… tarixi va madaniyati mushtarak ikki xalqni yarashtirish.

Spread the love

Qirg’izistondagi qirg’inda kim aybdor?

Foto AP

O’sh viloyatidagi qochqinlar lagerida… Boshpanasiz o’zbeklar referendumda ovoz berdi. Umid qilmasdan iloj yo’q, deydi ular.

Boshqalar bilan ulashing

Shu mavzuda

Baktybek Abdrisayev, Qirg’izistonning AQShdagi sobiq elchisi deydiki, hozir asosiy vazifa tinchlikni saqlash, tarixi va madaniyati mushtarak ikki xalqni yarashtirish.

Mahalliy va xorijiy tahlilchilar Qirg’izistonda ro’y bergan qonli hodisalarga turlicha baho beradi. “Etnik qarama-qarshilik, 1990-yillardagi to’qnashuvlarning takror ko’rinishi”, deydi ba’zilar.

O’sh va Jalolobodda asosan o’zbeklar nishonga olingani sabab qirg’izlarni qirg’in-genotsidda ayblayotganlar ham bor. To’qnashuvlarda janubdagi jinoiy to’dalar rol o’ynagani ham ehtimoldan xoli emas.

Mintaqadagi vaziyat bilan yaqindan tanish siyosatdonlar fikri umumiy bir nuqtada kesishadi, ya’ni Qirg’iziston va O’zbekiston, bu ikki xalq o’rtasida janjal qo’zg’atish uchun tashqaridan puxta rejalangan provokatsiya bo’lgan.

Buning isboti sifatida zo’ravonlikning janubiy viloyatlarda tezlikda tarqalishi, hujumchilar qo’lidagi qurol-aslaha va talofat ko’lami keltiriladi.

AP

O’sh, 27 iyun 2010

Qirg’izistonlik sobiq deputat Baktybek Beshimov mojaro alanga olishida muvaqqat hukumatni ayblaydi.

“Amaldagi rahbarlar, ular vaqtli bo’lsada, avvalgilaridan uncha farq qilmaydi”, – deydi Beshimov.

“Davlat xazinasini taloj-taroj va lavozimni suiiste’mol qilish, layoqatsizlik va jinoiy to’dalarga aloqadorlik boshqaruv apparatining asosiy belgilari bo’lib qolmoqda”.

AP

O’shdagi ovoz berish markazlaridan birida, 27 iyun 2010

Qurmanbek Bakiyev hokimiyatdan ag’darilgach janubda namoyishlar avjga chiqib, mahalliy boshqaruv idoralari ishg’ol qilindi. Ma’muriy binolarni ozod etishda muvaqqat hukumat tarafdorlari, jumladan Qodirjon Botirov boshchiligidagi qurollangan o’zbeklar ishtirok etdi.

Beshimov nazarida bu xunrezlikka yetaklagan mojaroning boshlanishi edi. Ammo janubdagi xavfli jarayonlar muvaqqat hukumat e’tiboridan chetda qoldi.

“Qodirjon Botirov boshchilidagi o’zbek jamoasi konstitutsiyaga o’zgartirishlar, jumladan o’zbek tilini davlat tili deb tan olish bo’yicha olg’a surgan talablar o’rinli bo’lsada, bu go’yalar janubda siyosiy bo’shliq hukmron qaltis bir sharoitda o’rtaga tashlangani qirg’izlarni g’azabga keltirishi, etnik adovat qo’zg’atishi aniq edi. Jamoaning  mo’tadil yetakchilari Botirovni to’xtatishga ojizlik qildi”, – deya mulohaza yuritadi hozirda AQShda yashayotgan siyosatchi.

AP

O’shda ovozlar sanalmoqda, 27 iyun 2010

Ayni paytda janubda vaziyatni barqarorlashtirish uchun hukumat birinchi navbatda harbiylar va militsiya xodimlarini tiyishi zarur.

Muhimi – aholi ishonchini qozonish. Ikkinchidan, kuzatuvchilar hokimiyat almashgandan so’ng O’sh va Jalolobodda jinoiy to’dalar va narkotraffik faollashganiga e’tibor qaratadi.

Baktybek Abdrisayev, Qirg’izistonning AQShdagi sobiq elchisi deydiki, hozir asosiy vazifa tinchlikni saqlash, tarixi va madaniyati mushtarak ikki xalqni yarashtirish.

Aziz Sharsheyev Bishkekda joylashgan “Big Brothers” kompaniyasi prezidenti fikricha Qirg’izistondagi voqealar tekshirilar, tahlil qilinar ekan, aybni birovga to’nkashga shoshmaslik kerak.  Lekin u ham xalqlarni yarashtirish eng muhim vazifa ekanini ta’kidlaydi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.