O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati

Andijon fojiasiga yetti yil bo’ldi, “adolat talabi” hamon so’nmagan.
Yangiliklar

Yangiliklar  RSS

13 may, 2012

Andijon fojiasiga yetti yil bo’ldi, “adolat talabi” hamon so’nmagan

Malik Mansur | Amerika Ovozi.

Foto AP

Andijon, 13-may 2005

Andijon fojiasiga yetti yilligi to’lar ekan, xalqaro maydonda bu voqealarni unutmaslik kerak degan chaqiriqlar yangramoqda.

Xo’sh, bugun G’arb va O’zbekiston orasidagi siyosiy aloqalarda Andijon qanchalik muhim faktor?

Andijon fojiasidan yetti yil o’tib…. Kamoliddin Rabbimov tahlili, Malik Mansur lavhasi

Download: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

Xorijdagi o’zbek muxolifati mustaqil tergov masalasini ko’tarib keladi. Istanbulda o’tgan norozilik aksiyasida prezident Islom Karimovni sudga kerak degan gaplar aytilgan va bu borada BMTga murojaat qilingan.

Arizani O’zbekiston Xalq Harakati, o’zbek-turk faollaridan iborat “Erkin O’zbekiston uchun”  guruhi topshirgan.

2005-yilda AQSh va Yevropa Ittifoqi Andijon voqealarini mustaqil tergov qilish talabini O’zbekiston bilan siyosiy muloqotning asosiy shartlaridan biri sifatida qo’ygan edi.

AP

Andijon, 13-may 2005

“Andijon voqealarining O’zbekiston va G’arb aloqlaridagi o’rnini ikkiga bo’lish mumkin, birinchisi huquqiy, ikkinchisichi siyosiy. Xalqaro huquqiy masalada Andijon voqealari yopilgan. 2005-yilda Yevropa bu voqealarni xalqaro tergov qilishni rasman talab qildi. Rasmiy Toshkent esa bunga ko’nmadi. 2009-yilga kelib esa Yevropa Ittifoqi bu sanksiyalarni olib tashladi va huquqiy tomondan bu masala yopildi. Lekin siyosiy tomoni qolmoqda… Bu esa O’zbekistondagi hokimyatga soya soladigan jiddiy omil. O’zbekiston hukumatini nolegitim qilib ko’rsatish mumkin bo’lgan asosiy omil – Andijon voqealari…”, – deydi siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov.Yevropadagi ayrim siyosiy doiralar ham dunyo ahlini Andijon fojialarini unutmaslikka chaqirmoqda.

AP

Hukumat 184 odam o’lgan deydi, huquq himoyachilari esa 500 dan ortiq odam ko’milganini aytadi

9-may kuni Berlinda Yashillar partiyasi vakili, deputat Vilola von Kramon tashabbusida Andijon fojialari xotirlandi. Unda bu borada ishlangan hujjatli film muhokama qilindi.“Deputatlar, jurnalistlar, huquq himoyachilari bu masalani albatta qayta-qayta ko’tarishlari mumkin, lekin Yevropadagi qudratli davlatlar, deylik, Germaniya, Fransiya va Britaniya bu masalani kun tartibiga qo’ymas ekan, hech qanday natija bo’lmaydi”, – deydi Rabbimov.

O’zbekiston hukumati fojiada ekstremistik guruhlarni ayblagan va yuzlab insonlar sudga tortilgan. Lekin bu jarayon xalqaro jamoatchilik tomonidan ishonch qozonmagan.

Andijon fojialaridan yetti yil o’tib tergov masalasi yana ko’tarilmoqda, biroq bugun bu imkoniyat bir qadar qiyin ko’riladi.

ASSOCIATED PRESS

Andijon, 20-may 2005

“Keyingi paytda qiyinchilik bilan bo’lsa-da, yangi qonunlar qabul qilinayapti. Unga ko’ra,  qudratli va obro’li bo’lgan xalqaro huquq tashkilotlariga ham ovoz berilayapti. Masalan, Xalqaro Amnistiya, Human Right Watchva shunga o’xshash ancha kuchli bo’lgan huquq tashkilotlari. Lekin ular uchun ham O’zbekistondagi vaziyatni ko’tarishda yangi, jiddiy sabablar bo’lishi kerak. Ular yetti yil avval sodir bo’lgan voqealarni ko’tarib, kun tartibiga yangi masala sifatida qo’ya olishmaydi. Shu bois O’zbekiston Xalq Harakati tashabbusini ko’proq ramziy ma’noda tushunish mumkin”, – deydi Rabbimov.Karimov ma’muriyatiga ko’ra, 2005-yil 12-13 may kunlari Andijonda 184 kishi o’lgan, norasmiy manbalarga ko’ra esa bir necha yuz odam qurbon bo’lgan edi.

Andijon fojiasidan yetti yil o’tib… Haqiqatni kim biladi?

Andijonni unutmang, deydi Human Rights Watch tashkiloti, Navbahor Imamova xabar beradi

Download: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

O’zbekiston ahli Andijonni qanday eslaydi Toshkentdan adiba va siyosiy faol Dilorom Isxoqova bilan suhbat/Navbahor Imamova

Download: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

Shu mavzuda

Human Rights Watch: “Andijonni unutmang”

Xalqaro tashkilot Andijon fojiasining yetti yilligi munosabati bilan G’arbni O’zbekistondagi vaziyatga e’tibor qaratishga undamoqda

Klintonga xat: O’zbekiston xalqaro kuzatuvchilarga darvozani ochsin

Huquq tashkiloti: AQSh O’zbekistondagi vaziyatga ko’z yuma olmaydi

Oliy Majlis vakillari AQShda, demokratik taraqqiyot – asosiy mavzu

Matbuot erkinligi – uzviy huquq, O’zbekistondagi vaziyatga sharh

http://www.voanews.com/uzbek/news/Andijan-7-years-151241255.html

AQSh O’zbekistonga juda ham kerak, deydi jurnalist Husniddin Qutbiddinov.
Yangiliklar  RSS

03 aprel, 2012

AQSh O’zbekistonga juda ham kerak, deydi jurnalist Husniddin Qutbiddinov

Navbahor Imamova | Vashington

Foto Reuters

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton O’zbekiston rahbari Islom Karimov bilan, Toshkent, 22-oktabr, 2011

“Besh minutli manfaat uchun obro’ni yo’qotishning keragi yo’q”

AQShda asoslangan va dunyo bo’ylab inson huquqlarini targ’ib qiluvchi Human Rights Watch tashkiloti O’zbekiston bo’yicha yillik hisobotini chiqarganidan beri Vashingtonda bu masalaga e’tibor oshgan.

Ochiq Jamiyat Instituti yetakchi mutaxassisi Jeff Goldshteyn deydiki, Afg’oniston bo’yicha hamkorlikka zo’r berayotgan Amerika O’zbekistonda huquq muntazam ravishda buzilayotganiga ko’z yuma olmaydi.

Yaqinda AQShning chet eldagi elchilarini Vashingtonga to’plagan Davlat kotibasi Xillari Klinton ularga Amerikaga xos qadriyatlar, ayniqsa, erkinlikni keng targ’ib qilish borasida ko’rsatmalar berdi. Shunday ekan, deydi Goldshteyn, Obama ma’muriyati uzoqni o’ylab ish tutishi kerak.

AQSh O’zbekistondagi vaziyatni yaxshilash uchun nima qila oladi?/Jurnalist Husniddin Qutbiddinov tahlili/Navbahor Imamova lavhasi

Download: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

Husniddin Qutbiddinov O’zbekistonda tanqidiy maqolalari bilan tanilgan jurnalist, “Ozodlik” radiosi va “Associated Press” axborot agentliklariga ishlagan, o’tgan yillar ichida yana ko’plab nashrlar va axborot vositalari orqali xabarlar uzatgan. Yaqindan beri u AQShda yashaydi.

Ochiq Jamiyat Institutida yig’ilgan diplomatlar, jurnalistlar, tahlilchilar va siyosiy idoralarning vakillari oldida u vatandagi holatni izohlab berdi. Amerika O’zbekistonga bosim o’tkazishi kerak, deydi u. Qanday qilib?

Qutbiddinov

Husniddin Qutbiddinov “Ozodlik” radiosi va “Associated Press” axborot agentliklariga ishlagan

“Hammamiz bilamizki, Rossiya sobiq Sovet hududida eng qudratli, eng katta ta’sirga ega davlat. O’zbekistonni eng ko’p bezovta qilayotgan davlat ham Rossiya. O’zbekiston hukumati vakillariga qaraganda yoshroq bo’lgan Rossiya hukumati vakillari O’zbekistonga buyruq berishga, unga ta’sir o’tkazishga harakat qiladi. Rossiya odatda gapirgan gapi qilinishiga o’rgangan. Sovet paytidan qolgan odat. Lekin O’zbekistonning ham o’ziga yarasha ambitsiyasi bor. O’zbekistonning qarib qolgan hukumati Rossiyaning yosh boladek hukumatining buyrug’ini bajarishni xohlamaydi. Shuning uchun ularga Amerika kerak. Amerikaning borligi Rossiyani O’zbekiston bilan bir oz boshqacha pozitsiyadan turib gapirishga majburlaydi. Amerika buni bilishi kerak, biladi ham va shuning uchun ham O’zbekistonga o’ziga yarasha shartlarni qo’yishi kerak. Xo’sh, biz senga Rossiya bilan aloqani tekislash uchun vosita bo’lib berayapmizmi, demak, sen ham biz xohlaydigan ba’zi bir shartlarni bajarishing kerak deyishi kerak. O’zbekiston bajaradi, iloji yo’q. Xillari Klintonning borishiga Norboy Xoljigitovni qo’yib yubordimi, yubordi. Yusuf Jumadek qo’yib yuborishi qiyin bo’lgan odamlarni qo’yib yubordi… Xillari Klintonning kelishiga shuncha… Hammamiz xursand bo’ldik, chapak chaldik. Klinton keldi-ketdi, Human Rights Watch haydab yuborildi O’zbekistondan”,- deydi jurnalist. Amerika rasmiylari O’zbekistonga “aql o’rgatish” va uni “urushish” samara bermaydi deydi. Aloqalar uchun mas’ul Davlat departamenti nazarida muntazam muloqot orqali vaziyatni yaxshilash mumkin. Husniddin Qutbiddinov fikricha esa quruq gapdan amaliy qadamga o’tish payti yetdi.

AP

Islom Karimov va Dmitriy Medvedev, 13-iyun, 2011

“Amerika O’zbekistonda inson huquqlari bu qadar, bu qadar buzilishini to’xtatishni talab qila olishi mumkin. Hozir O’zbekistonga judayam kerak Amerika, shuningdek Yevropa… Birinchi navbatda, prezidentning ikkita qizi uchun kerak Yevropa. Ular o’sha yerda yuribdi. Ular Yevropada qasrlar sotib olayapti. Ular yashashi kerak u yerda. O’zbekiston uchun har qanday davlat bilan aloqaning yaxshilanishi faqat bitta odam va bir oilaning manfaati uchun kerak. Bu oila uchun shu kerakmi, demak, Yevropa uchun mana bu narsa kerak. Shu narsani qil, marhamat, aloqalar zo’r bo’ladi. O’tiraver o’sha yerda chirib ketguningcha taxtingda, lekin muhimi mana bu narsani qil. Mana shunday shartda gaplashishi kerak O’zbekiston bilan. O’zbekiston boradi shunday shartlarga. Iloji yoq, chunki. Yo’q desa, Rossiyaga borishi kerak. Rossiyaga yo’q deya olmaydi. Rossiya hech qachon O’zbekistonning kayfiyatiga qarab gaplashmaydi. Rossiyaning o’z ambitsiyalari bor. O’z qarashi bor. O’sha pozitsiyadan gaplashadi. O’zbekistonga bu kerak emas”,- deydi jurnalist.Vashingtonda keng tarqalgan qarash shuki, ayni damda AQSh O’zbekistonga emas, O’zbekiston AQShga ko’proq kerak. Shu bois, hamkorlik shartlarini Toshkent qo’ymoqda, Vashington emas. Xalqaro huquq himoyachilari va suhbatdoshimiz Husniddin Qutbiddinov bu fikrdan yiroq. Afg’onistonga yuk olib o’tish ruxsat berib, O’zbekiston katta daromad olmoqda, huzurini esa hukmron doira ko’rmoqda xolos, deydi ular.

VOA Uzbek

“Xo’p, Afg’onistonda muammo bor… Lekin O’zbekiston uchun ham Amerika kerak. Afg’oniston tufayli emas, O’zbekistondagi ba’zi elitaning ba’zi bir manfaatlari uchun kerak. Amerika buni juda yaxshi biladi, demak, foydalansin. O’zbekiston Amerikadan foydalanayaptimi, Amerika ham foydalansin. Shartlarini qo’yishi kerak, aks holda Amerika ham O’zbekistonda sodir etilayotgan jinoyatlarga sherik bo’ladi”,- deydi jurnalist.Obama ma’muriyati O’zbekistonga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirish bilan ovora ekan, respublika ahli orasida Amerikaning nufuzi tushib bormoqda, deydi Husniddin Qutbiddinov.

“Hozir oddiy xalq orasida Amerikaga nisbatan munosabat juda yomon. Chunki ko’rib turishibdi. Amerika, Amerika dedik, nima bo’ldi? Ana Navro’z bayramida prezident bilan raqsga tushayapti Amerikaning elchisi deyapti. Faqatgina kichik bir doira uchun qilinadigan konsertda Amerikaning elchisi raqsga tushayapti. Oddiy xalq nima qilayapti bu paytda, xudo biladi. O’sha bayram kuni dasturxonga qo’ygani noni bormi yo’qmi, buni xudo biladi”,- deydi jurnalist.

Amerika, deydi Husniddin Qutbiddinov, qat’iy va prinsipial harakat qilishi kerak. Axir bu erkinlikni bayroq qilgan jamiyat, insoniy qadriyatlarni har narsadan ustun qo’yadigan jamiyat, deydi u.

“Amerika shunday tanilgan dunyoga. Bu prinsipni o’zgartirish Amerikaga foyda emas. Besh minutli manfaat uchun obro’ni yo’qotishning keragi yo’q”,- deydi jurnalist.

Shu mavzuda

Huquq tashkiloti: AQSh O’zbekistondagi vaziyatga ko’z yuma olmaydi

Human Rights Watch Amerika va BMTdan O’zbekistondagi vaziyatni yaxshilash uchun muayyan choralar ko’rishni so’ramoqda.

Xillari Klinton Vashingtonda Elyor G’aniyev bilan uchrashdi

Markaziy Osiyoda fundamental huquqlar jiddiy tahdid ostida

AQSh xalqaro komissiyasi: Erkin e’tiqod – uzviy huquq

AQSh: Markaziy Osiyo bilan hamkorlik faqat Afg’onistonga bog’liq emas

http://www.voanews.com/uzbek/news/Human-Rights-Uzbekistan-US-146018045.html

O’zbekiston yana “internet dushmanlari” ro’yxatida.
Yangiliklar  RSS

12 mart, 2012

O’zbekiston yana “internet dushmanlari” ro’yxatida

Foto drooker.com

Bugun Xalqaro kibersenzuraga qarshi kurash kuni. “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti mamlakatlarni internetda cheklovlarga qarshi turishga, dunyoda imkon qadar ko’p odamni internet bilan ta’minlashga chaqirmoqda.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, qator davlatlarda onlayn senzura mavjud, internet faollar hibsda, fuqarolarning elektron maktublari nazorat ostida, ayrim saytlarga to’siqlar qo’yilgan, internetni cheklovchi qonunlar qabul qilingan.

Jahon aloqa tarmog’i orqali o’z siyosiy va diniy qarashlarini erkin bildirgan 120 ga yaqin faol qamoqda.

“Chegara bilmas muxbirlar” 12 davlatni internet dushmanlari deb belgilagan. Ular orasida Turkmaniston va O’zbekiston ham bor. 2011-yilda, deyiladi tashkilot bayonotida, arab dunyosidagi inqilobiy o’zgarishlar aynan internet vositasida amalga oshdi va bu hol ayrim davlatlarni, jumladan, O’zbekistonni xavotirga soldi.

O’zbekiston hukumati internet cheklovlarga rasman qarshi, biroq tarmoqda yoshlarni to’g'ri yo’ldan urish harakatlari mavjudligini ta’kidlaydi. O’zbekistonda internet nazorat ostida, xususan arab bahoriga doir voqealar muhokamasini o’z ichiga olgan forumlar, deyiladi tashkilot bayonotida.

“Chegara bilmas muxbirlar”ga ko’ra, O’zbekistonda muxolif mazmundagi saytlarga to’siq qo’yilgan, mamlakatdagi muammolarni internet orqali yoritayotgan faollar esa ta’qib ostida.

“Internet dushmanlari” qatoriga Bahrayn, Belarus, Birma, Xitoy, Kuba, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya va Vyetnam ham kiritilgan.

http://www.voanews.com/uzbek/news/internet-enemy-uzbekistan-142305365.html

Rossiyadagi o’zgarishlar o’zbekistonlik muhojirlar nigohida.
08 fevral, 2012

Malik Mansur | Amerika Ovozi

Foto AP

Muxoliofat 4-martdagi prezident saylovlari oldidan va ketidan katta namoyishlar uyushtirish niyatida

Rossiyada adolatli saylovlar talabi bilan o’tayotgan ommaviy norozilik namoyishlari Markaziy Osiyoda ham aks-sado berishi mumkin.

Rossiyadagi o’zgarishlar o’zbekistonlik muhojirlar nigohida, Malik Mansur lavhasi

Download: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

AP

4-martda o’tadigan prezident saylovlari oldidan mehnat muhojirlariga nisbatan munosabat ham muhokamada.Arab bahoridan farqli o’laroq Rossiyadagi siyosiy jarayonlar millionlab ishchi immigrantlar guvohligida ro’y berayotgani mintaqa uchun bag’oyat muhimdir.

Rossiyada o’tgan yilning dekabr oyida, parlament saylovlaridan keyin boshlangan namoyishlar ko’p jihatdan Kremlga suyanib kelayotgan Markaziy Osiyo rahbarlarini xavotirga solib qo’ygan bo’lsa ajabmas.

AP

Moskva ko’chalarida norozi omma Bosh vazir Vladimir Putinga lan’atlar aytmoqda, undan to’yganini aytib, hokimiyatni bo’shatishga chaqirmoqda.O’zbekistonda Rossiyadagi norozilik namoyishlari sukut bilan qarshilansa-da, mamlakatning iqtisodiy tayanchlaridan bo’lgan mehnat muhojirlari jarayonni yaqindan kuzatib turibdi.

Vladimir Putinga qarshi o’tkazilgan mitingda ishtirok etgan o’zbekistonlik huquq himoyachisi Bahrom Hamroyev deydiki, Rossiya bo’ylab rivojlanib borayotgan siyosiy faollik mehnat muhojirlarini chetlab o’tmaydi.

AP

“Ular asosan O’zbekison hukumatidan norozi bo’lib kelgan. Ishsizlik, qashshoqlik, huquqbuzarlik, bularning hammasini ko’rib kelishayapti. Rossiyada esa, har holda, O’zbekistonga nisbatan olganda, hur fikrlilik bor. Kelgusi namoyishlarda mintaqa muhojirlari albatta qatnashadi. Chiqib Rossiya jamoatchiligiga, hukumatiga aytadigan murojaatimiz, o’z siyosiy pozitsiyamiz bor. Karimovni qo’rqitadigan asosiy narsa o’zbeklarning birlashishi. Lekin bu yerda ular birlashishayapti va O’zbekiston kelajagiga ta’sir qiluvchi hatti-harakatlar qilamiz ”, – deydi bir necha yillardan buyon Moskvada yashayotgan Bahrom Hamroyev.

AP

“Bu yerda ham Putin rejimi turli bosimlar bilan muhojirlarni ishxonalaridan o’z himoyasi uchun mitingga olib chiqayotgan hollari bor. Lekin ozodlik uchun intilayotgan mintaqa fuqarolari asosan Putinga muxolifatda bo’lgan mitingda qatnashdi. Xullas, O’zbekiston bu boshqa bir qit’a emas, o’zgarishlar, aynan xalq istagan o’zgarishlar bo’lishi muqarrar”, – deydi huquq himoyachisi.Yana bir faol Abdurahmon Tashanov fikricha Rossiyadagi namoyishlar O’zbekistonda buzg’unchilik sifatida tariflansa-da, haqiqatda bu chiqishlar hukumatda jiddiy xavotir uyg’otgan.

AP

“Rossiyadagi voqealarni ommaviy axborot vositalari bermayapti… Berayotgan bo’lsa ham  qandaydir buzg’unchi kuchlar Rossiyada to’polon boshlamoqchi, buzuq g’oyalar olib kirmoqchi deya talqin qilinmoqda . Muhojirlar masalasi esa hukumatning doimiy xavotiridagi muammolaridan biri bo’lib kelgan”,- deydi Tashanov.”Chunki ular O’zbekiston hukumatining qo’li yetmaydigan bir masofada bu voqealarni kuzatayapti. Ongli ravishda xulosalar chiqarayapti. Keljakka ishonch, demokratik kayfiyat, uyg’onish kayfiyati mavjud”.

Abdurahmon Tashanov Rossiyadagi o’zgarishlar mehnat muhojirlari ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin degan fikrda.

“Hukumat bitta oliladan nechta kishi muhojirlikka ketganini aniqlab, hisoblab, tayyorgarligini ko’rib borayapti. Tashqarida hukumatga bo’ysinmaydigan katta kuch bor – zabardast, dunyo ko’rgan, fikrga chanqoq. Ularni mardikor deyishmiz mumkin, ma’lumoti past deyishimiz mumkin, lekin hayotiy nuqtai nazardan xalqning oldingi qismini belgilovchi kuch. Bu esa hukumatni xavotirga soladi”, – deydi Abdurahmon Tashanov.

4 fevral kuni Rossiya bo’ylab ommaviy chiqishlarda 200 mingga yaqin odam qatnashgani ma’lum.

http://www.voanews.com/uzbek/news/Central-Asia-Russia-138935909.html

Muhojir bolalar O’zbekiston elchixonasi oldida namoyishda.
Yangiliklar  RSS

03 yanvar, 2012

Muhojir bolalar O’zbekiston elchixonasi oldida namoyishda

Navbahor Imamova | Vashington

Foto Birdamlik

O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi oldida, 3-yanvar 2012

2005-yilda Amerikadan siyosiy boshpana olgan Bahodir Choriyev 2009-yilda vatanga qaytganida, tergov qilingan va O’zbekistondan chiqarib yuborilgan.

Sabab, deydi faol, uning “Birdamlik” nomli muxolif tashkilotga asos solgani va chet eldan turib, O’zbekistonda tuzum o’zgarishi uchun harakat qilayotgani.

2-3 yanvar kunlari Bahodir Choriyev, ukasi Ixtiyor Choriyev va bu katta oilaning 10 farzandi O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi oldida piket qildi.

Muxolifat farzandlari Vashingtonda namoyishga chiqdi, Navbahor Imamova lavhasi

Download: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

Choriyevlar yetti aka-uka. Aksariyati Missuri shtatida yashaydi. Haydovchilik qilib kun ko’rishadi. “Birdamlik”ni yuritish uchun moliya, asosan, oilaviy daromaddan keladi, deydi Bahodir Choriyev.

Birdamlik

O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi oldida, 3-yanvar 2012

Faolning keksa yoshdagi ota-onasi haliyam chorvachilik qiladi, lekin bugunga kelib mol-holi tortib olingan. Elektr toki uchun haq to’lanmagan deya hech qanday tergov va sudsiz bor mulk  musodara qilingan, deydi Choriyev.

Muxolifatchi va uning yaqinlari uchun vatanga qadam qo’yish oson emas, lekin o’z yurtiga borish va u yerni erkin tark etish – har bir insonning uzviy huquqi, deydi u. Sakkiz oydirki, ukasi Burxon Choriyev va kelini Sarvinoz Hamidova O’zbekistondan chiqa olmaydi. Farzandlarini Amerikada qoldirib, vatanga ketgan edi. Sabab – sog’inch.

“Burxon ikki bor qamoqqa olindi. Jarima belgilandi – 30 million so’m. To’ladik, lekin haliyam chiqarishmayapti. Kelinimiz Sarvinozga nisbatan ham jinoiy ish qo’zg’atilgan edi. Unga ham jarima solishdi, to’ladik. Afsuski, mana shu kungacha hujjatlarini ololmay sarson. Ularning aybi shuki, O’zbekistondan OVIR, maxsus ruxsat olmay chiqqan. Qozog’iston orqali BMT Qochqinlar idorasi orqali qochqin degan maqom olib, Amerikadan siyosiy boshpana olgan”,- deydi Bahodir Choriyev.

Birdamlik

O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi oldida, 3-yanvar 2012

Sarvinoz Hamidova – Ixtiyor Choriyevning rafiqasi. 6 yoshli qizi onasi bilan Shahrisabzda. Hech qayoqqa chiqa olmaydi. O’zbekistonga ketayotganida sentabrgacha, o’quv yiligacha, qaytish niyatida edi. 4 va 2 yoshli o’g’illari otasi bilan qolgan, chunki ular uchun elchixona zarur hujjatlarni bermagan. Juda qiyin bo’ldi, deydi Ixtiyor Choriyev.

“Bolalar har kuni yig’lab-siqtaydi. 30 million so’m jarima olishdi. Oilamni obdon qo’rqitishdi, qamalasan, deb. Bolalarim yemay-ichmay, shu pulni to’ladik”.

Ism-sharifi sir tutilishini so’ragan bir o’zbekistonlik nazarida bolalardan siyosiy maqsadlarda foydalanilmoqda. Bu go’daklar nima qilayotganini biladimi, piket ekan deb ularni bu yerga olib kelish va qo’liga plakat berib, namoyish qil, deyishganiga aql bovar qilmaydi, deydi u. Bolalar elchixonasi mashinasining yo’lini to’sib, xavf tug’dirgani ayniqsa xavotir uyg’otadi, deydi bu kuzatuvchi.

O’zbekiston elchixonasi piketga munosabat bildirmagan. Diplomatik vakolatxona bevosita Toshkentga javob beradi. Namoyish va chiqishlarga odatda hech qanday reaksiya yo’q.

Choriyevlar esa vatandagi vaziyatdan norozilik bildirish uchungina bu yerga kelganini aytadi. Qishning qahratonida yosh bolalar bilan bir necha soat yo’l bosib, Missuri shtatidan Vashingtonga kelishdan muddao shu, deydi Ixtiyor Choriyev. Bolalar ota-onasiz juda qiynalib ketdi, deydi u, ularni hech kim piketga majburlayotgani yo’q.

Birdamlik

O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi oldida, 3-yanvar 2012

“Bilsin boshqalar. Balki kimdir yordam qilar, qo’l uzatar. Ikki o’g’lim juda sarson, qiyinchilik bilan turibmiz. Onasiz yosh bolaga juda qiyin bo’layapti”, – deydi Ixtiyor Choriyev.

Burxon Choriyevning 13 yashar o’g’li Alpon elchixona oldida yordam so’rab turganlardan biri.

“Deyarli to’qqiz oydan beri ko’rganim yo’q dadamni. Elchixonadan so’rayotganimiz shuki, iltimos, otam va kelinoyim Amerikaga qaytsin. Buvamning molini qaytarib berishsin”.

Alponning ukasi 12 yoshli Jahongir ham shu gapni qaytarib, madad so’raydi.

“Qiynalayapmiz”, – deya iltijo qiladi u.

16 yoshli Davron Hasanov Choriyevlarning Amerikada ta’lim olayotgan avlodi. Amakivachchalarini quvvatlar ekan, “adolat so’rayapmiz” deydi. “Jarima solishdi-yu, endi nima uchun ushlab turishibdi”?- deya so’raydi u. Savolga tegishli idoralardan javob yo’q.

http://www.voanews.com/uzbek/news/Opposition-Kids-Protest-Washington-136605518.html

2011-yil xulosalari: O’zbekistonda gaz, korrupsiya, huquq va jahon bilan aloqalar.
Yangiliklar  RSS

31 dekabr, 2011

2011-yil xulosalari: O’zbekistonda gaz, korrupsiya, huquq va jahon bilan aloqalar

Malik Mansur | Amerika Ovozi

Foto VOA Uzbek

O’zbekiston mustaqilligining 20 yilligi katta tantana bilan nishonlanar ekan, hukumat joriy yilda, har doimgidek, qator yutuqlarga erishilgani haqida axborot berdi.

Aksariyat aholi orasida 2012-yilga nisbatan umidlar ham shunday. Bu orzular ushalgani yoki ushalmaganidan qat’iy nazar, 2011-yil yurt hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, siyosatda o’ziga xos iz qoldirdi.

O’zbekiston – 2011-yil xulosalari, Malik Mansur lavhasi

Download: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

O’zbekistonda 2012-yil ko’tarilgan oylik maoshlarni olish bilan boshlanadi. Prezidentning bu boradagi farmoni maoshlarni bir baravar oshirishni nazarda tutsada, odatga ko’ra aholi yangi yildan narx-navo yana sapchiy boshlashidan tashvishda turibdi.

Bir so’m berib, ikki so’m olishadi

Jahon banki va Yevrosiyo Taraqqiyot bankining O’zbekistondagi inflyatsiyaga oid 2012-yil ko’rsatkichlarida narx-navo o’sishi 12-13 foizni tashkil etishi taxmin qilinadi.

Hukumat yangi yil arafasida inflyatsiya darajasini jilovlay olgandek ko’rinadi: bozorlarda narx-navo ko’tarilishi unchalik sezilmagan. Biroq bozordagi vaziyatni keskin nazorat ostida ushlay olish shubhali baholanadi.

VOA Uzbek

“Bayram kayfiyati yaxshi, bozorda odamlar ko’p, har kim imkoniga yarasha yangi yilni kutishga harakat qilyapti. Bozorda banan 4 ming, uzum besh ming so’m. Hokimiyat tarafidan tashkil qilingan shaxobchalar orqali narx-navo ushlab turilibdi. Lekin maoshlar ko’tarilishi bilan inflyatsiya ham oshadi, O’zbekistonda bu juda kuchli, ayrim mahsulotlarni narxi 100 foizga ham chiqishi mumkin”, – deydi mahalliy faollardan biri Abdulla Tojiboy o’g’li.

Gaz eksportga bor, o’zimizda yo’q

Tuman va qishloqlarda esa yangi yil arafasidagi xavotir birinchi galda bayramni yorug’ va issiq bir sharoitda o’tkazish imkoniyati bilan bog’liq. Bu yil qishning erta va sovuq kelishi, gaz va elektr yetishmovchiligi aholi turmushini qiyinlashtirmoqda.

2011-yil energiya taqchilligini keskinlashtirdi. O’zbekistonda avval kuzatilmagan holat – viloyat hokimlarining gaz va chiroq masalasida aholi bilan muloqotga chiqishi kuzatildi. Viloyatlarda tashkil etilgan telemuloqotlarda hokimlar vaziyat yaxshilanishi haqida va’da berishgan bo’lsada, muammo yechilmagan.

Qahqadaryoda bu borada aholi huquqlari ta’minlanishini talab qilgan faollardan bir nechtasi 15 sutkalik qamoq jazosini ham o’tab chiqishdi.

VOA Uzbek

“Gaz, chiroq masalasi Buxoroda ham juda og’ir. Shifoxonami, bog’chami, shaxsiy uylarmi, hammasida gaz tanqisligi bu yil ayniqsa juda bilinayapti. O’ylashimcha, bu narsa bizdagi zaxiralarni kamayib borayotgani bilan bog’liq”, – deydi buxorilik faollardan, huquqshunos Shuhrat G’aniyev.

Kuzatuvchilarning aytishicha, 2011-yilda hukumat korrupsiyaga qarshi kurashda muhim amaliyotlar o’tkazdi. Prezident devonidan tortib mahalliy hokimiyatdagi amaldorlargacha, bir necha rasmiy korrupsiyaga aloqadorlik aybi bilan hibsga olingan yoki ishdan bo’shatilgan. Bu qadamlarning so’nggisi esa yangi yil arafasida Buxoro viloyati hokimining ishdan chetlatilishi bo’ldi.

“Kuchli o’ntalik”

“Aksilkorrupsiya kurashi natijasida Samoydin Husenovning lavozimidan olinishi muhim voqealardan bo’ldi. Chunki biz buxorolik huquq himoyachilari buning uchun ancha yillardan buyon kurash olib borar edik. Korrupsiyaga qarshi bu kurash davomli bo’ladimi yoki yo’qmi, aytish qiyin. Lekin umid qilamizki, 2012-yilda ham hukumat miqyosida korrupsiyaga qarshi kurash davom etadi”, – deydi Shuhrat G’aniyev.

O’zbekiston dunyoda korrupsiyaga chuqur botgan davlatlardan biri sanaladi. Xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida muntazam ravishda “kuchli o’ntalik” dan joy olib keladi.

VOA

Hukumat tomonidan poraxo’rlikka qarshi olib borilayotgan amaliyotlar odatda xo’jako’rsinga qilinayotgani ta’kidlanadi. O’zbekistonda korrupsiya uchun muhit o’ta qulay, chunki hukumatda o’tirgan rahbarlar bundan manfaatdor, deydi tahlilchilar.

2011-yilda mustaqillikning 20 yilligini sarhisob qilgan prezident Islom Karimovning aytishicha, O’zbekiston aniq va havas qilsa arziydigan yutuqlarga erishgan.

“20 yil davomida yurtimizda bir yoshgacha bo’lgan go’daklar o’limi uch barobarga kamaydi, odamlarni o’rtacha umr ko’rish darajasi yetti yilga uzayib, erkaklar orasida 73 yoshga, ayollar o’rtasida 75 yoshga yetgani, bugun aholimiz soni 29,5 milliondan oshgani buni yana bir bor tasdiqlamoqda”, – deydi prezident.

Inson huquqlari va demokratiya

2011-yil O’zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish shiori ostida o’tdi deyish mumkin. Prezident olg’a surgan bu konsepsiyaga muvofiq, qonunchilikda bir qator o’zgarishlar qilindi.

Prezident muddati bilan bog’liq so’nggi o’zgarish esa hamon munozara ostida. Chunku bu qachon kuchga kirishi mavhum. Qonunchilikka kiritilgan o’zgarish yetti yillik vakolatga ega amaldagi prezidentga taalluqlimi yoki yo’qmi, bu ham noma’lum.

“Prezidentlik muddatining besh yilga tushirilishi biron jiddiy o’zgarishdan darak bermaydi. Bu Karimov tafakkuri bilan emas, vaziyat o’zgarayotgani bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Karimov so’nggi jismoniy resurslarigacha hokimiyatda o’tiradi. Rejimning avtoritar tabiatida ham mutlaqo o’zgarish bo’lmaydi. Agar rejim jamoatchilik ta’sir etishi mumkin darajada o’zgaradigan bo’lsa, O’zbekistonda katta o’zgarishlar bo’lib ketadi, lekin rejim buni aslo xohlamaydi,” – deydi sharhlovchi Kamoliddin Rabbimov.

VOA Uzbek

So’nggi payt mamlakatda eng ko’p muhokama qilinayotgan mavzular – prezident vakolatlarining ortiqcha shov-shuvsiz qisqartirilishi, bosh vazir nomzodining partiyalar tomonidan ko’rsatilishi, shuningdek, O’zbekistonda Habeas Corpus tizimining joriy etilishidir. Biroq islohotlar faqat qog’ozda qilinayotgani tanqid ostiga olinadi.

Qamoqqa olish sanksiyasining sudlar vakolatiga o’tkazilishi bo’yicha tadqiqot o’tkazgan Xyuman Rayts Votch (Human Rights Watch) tashkiloti vakili Stiv Sverdlovga ko’ra, bu o’zgarish mamlakatda qiynoqlar qo’llanilishiga barham bermagan.

“O’zbekistonda joriy etilgan Habeas Corpus mutlaqo xalqaro standartlarga mos emas, chunki bu tizim hibsga olishning naqadar asosli ekanini, shu bilan birga sudlar tomonidan qiynoqlar muammosi ko’tarilishini nazarda tutadi. Sudlar hibsga olingan kishiga nisbatan munosabatni o’rganishi kerak, unga qanday munosabatda bo’lishgan, qancha hibsda saqlangan”, – deydi Xyuman Rayts Votchning O’zbekiston bo’yicha direktori Stiv Sverdlov.

Uning qo’lidagi ma’lumotga ko’ra, mamlakatda qiynoqlarning sistematik ravishda qo’llanilishi davom etmoqda.

Prezidentning islohot konsepsiyasida sud mustaqilligi, so’z erkinligini ta’minlash va fuqarolik jamiyatini kuchaytirish maqsadlari ifodalangan. Biroq fuqaro jamiyati faollari konsepsiyani faqat qog’ozdagi demokratiya sifatida izohlashadi.

“O’zbekiston hozir shunday bir og’ir iqtisodiy sharoitga keldi – ijtimoiy vaziyat ancha yomon. Shunday bir sharoitda xalqqa islohotlar qilinayotgani haqida bir umid berish kerak”, – deydi mahalliy faollardan biri Abdurahmon Tashanov.

VOA Uzbek

Prezident Karimovning o’zi  demokratik islohotlar, ayniqsa inson huquqlari masalasida erishilgan yutuqlarni yuqori baholaydi.

“Ijtimoiy soha uchun davlat xarajatlari besh barobarga ko’paygani, byudjetning 60 foizdan ko’prog’i sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoyalovchi boshqa sohalarga sarflanayotgani dunyo bo’yicha kamdan kam uchraydigan holat bo’lib, bizning bosh maqsadimiz avvalo inson hayoti, manfaatlarini ta’minlash va himoya qilish ekanligini yaqqol ko’rsatib beradi”, – deb ta’kidlaydi prezident.

O’zbekistonda inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat og’ir. Hukumat inson haq-huquqi eng ezgu qadriyat ekanini ta’kidlashiga qaramasdan, mustaqil, muxolif qarashdagi fikrlar ta’qib ostida. Fuqarolarning siyosiy huquqlari cheklangan, mavjud muammolarni ko’targan huquq himoyachilari, mustaqil jurnalistlarning ko’pi qamoqda.

Huquqshunos Shuhrat G’aniyev fikricha, 2011-yilda qamoqqa tashlangan faollardan bir nechtasi ozod etilgani bu yil huquq himoyachilari uchun bir qadar samarali kechganidan darak beradi.

O’zbekiston va dunyo

2011-yil dunyoda diktatorlar va avtoritar tuzumlarga qarshi boshlangan global o’zgarishlar davri sifatida yodda qoladi. “Time” jurnali isyonkor fuqaroni yil ramzi sifatida tanlagan. Qator diktatorlarni hokimiyatdan ag’dargan 2011-yil to’lqinlari O’zbekistondagi rejimga nisbatan qarshilikni kuchaytirdi.

Mamlakatdan quvilgan o’zbek muxolifati faollari birlasha boshlashdi. O’zbekiston Xalq harakati tashkil topdi. Harakat o’z maqsadini diktator Islom Karimovni hokimiyatdan ketkazish sifatida belgiladi.

VOA Uzbek

“Harakat o’z faoliyati, norozilik aksiyalari bilan O’zbekistondagi avtoritar tuzumning obro’siga anchagina putur yetkazdi. Ayniqsa bolalar mehnatiga qarshi aksiyalar natijasida Yevropada, Amerikada o’zbek paxtasiga nisbatan boykot kuchaydi. Albatta, harakat hali o’z maqsadiga erisha olgani yo’q. Hali maqsadga ham erishamiz, gazetalarimiz kirib borayapti O’zbekiston ichkarisiga. Harakatning asosiy maqsadi xalqdagi qo’rquvni yo’qotish. Bu yo’qolmas ekan, “Arab bahori” ni O’zbekistonda takrorlab bo’lmaydi”, – deydi harakat faoli, jurnalist To’lqin Qorayev.

O’tayotgan yil O’zbekiston va G’arb o’rtasida iliqlashuv davri bo’ldi. Yevropa Ittifoqi va AQSh O’zbekistonga qo’yilgan sanksiyalardan butkul voz kechdi. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton O’zbekiston inson huquqlarini ta’minlash bobida ijobiy qadamlar tashlaganini e’tirof etdi. Klinton Toshkentga ikki bor safar qildi.

Anchadan buyon muzlatilgan harbiy hamkorlik ham tiklandi. AQSh mudofaa vazirligi rasmiylari bir necha bor Toshkentda bo’lib, harbiy aslahalardan iborat yordam ajratishga qaror qilindi. Yangi yilda AQSh va O’zbekiston o’rtasidagi  harbiy hamkorlik yanada kuchayishi  kutilmoqda.

“Bu yog’iga G’arb, ayniqsa AQSh doirasiga kirib ketishimiz aniq. Ayniqsa 2012-yillarda bu narsa yana yaqqolroq ko’rinadi. Rossiya bilan, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi (KXSh) va Yevrosiyo ittifoqi kabi tashkilotlar bilan uzoqlashish davom etaveradi”, – deydi Shuhrat G’aniyev.

AP

2011-yil O’zbekiston va Rossiya aloqalari mo’tadillashganini ham ko’rsatdi. Moskvada o’tgan KXSh sammitida prezident Islom Karimov qatnashdi. Sammitda imzolangan bitimga ko’ra, a’zo davlatlar hududida xorijiy harbiy baza joylashishiga faqat o’zaro konsensus orqali ruxsat beriladi. Islom Karimov to’satdan Yevrosiyo ittifoqini tuzish tashabbusini qo’llab-quvvatladi.

“O’zbekiston Moskva loyihalari, KXSh bilan aloqalarni butunlay uzish niyatida emas, lekin ayni paytda bor energiyasi bilan bu loyihalarda ishtirok etishni ham xohlamaydi. O’zbekiston, Karimov uchun shunday bir vakant joyga ehtiyoj bor, bu joy shunday sovutilgan holatda ushlab turiladi”, – deydi tahlilchi Kamoliddin Rabbimov.

2012-yilda O’zbekiston va G’arb aloqalari mustahkamlanishi kutilmoqda. Afg’onistondagi xalqaro qo’shinlarning O’zbekiston orqali chiqishi ehtimoli juda yaqin. Bu esa G’arbdan O’zbekiston bilan munosabatlarni mo’tadil ushlab turishni talab etadi.

Shu bilan bir qatorda, 2011-yilda dunyo bo’ylab kechgan global inqiloblar to’lqini O’zbekistonda ham bilina boshlashi ehtimoldan soqit qilinmaydi.

Shu mavzuda

O’zbekiston ekstremizmga qarshi global kurashda o’z hissasini qo’shmoqda, deydi olim

Zabihulla Soipov Toshkentdagi Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida dars beradi, fan nomzodi. Amerika va Yevropada o’qigan.

Vatandagi manzara: O’zbekiston qahraton qishga tayyormi?

O’zbekiston hamon “alohida tashvishga molik” davlatlar qatorida

Islom Karimov va Xillari Klinton orasida ikki yarim soatlik muloqot

O’zbekiston temir yo’lidagi portlash – terror xurujimi?

http://www.voanews.com/uzbek/news/Uzbekistan-Yearender-2011-136477308.html

Nyu-yorkdagi immigrantlar: Sovetlar davrini qo’msash yo’q.
Yangiliklar  RSS

28 dekabr, 2011

Nyu-yorkdagi immigrantlar: Sovetlar davrini qo’msash yo’q

Amerika Ovozi

Bundan 20 yil avval Sovet imperiyasi parchalangach, xorijga darvozalar ochildi. Yangi, mustaqil respublikalarni millionlab odam tark etdi. Kimdir yangi hayot izlab, yana kimdir bir burda non. Yangi vatanda ular qanday hayot kechirmoqda? Sovet Ittifoqini qo’msaydimi? “Amerika Ovozi” Nyu-Yorkda yashayotgan muhojirlarga mikrofon tutdi.

Nyu-Yorkdagi muhojirlar bilan muloqot, Shohruh Hamro hikoya qiladi

Download: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

AP

Rossiyada kommunistlar hamon faol

Marketing bo’yicha mutaxassis Irina Shmelyova internet orqali Rossiyadagi hodisalarni kuzatib boradi. Sovet davrida aktrisa bo’lgan ayol hayot yaxshi edi, barcha imtiyozlardan bemalol foydalanardim, lekin erkinlik yo’q edi, deydi.

“Sovet fuqarosi hammasi yaxshi, zo’r deb o’rgangan haqiqiy askar bo’lgan, chunki hammasi go’zal bo’lishi shart edi o’sha davrda. Lekin hech kimda taqdirini o’zi belgilash, ko’ngli istaganini qilish yoki erkin fikrlash imkoni mutlaqo bo’lmagan”.

Rossiyada saylovlardan keyin boshlanib ketgan norozilik namoyishlari, deydi u, yoshlar erkinlikka intilayotganidan darak. Uningcha, ittifoq parchalanganidan keyin paydo bo’lgan orzu-umidlarni Vladimir Putin puchga chiqargan.

AP

Sovet Ittifoqi 1922-yilda tuzilgan va 1991-yilda tarqab ketgan

“Bu namoyishlar haqida nima deb o’ylaysiz, deb tengdoshlarimdan so’rayman. Foydasi yo’q, deb javob qilishadi. Lekin ko’rib turibman, yoshlar umidga to’la, ular o’zgarishlarga ishonadi”, – deydi Irina.

Yana bir Sovet respublikasi – Ukraina mustaqil bo’lganida, odamlar yerimiz ko’p, sanoatimiz rivojlangan, endi hayot yaxshilanadi, turmush darajasi oshadi, deb umid qilgan edi. Yillar o’tdi. Oshgani – energiya narxi bo’ldi.

Vasil Lopux – Nyu-Yorkda Taras Shevchenko nomidagi ilmiy markazda tadqiqotchi. Asli Ukrainaning Ternopil shahridan, iqtisodiyotdan dars bergan. Sovetlardan qolgan sanoatu korxonalar mamlakat biror naf ko’rmaganini aytadi.

Ukraina aholisining taxminan 60-65 foizi bevosita yoki bilvosita harbiy sanoatda ishlagan.

AP

Mixail Gorbachyov, SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti

“Sovet armiyasi tarqaganidan so’ng Ukraina zavodlarida ishlab chiqariladigan qurol-yarog’ va boshqa mahsulotga ehtiyoj ham yo’qoldi. Natijada odamlar ishsiz qoldi. Bugungi kunda Ukraina boshqa Sovet respublikalari singari poraxo’rlik botqog’iga botgan. Yevropa Ittifoqiga a’zolik yo’lida katta to’siq bu. Yangi rahbarlar mamlakatni qanday boshqarishni bilmadi”, – deydi olim.

“Ular o’z cho’ntagi, o’z foydasi haqida qayg’urdi. O’lka iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lsin deb hech kim o’ylagani yo’q”.

O’zbekistonlik Isoqjon Zokirov vataniga qaytolmaydi. “Meni darhol qamashadi u yerda”, – deydi u. 1991-yilda mustaqillikka erishgan yurt Islom Karimovdan boshqa rahbarni ko’rgan emas. Inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullangan Isoqjon Zokirov 2004 yilda O’zbekistonni tark etgan. Bugun Nyu-Yorkning Brayton Bich mahallasida qora ishlarda ishlaydi.

VOA Uzbek

Toshkent

“O’zbekistonda turmush darajasi pasayib ketgan. Iqtisodiy ahvol ayanchli. Demokratik islohotlardan umuman darak yo’q”, – deydi u.

Xalqaro tashkilotlardan ham shu gaplarni eshitasiz. Zokirovga Amerikadagi hayot ma’qul.

“Men uchun bu yerda yashash xavfsiz. Bu demokratik mamlakat, men esa demokratiya tarafdoriman. Ish topsa, o’qisa bo’ladi. Imkoniyatlar ko’p”.

Bir paytlar turli respublikalarda yashab, Sovet fuqarosi bo’lgan bu muhojirlar endi yana umumiy vatanga ega – Qo’shma Shtatlar.

Shu mavzuda

Sovet Ittifoqi qulaganiga 20 yil bo’ldi

Gorbachyovning “qayta qurish” va “oshkoralik” siyosati Sovet Ittifoqini yemirgan omillar qatorida tilga olinadi.

Sovet Ittifoqini saqlab qolish mumkinmidi?

Sovet Ittifoqining qulashi – amerikalik arboblar nigohida

Mixail Gorbachyov Rossiyada saylovlarni qayta o’tkazishga chaqirmoqda

Rossiyada internet inqilob?

http://www.voanews.com/uzbek/news/nyc-soviet-immigrants-135899443.html

Robert Bleyk: Yangi Ipak Yo’li, O’zbekiston va demokratiya.
19 noyabr, 2011

Robert Bleyk: Yangi Ipak Yo’li, O’zbekiston va demokratiya

Navbahor Imamova | Vashington

Foto VOA Uzbek

Birdamlik va islohot zamon talabi, deydi AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk.

Afg’oniston tinchligi va barqarorligi Markaziy Osiyo uchun katta ahamiyat kasb etadi. Amerika hukumati mana shu haqiqatga tayangan holda mintaqa davlatlarini bu notinch mamlakat bilan hamkorlikni oshirishga undamoqda.

Vashingtonning umidi shuki, Afg’oniston qo’shnilari bilan qanchalik yaqin aloqada bo’lsa, bu mamlakat shunchalik barqaror bo’ladi. Iqtisodiy imkoniyatlar kengaygan sari vaziyat ham o’nglana boshlaydi.

AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk bilan savol-javob, O’zbekiston va AQSh, Navbahor Imamova tahlili

Download: MP3 | Windows Media

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

Afg’oniston osha barpo etilayotgan savdo va transport yo’nalishlari Yangi Ipak Yo’li tashabbusi sifatida targ’ib qilinmoqda. Obama ma’muriyati buni Markaziy va Janubiy Osiyodagi prioritetlardan biri deya belgilagan. Amerika yangi loyihalarga xususiy sektorni jalb etadi, deydi AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk.

VOA Uzbek

Mintaqa iqtisodiy integratsiyaga qodirmi?

“Yo’llar, ko’priklar, quvurlar va temir yo’llar yaxshilanishi iqtisodiy aloqalar kengayishi uchun xizmat qiladi. Yangi Ipak Yo’li tashabbusi nafaqat yangi infratuzilma barpo etish, balki chegara osha mahsulot olib o’tishni osonlashtirish, katta bozorlarga chiqish va sarmoya oqimini oshirishni ko’zlaydi”, – deydi Bleyk.

“Bizning nazarimizda Yangi Ipak Yo’li Afg’oniston va butun mintaqaga katta yordam bo’ladi. Afg’oniston regional iqtisodiyotning bir qismiga aylanishi va o’z boyliklari hamda mahsulotlarini sota olishi kerak. Bu afg’on xalqiga madad beradi”, – deydi AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini.

Tashabbus o’rinli, deydi mintaqaviy siyosat va iqtisodni uzoq yillardan beri tahlil qilib kelayotgan mutaxassislar. Lekin avvalo Afg’oniston nisbatan tinchishi va Vashington konkret proyektlarni tanishtirishi kerak. Obama ma’muriyatining bunga javobi shuki, Yangi Ipak Yo’lini barpo etish va regional hamkorlik-birdamlik – Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari qo’lida. Amerika vositachilik qilishi mumkin, ammo iqtisodiy aloqalarni yaxshilash mintaqadagi siyosiy irodaga bog’liq. Markaziy Osiyo hukumatlari bunga qanday munosabat bildirmoqda?

State Dept

AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton 22-oktabrda Oqsaroyda O’zbekiston rahbari Islom Karimov bilan muloqot qilganida, nafaqat siyosiy va iqtisodiy hamkorlik balki demokratik islohotlar haqida ham gap ketgan

Robert Bleyk deydiki, O’zbekiston va unga qo’shni davlatlar Afg’onistonga yordam berib kelmoqda. AQSh bilan bu borada hamkorlik qilayotgan rahbarlar vaziyat yaxshilangani sari janub tomon katta yo’llar va imkoniyatlar ochilishini biladi.

Iqtisodiy jihatdan kun sayin kuchayib borayotgan Hindiston va Xitoy O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’iston bilan o’z iqtisodiy kelishuv va bitimlariga ega.

Ko’plab ekspertlar ta’kidlayotganidek, Yangi Ipak Yo’li 1990-yillarda barpo etila boshlagan va Amerika uni targ’ib qilsa-qilmasa, rivojlanishda davom etadi. Chunki, talab bor.

Lekin mintaqaviy birdamlik Markaziy Osiyoda muammo ekani ham sir emas.  Davlatlararo kelishmovchiliklar va ularni hal etishda tashqi kuchlarning roli katta.

Regional integratsiya – zamon talabi, deydi Robert Bleyk. Usiz biror mamlakat jahon bozorida o’z o’rniga ega bo’lolmaydi. Mintaqaviy birdamlik – tinchlik va farovonlik garovi.

AP

O’zbekiston Afg’oniston bilan aloqalar a’lo darajada ekanini qayd etib keladi. Ikki yoqlama hamkorlikka e’tibor katta, lekin mintaqaviy integratsiyaga kelganda, Islom Karimov ma’muriyatining ishtiyoqi ancha past. Davlatlarning taraqqiyot yo’li bir-biridan farq qiladi, deydi rasmiylar.

Yaqinda Istanbulda o’tgan anjumanda Afg’oniston kelajagi va Yangi Ipak Yo’li haqida gap ketdi. Uning yakunida qabul qilingan deklaratsiyaga O’zbekiston imzo chekmagan. Hujjat Afg’oniston tinchligi, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti yo’lida birga ishlashni ko’zlaydi.

Nima uchun degan savolga Toshkent sukunat bilan javob beradi. Har doimgidek.

Vaholanki, prezident Islom Karimov oktabr oyida Toshkentda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonni qabul qilganida bu masalaga katta qiziqish bildirgan edi. Amerika nima deydi?

“O’zbekiston Istanbuldagi kelishuvga qo’l qo’ymasa ham Afg’onistonga yordamni ayamayapti”, – deydi Robert Bleyk.

Shunisi ma’lumki, mintaqaviy kelishuvlarga O’zbekistonning xafsalasi yo’q. Karimov ma’muriyati xalqaro bitim va tashkilotlar har doim ham effektiv mexanizmlar emas deya ta’kidlab keladi.

Dekabr oyida Germaniyaning Bonn shahrida Afg’oniston bo’yicha yana bir anjuman bo’ladi. Konkret loyiha va moliya masalasi haqida u yerda gaplashib olinadi, deydi Bleyk.

State Dept

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton 23-oktabr kuni Toshkentda “GM-O’zbekiston” qo’shma korxonasida so’zlab, yangi texnologik dastur tanishtirdi. Shuningdek, Amerika O’zbekiston bilan jamiki sohalarda hamkorlikka tayyor ekanini aytdi. Islom Karimov va uning ma’muriyati munosabatlar faollashganidan mamnun.

Diplomat yana bir masalaga oydinlik kiritishga urindi. Amerika, deydi u, butun diqqatni Afg’oniston, Yangi Ipak Yo’li va iqtisodiy hamkorlikka qaratayapti deb o’ylamang.

“Regionga nisbatan siyosatimizda huquq va demokratiya targ’iboti ham ustuvor masalalar. Biz har bir davlat, jumladan O’zbekistonda jamiyatni erkinlashtirishga, xalqaro qonunlarni hurmat qilishga va xalq dardi hamda orzu-istaklariga quloq solishga undab kelayapmiz. “Arab bahori”dan saboq olish kerak… Xalq talabiga javob bermagan, fuqaro haq-huquqlarini pisand qilmagan hukumatlar uzoqqa bormaydi”, – deydi Robert Bleyk.

http://www.voanews.com/uzbek/news/Q-A-with-AS-Robert-Blake-134179453.html

Fred Starr: Gapdan amaliy qadamlarga o’tish vaqti yetdi.
14 noyabr, 2011

Fred Starr: Gapdan amaliy qadamlarga o’tish vaqti yetdi

14-noyabr kuni Vashingtondagi Jeymstaun Jamg’armasida Yangi Ipak Yo’li bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. Qizg’in munozaralarda Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston diplomatlari ham qatnashdi. Lekin taklif qilinganiga qaramay O’zbekiston va Turkmanistondan hech kim ishtirok etmadi.

Navbahor Imamova | Vashington

Foto AP

Transport sohasini rivojlantirish, savdo ko’lamini oshirish va mintaqaviy birdamlik haqida gap ketmoqda

Markaziy Osiyo bo’yicha yetakchi ekspert, Vashingtondagi Jons Xopkins Universiteti professori Fred Starr uzoq yillardan beri Buyuk Ipak Yo’lini tiklash kerak deb bong urib keladi. Bu borada ko’plab ilmiy maqolalar, sharh va hatto kitoblar yozgan.

Fred Starr Yangi Ipak Yo’li va mavjud loyihalar haqida nima deydi? Navbahor Imamova lavhasi

Download: MP3 | Windows Media

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

VOA

Professor Fred Starr Buyuk Ipak Yo’li haqida izlangan olimlardan

AQSh hukumati mintaqaga nisbatan siyosatni belgilashda uning maslahatlariga tayanib keladi. Yangi Ipak Yo’li tashabbusi haqida avvalgi prezident Jorj Bush davrida ham ko’p gapirilgan, lekin Vashington anjuman va ma’ruzalardan nariga o’tmagan. Mana Barak Obama ma’muriyati ham keyingi paytda yana shu tashabbusni olg’a sura boshladi.

Professor Starr kabi Ipak Yo’li targ’ibotchilari Amerika hukumatini bu safar o’z va’dalarining ustidan chiqishga chaqirmoqda.

Birinchidan, deydi professor Starr, gap nima haqda ketayotganini aniqlab olish kerak.

Yangi Ipak Yo’llari, Markaziy Osiyo orqali Xitoydan Yevropa tomon yo’nalgan  savdo va transport tizimlari, allaqachon barpo etila boshlagan.

“Biz bir yo’l emas, bir necha, kundan kunga kengayib, takomillashib borayotgan yo’nalishlar haqida gapirayapmiz, deydi u.

Yaqindan beri AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va boshqa rasmiylar targ’ib qila boshlagan tashabbus esa Afg’onistonni markaziy o’ringa qo’yadi, asosiy maqsad- Janubiy va Markaziy Osiyo orasida tijoratni oshirish.

TRACECA

To’q yashil rangdagi davlatlar Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport koridori TRACECA a’zolari.

Xitoyni Yevropa bilan bog’lovchi yangi yo’llar 1991 yildan keyin, ya’ni Sovet Ittifoqi parchalanib, yangi mustaqil davlatlar vujudga kelgach boshlangan. Xitoy Osiyo Taraqqiyot Banki bilan hamkorlikda Qozog’iston va Kavkaz osha Yevropa bozorlariga yetish loyihasini ishlab chiqqan. Yevropa Ittifoqi esa TRACECA proyektini ishga soldi. Bu bilan temiryo’l va dengiz portlari bir-biriga ulana boshladi. Yevropa Ittifoqi tomonidan ham quvvatlangan bu proyektlar uchun, ekspertlar hisobicha, hozirgacha 30 milliard dollarga yaqin mablag’ sarflandi.

Transport, energetika va savdo bo’yicha tuzilgan CAREC loyihasida 10 davlat ishtirok etadi, jumladan O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston. Osiyo Taraqqiyot Banki bu dastur ortida turibdi.

“AQSh Afg’onistonga kirganidan beri xalqaro yo’nalishlar ancha kengaydi. Afg’oniston va Yevropa, shuningdek, Yaqin Sharq davlatlari, Xitoy, Hindiston va Pokiston, qolaversa Shimoli-sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida o’ziga xos yangi tizimlar vujudga keldi.  Avtomagistrallar, temiryo’l, quvurlar va gidro-elektrik yo’nalishlar… Bu to’xtatib bo’lmaydigan jarayon”,- deydi professor Starr.

Amerika olg’a surayotgan tashabbus bularni hisobga oladi. Vashington mavjud loyihalar va yangi g’oyalarni quvvatlash kerak demoqda xolos. Muddao, deydi diplomatlar, sarmoya oqimini oshirish, yirik bizneslarni ko’proq hissa qo’shishga va hukumatlarni regional hamkorlikka undash. AQSh hukumati ortiqcha mablag’ ajratmaydi, lekin xususiy sektor va xalqaro donorlarni faollik chorlaydi.

CAREC

Transport, energetika va savdo bo’yicha tuzilgan CAREC loyihasida 10 davlat ishtirok etadi, jumladan O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston.

Fred Starr singari masalani izchil o’rganib chiqqan ekspertlar Obama ma’muruyati  harakatlarini olqishlaydi, lekin taktikani yangilash kerak, Afg’onistonni quvvatlash yo’lida tashlanayotgan qadamlar tahsinga sazovor, deydi u. Xalqlar bir-biri bilan ko’proq biznes qilsa, hamma foyda ko’rishi sir emas. AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi olib boradigan iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy loyihalarga Buyuk Ipak Yo’lidagi ishlarning bir qismi deb ham qarash mumkin.

Lekin Amerika umumiy gaplar bilan cheklanmay, konkret dastur bilan chiqishi, jarayonga yetakchilik qilishi kerak. Konkret muammolarga konkret yechimlar taklif qilish kerak. Masalan, chegaradan o’tish – qayerga qaramang og’riqli masala. Turmush tarziga aylanib ketgan korrupsiya-chi?

AP

AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk deydiki, Yangi Ipak Yo’li uzoq muddatni ko’zlovchi g’oyalardan iborat. “Sarmoya xususiy sektorda keladi degan umiddamiz”, deydi u. Amerika hukumati mablag’ ajratmaydi.

“Mintaqadagi hamkor davlatlar bu muammolarni o’zlari hal eta olmaydi. Ularga bosim o’tkazish kerak, shuningdek, vaziyatni o’zgartirish uchun ular bilan yaqindan ishlash kerak”,- deydi Fred Starr. Uningcha, AQSh xalqaro organlarni ishga solishi kerak, shuningdek xususiy sektor ta’siridan foydalanishi kerak.

Amerika diqqatni faqat Afg’oniston va Markaziy Osiyo orasidagi hamkorlikka qaratmay, kontinental savdo haqida o’ylashi kerak. Yevropa davlatlari, Xitoy, Rossiya, Pokiston, Hindiston, va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi kompaniyalar va donorlar qancha ko’p jalb qilinsa, ish shunchalik osonroq kechadi, deydi olim.

Fred Starr nazarida “yaxshi g’oyalar” amalga oshmasa, ularni yaxshi g’oya deb bo’lmaydi.  Ularni amalga oshirish uchun esa sidqidildan harakat qilish kerak. Tashabbusni ro’yobga chiqarish yo’lida liderlik qilish kerak.

AP

Yangi Ipak Yo’llari barpo etila boshlaganiga ancha bo’ldi, deydi Fred Starr, AQSh yordam bermoqchi bo’lsa, konkret loyihalar bilan chiqsin.

Afsuski, deydi professor, AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan imzolagan kelishuvlar faqat qog’ozda yoki yuzaki amalga oshiriladi. Masalan, TIFA – Savdo va Sarmoya bo’yicha Kelishuv. Yangi Ipak Yo’li deb bong urar ekansiz, mana shu mavjud bitimlarni ishga solish haqida o’ylang, deydi Fred Starr Amerika rasmiylariga qarata. Anjuman va ma’ruzalardan endi amaliy qadamlarga o’tish kerak. Muhokama va fikr almashish yaxshi, deydi professor, ammo xalqlar ularning samarasini ko’rmas ekan, na sizga va na sizning tashabbuslaringizga ishonadi, deydi mutaxassis.

Vashingtondagi Jeymstaun Jamg’armasida o’tgan anjumanda so’zlagan Fred Starr va boshqa ekspertlarni tinglagan rasmiylar va diplomatlar yuqoridagi fikrlarga qo’shiladi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini Robert Bleyk mintaqaviy integratsiya, siyosiy-iqtisodiy birdamlik yo’lida harakat qilish kerak deydi.

Bleyk deydiki, Yangi Ipak Yo’li uzoq muddatni ko’zlovchi g’oyalardan iborat. “Sarmoya xususiy sektorda keladi degan umiddamiz”, deydi u. Amerika hukumati mablag’ ajratmaydi.

Jeymstaun Jamg’armasi tadbirga Markaziy Osiyo davlatlarining AQShdagi hamma elchilarini taklif qilgan, ammo faqat Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonniki keldi. O’zbekiston va Turkmaniston bosh diplomatlari qatnashmadi.

http://www.voanews.com/uzbek/news/New-Silk-Road-Frederick-Starr-133856558.html

Samarqandda elektr ta‘minotidagi uzilishlar aholi noroziligini uyg‘otmoqda.
Shodiyor Saif

BBC, Olma-ota

Elektr ta‘minotidagi uzilishlar Samarqand shahrida ham kuzatilmoqda

Samarqand viloyatida elektr energiyasi ta‘minotidagi uzilishlar odamlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Sovuq kunlar tushishi bilan Samarqand shahrida ham elektr ta‘minotida bot-bot uzilishlar kuzatila boshlagan.

Samarqand viloyati va shahrida elektr tarmog‘ida uzilishlar tez-tez qaytarilgach, shahar markazidan bir guruh norozi ayollar viloyat hokimiyatiga yig‘ilgan.

Samarqandlik muxolifat faoli Holiqnazar G‘aniyevning aytishicha, ayollarning ushbu chiqishidan keyin ayrim tumanlarda chiroq paydo bo‘lgan.

“Shu chiqishning ta‘siri bo‘lsa kerak, kecha va bugun sal ifoqaga kelib qoldi. Oldingidek betartib istagan vaqti o‘chish bo‘lmay qoldi”, deydi Holiqnazar G‘aniyev.

Samarqand viloyatidagi faollarga ko‘ra, kuz oylarining sovuq kunlari boshlanishi bilan elektr tarmog‘ida uzilishlar tez-tez ro‘y bera boshlagan.

Jomboylik uy bekasi uzilishlarni gaz tanqisligi sabab odamlarning qo‘shimcha isitish uskunalaridan foydalana boshlagani bilan izohlaydi.

“Hozircha biz yashab turgan joyda elektr chirog‘i bor. Faqat o‘ynaydi. Misol uchun, ertalab o‘chgan bo‘lsa, kechga kelib yondi. Noyabr oyidan beri elektr ta‘minoti yaxshi emas. Sovuq bo‘lgandan keyin gaz uncha yaxshimas, balki tok pechka qo‘shgani uchun qo‘shimcha og‘irlik bo‘lib ketayotgandir,” deydi jomboylik uy bekasi.

Qo‘shrobot tumanida bir sutkada faqat 5-6 soatgina elektr energiyasi kelib turadi. Qolgan vaqtni tuman axolisi gazsiz va chiroqsiz o‘tkazadi.

“Kunduzi chiroq o‘chadi, kechgi payt ozroq yonib yana o‘chib qoladi. Bir kunda 5-6 soat yonib turadi,” deydi qo‘shrobotlik Baxtiyor.

Payariq tumanida ham chiroqni tez-tez o‘chirishadi va gazni ham uzib qo‘yishadi.

Payariqlik Javlonning aytishicha, sovuq tushib qolgan ayni kunlarda tuman aholisi uylarni o‘tin bilan isitishga majbur bo‘layapti.

“Chiroq, sham bilan kunni o‘tkazayapmiz. Gaz ham yo‘q. Uyni o‘tin bilan isitayapmiz,” deydi Javlon.

Viloyat energiya nazorat bo‘limi xodimi elektr energiyasidagi uzilishlar borasida viloyat elektr tarmog‘iga murojaat qilish kerakligini aytadi.

Unga ko‘ra, ushbu tashkilotga uzilishlar borasida hali birorta ham shikoyat kelib tushmagan.

“Bizga birorta ham shikoyat kelib tushgani yo‘q. Agar rasmiy shikoyat kelib tushsa, biz borib tekshiramiz,” deydi viloyat energiya nazorati xodimi.

Samarqand viloyati elektr tarmoqlari tashkilotidagi birorta mas‘uldan bu borada izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/11/111107_latin_uzbek_power_shortages.shtml