga ko’tarildi.

Mustaqillik yillarida mamlakatda minglab tonna oltin qazib olindi. Mamlakat iqtisodi hamon o’ta qoloq.

Mamlakatda korruptsiya darajasi juda yuqori bo’lgani uchun chet el investsiyasi kirib kelmayabdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev vatandoshlarga iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik bermayabdi. Vatandoshlar ham na iqtisodiy na siyosiy erkinliklarni uyushib talab qilmayabdilar, kurashmayabdilar.

Kelajakda O’zbekistonning tashqi qarzi ko’payib ketib, mamlakat daromadini faqat tashqi qarzga to’lash bilan ovora bo’lib qolishi mumkin.

Masalan Pokiston tashqi qarzini to’lash uchun Saudiya Arabistoni, Xitoy va Jahon bankidan qarz so’rashga majbur bo’lmoqda.

O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Korruptsiya gullab yashnayabdi. Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi, korruptsiya ko’rsatkichi juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Oltin, uran,gaz va boshqa tabiiy boyliklarga boy, korruptsionerlarga ham boy, ammo xalqi qasgshoq O’zbekistonda, Navoiy viloyatida Uchquduq degan joy bor. Uchquduq “Yalla” guruhini dunyoga mashhur qildi yoki Uchquduqni “Yalla” gunyoga tanitdi desak ham mubolag’a bo’lmaydi.. Uchquduqda uran va oltin qazib olinadi. Dunyoga tanilgan,xushovoz xonanda Farruh Zokirov va “Yalla” guruhi ijrosida “Uchquduq” qo’shig’ini tinglang. [9].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

30-avgust, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Етти ойда хорижга деярли 3,5 миллиард долларлик олтин сотилди. 21.08.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30120454.html).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

9. Ялла – Учкудук (Yalla – Uchquduq). ( https://www.youtube.com/watch?v=bjsmhP0XZEc ).

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.