Archive for the Category ◊ Qiynoqlar ◊

Author: admin
• Thursday, June 17th, 2010

BMT: Etnik kelib chiqishga qarab o’ldirish genotsidga yetaklaydi

Foto AP

O’sh va Jalolobodda bugun yuzlab jasadlarni qora yerga qo’yayotgan, ko’zlari o’yilgan, mayda-mayda qilingan murdalarning egasi kim ekan deya yum-yum yig’layotgan o’zbeklar bilan gaplashsangiz, ular qirg’izlarni yoppasiga qirg’inda - “genotsid” da ayblaydi.

Boshqalar bilan ulashing

Shu mavzuda

”Bu holda asosan bir guruh, ya’ni o’zbeklar, nishonga olinmoqda. Bu, mening nazarimda, oldi olinmagan taqdirda genotsidga yetaklashi mumkin bo’lgan hol. Biz hozirgi holatni genotsid deb atayotganimiz yo’q. Lekin yuridik jihatdan genotsid deb ta’riflanishi mumkin bo’lgan holni ko’rganimizda, kech bo’lgan bo’ladi”,- deydi BMT Bosh kotibining maxsus maslahatchisi Frensis Deng.

O’sh va Jalolobodda bugun yuzlab jasadlarni qora yerga qo’yayotgan, ko’zlari o’yilgan, mayda-mayda qilingan murdalarning egasi kim ekan deya yum-yum yig’layotgan o’zbeklar bilan gaplashsangiz, ular qirg’izlarni yoppasiga qirg’inda -  “genotsid” da ayblaydi.

Bu kabi fikrlar nafaqat mojaro o’chog’ida balki qo’shni davlatlar va dunyo bo’ylab quloqqa chalinmoqda. Hududni tekshira boshlagan Qizil Xoch Xalqaro Qo’mitasi nazarida talofat ko’lami juda katta.

“Genotsid” jahon bo’ylab ehtiyotkorlik bilan tilga olinadigan so’z. Genotsid grekcha “genos” so’zidan olingan bo’lib, urug’ yoki qabila degan ma’noni beradi. So’zning ikkinchi qismi lotincha “caedere”, ya’ni “o’ldiraman” demakdir. Xalqaro siyosiy va yuridik lug’atlarga ko’ra, genotsid – irqiy, milliy yoki boshqa bahonalar bilan aholining muayyan guruhini qirib tashlash.

AP

Nazoratni xalqaro hamhamiyat o’z qo’liga olmasa, deydi o’zbeklar, ko’chalarda qon oqishda davom etaveradi.

BMT Bosh kotibining Genotsidning oldini olish bo’yicha maxsus maslahatchisi Frensis Deng (Francis Deng) Qirg’izistondagi xunrezlikliklardan qattiq xavotirda. Insonlarni etnik kelib chiqishiga qarab o’ldirish eng og’ir jinoyatdir, deydi u.

”Bu holda asosan bir guruh, ya’ni o’zbeklar, nishonga olinmoqda. Bu, mening nazarimda, oldi olinmagan taqdirda genotsidga yetaklashi mumkin bo’lgan hol. Biz hozirgi holatni genotsid deb atayotganimiz yo’q. Lekin yuridik jihatdan genotsid deb ta’riflanishi mumkin bo’lgan holni ko’rganimizda, kech bo’lgan bo’ladi”.

Hozir eng muhim vazifa, deydi BMT rasmiysi, mana shu nishonga olinayotgan guruhni himoya qilish. Bu bilan balki genotsidning oldi olingan bo’ladi. Diqqatni fuqaro himoyasiga qaratish kerak.

Bu esa davlatning oliy burchi, deya tushuntiradi Frensis Deng. Agar u bunga qodir bo’lmasa, xuddi hozir Qirg’izistonda ko’rib turganimizdek, unda xalqaro hamjamiyat yordamga kelishi kerak.

Dunyo ahli nazarida hozir Qirg’izistonda aynan o’zbeklar nishonga olinmoqda. Buni darhol to’xtatish kerak. Ularning mol-mulki, turmush-tirikchiligi himoya ostiga olinishi zarur. 2005 yilda qabul qilingan xalqaro hujjatga ko’ra, biz ularning xavfsizligini ta’minlash vakolatiga egamiz”.

Frensis Deng, BMT Bosh kotibining Genotsidning oldini olish masalalari bo’yicha maxsus maslahatchisi (BMT surati)

Aks holda insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilayotgan va xalqaro hamjamiyat bunga ko’z yumayotgan bo’ladi. Har bir elatni qirg’indan asrash dunyo ahli uchun ham huquq, ham burch.

”Himoya vositalari joriy etilgach, etnik kelishmovchiliklar ortidagi sabablar va hamjihatlikka erishish uchun nima qilmoq kerakligi haqida gaplashish, uzoq muddatni ko’zlab harakat qilish kerak bo’ladi”.

Jabrdiydalarga yordamni oshirish va davlat tizimini mustahkamlash bilan vaziyatni biroz yaxshilash mumkin, deydi BMT rasmiysi. Lekin genotsidga yetaklaydigan omillarga loqayd bo’lmaslik kerak. Turli elatlar birga yashaydigan jamiyatda fuqaro etnik jihatdan kim bo’lishidan qat’iy nazar teng siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak. Etnik tengsizlik, diskriminatsiya, yakkalash, bosim, huquq va erkinlikdan ayirish va davlat boshqaruvining zaifligi genotsid singari o’ta qabih jinoyatlarga olib boradi.

BMT Bosh kotibining Genotsidning oldini olish va fuqaro himoyasini ta’minlash bo’yicha maxsus maslahatchisi shu tariqa Qirg’iziston hukumatini ogohlikka va o’z mas’uliyatini unutmaslikka, o’z fuqarolari taqdiriga ko’z yummaslikka va o’z vakolatlarini suiste’mol qilmaslikka chaqirmoqda.

”Qayd etaman, o’zbeklarga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarni tekshirish, javobgar shaxslarni jazolash bu davlatning burchi. Xalq bir-biri bilan kelisha olishi, ahil yashashi uchun zamin yaratilishi kerak. Xalqaro hamjamiyatning roli esa zaif hukumatga ko’maklashish, gumanitar yordamni oshirish va qochqinlar najot so’rayotgan qo’shni davlatlar bilan ishlash, ularni qo’llab-quvvatlash”.

Mabobo, deya ta’kidlaydi BMT rasmiysi, Qirg’iziston hukumati bu jinoyatlar ustidan tergovni eplay olmasa, unda bu ishni xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning tegishli organlari o’z zimmasiga oladi. Bu muassasalar ham o’z burch va vazifalariga ega. “Hammamiz hamkorlikda choralar ko’ra boshlaganmiz. Tinchlik, xavfsizlikka erishamiz degan umiddamiz”, - deydi Frensis Deng.

Qirg’izistonning 400 mingga yaqin fuqarosi qatliomdan qochib, panoh izlar ekan, Bishkekda o’tirgan rahbarlarga bir tomchi ham ishonch qolmagan. Hukumat ular nazarida yovuz va vahshiy bir kuchga aylangan. Nazoratni xalqaro hamhamiyat o’z qo’liga olmasa, deydi o’zbeklar, ko’chalarda qon oqishda davom etaveradi.

http://www1.voanews.com/uzbek/news/usa/UN-Sprecial-Adviser-Genocide-Prevention-Kyrgyzstan-96563124.html

Author: admin
• Monday, March 22nd, 2010
Maxfiy asirlar va O’zbekiston; BMT maxsus vakili bilan suhbat


22/03/2010
Manfred Nowak
Manfred Novak, BMTning Qiynoqlarga qarshi maxsus vakili

Terrorga qarshi urushda asirga tushganlar uchun yashirin qamoqxonalar qayerda bo’lgani va ular bir mamlakatdan boshqasiga qanday olib o’tilganini tekshirib chiqqan BMT hay’atiga ko’ra, O’zbekiston bu borada Qo’shma Shtatlar, xususan uning Markaziy Razvedka Boshqarmasi bilan hamkorlik qilgan. more…

Author: admin
• Saturday, March 20th, 2010
O’zbek muhojirlari: Amerikadagi hayot quvonchlari va tashvishlari


20/03/2010
For  immigrants to the United States, learning English in a class like this  is key to assimilation

O’zga yurtda oyoqqa turish qattiq mehnat, sabr-toqat, keng dunyoqarash va optimizm talab qiladi

Bugungi manzara

Amerikada hozir O’zbekistondan aynan qancha odam yashayotgani haqida rasmiy ma’lumotlar mavjud emas.

Shunisi aniqki, minglab oilalar shu yerda tirikchilik qilib kun ko’rmoqda. Keyingi yillarda muhojirlar soni sezilarli darajada ko’paygan. Ayniqsa Ogayo, Missuri, Nyu-York, Florida, Virjiniya va Tennessi kabi shtatlarda.

Kimdir grin-karta, Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi hujjat orqali kelgan, yana kimdir esa siyosiy tazyiqqa uchrab, bu yerdan boshpana olgan.

Bu mamlakat oliygohlarini bitirib, shu yerda ish topgan yoshlar ham anchagina.

Zarur hujjatlarsiz tirikchilik qilib yurgan o’zbekistonliklarni Qo’shma Shtatlar bo’ylab har yerda uchratasiz.

Amerikada turli davlatlardan chiqqan 12 milliondan oshiq immigrant mana shunday noqonuniy yo’llar bilan hayot kechiradi.

Liberty

Ozodlik haykali, Nyu-York

Amerika jannat emas, deydi muhojirlar, lekin harakat qilgan odam uchun imkoniyatlar keng.

Muhojir oldidagi mashaqqatlar

“Amerika Ovozi”ning Vashingtondagi tahririyatiga tez-tez telefon qilib turishadi. Elektron pochta orqali ham har kuni qator maktublar olamiz.

Aksariyati Amerikaga kelishni istagan yoki bu yerga kelib qiyinchiliklar bilan yuzlashayotgan o’zbekistonliklar. Tabiiyki, yordam so’rashadi.

Javobimiz shuki, “Amerika Ovozi” – televideniye, radio va internet orqali axborot uzatadigan tashkilot ekan, vazifamiz - yangilikni yoritish, insonlarni qiynayotgan masalalarni ko’tarib chiqish, haqiqatning tagiga yetishga harakat qilish va shu orqali xalq og’irini yengil qilish.

Yaqinda Illinoys shtatida bir guruh o’zbekistonliklar bir kompaniya oldida namoyish qilayotgani haqida ma’lumot oldik.

“Ellikka yaqin vatandosh “Unlimited Carrier” degan yuk tashish korxonasiga ishlar edik”,- deyishdi.

Chikago yaqinida asoslangan bu firma shtatma-shtat, uzoq masofaga mahsulot yetkazib beradigan tizim ekan. Muhojirlarning aytishicha kompaniya maoshni to’liq bermay ularni ishdan haydagan.

“Amerika Ovozi” muammo nimada deb surishtirganida, “Unlimited Carrier” vakillaridan “bu bir tushunmovchilik” degan javob oldik.

Shundan so’ng kompaniya sobiq ishchilarining dardini tinglagan va masala hal etilgan. Talab qilinayotgan haq uchun chek yozib berilgan.

Kompaniyadan aniqlashimizcha haydovchilar qisqa muddatga yollanadi. Ish haqi, imtiyoz va boshqa muhim jihatlar shartnomada aks etgan.

Muhojirlar, immigrants
Til bilmasangiz, qiynalishingiz turgan gap. Yangi sharoit, yangi jamiyatga moslashish uning tilini o’rganishdan boshlanadi.

Til bilmaslik pand beradi, deydi Missuri shtatida yashayotgan Toshpo’lat Yo’ldoshev, o’zga davlat tizimi, mentaliteti va murakkab biznes muhitni tushunish oson emas.

“Ko’p narsaga o’zimiz aybdormizda… Kelganiga bir yil bo’lib ham ba’zilar tilni o’rganmagan. Hurmat til o’rganishdan boshlanadi”,- deydi u.

Amerikada hujjatlar joyida bo’lmasa, muhojir uchun ishlash imkoniyatlari cheklangan. Panada ishlab soatiga 7-8 dollar topish mumkin. Bu haftasiga nari borsa 350 dollar degani. Ijara, osh-ovqat, bolalarning o’qishi, sog’liq, kiyim-kechak uchun buning o’zi yetmaydi. 

Tirikchilik yomon emas

[insert  caption here]
Seynt-Luis, Missuri shtati

Toshpo’lat Yo’ldoshevdek Amerikaga ikki oy burun kelib, hozirda til markaziga qatnayotgan va yangi hayotidan mamnun ziyoli fikricha, ko’p narsa muhojirning o’ziga bog’liq.

“Katta yuk mashinalari haydaydigan odamlar 4000-5000 dollar oylik olar ekan. Ovqatiga oyiga nari borsa 500 dollar ketadi, eng yaxshi, qimmat va sifatli ovqat yeganda ham. Qolgani turarjoy va transportga bemalol yetadi. Bu jihatdan Amerika juda yaxshi. Inson haq-huquqlari va qonuniy himoya ham yaxshi. Hech qanday tahqirlashning o’zi yo’q”,- deydi ziyoli.

Boshga tushganni ko’z ko’radi deyishadi. Har bir muhojirning o’z qissasi bor. Vatanimga qaytaman, bu begona bir yurt deb yurganlar ko’p.

Toshpo’lat Yo’ldoshev esa Qo’shma Shtatlarda uningdek muhojirlarga beriladigan imtiyozlardan, ijtimoiy himoyadan rozi.

“Mening o’zimga faqatgina ovqatlanish uchun oyiga 200 dollar berishadi. Amerika uchun bir kun ishlamagan bo’lsamda pensiya berishdi. To’la tibbiy sug’urtaga o’tganman. Avtobusda yurish tekin, uning uchun kartochka berishgan. Imtiyozlar ko’p. Endi bir xil odamlar, ular “Amerika yoqmadi” deydi. Menimcha til bilmaganidan, zerikkanidan. Lekin hayoti saviyasidan ular hech xafa bo’lishga asosi yo’q. Keyin Amerikaning hech kimdan qarzi ham yo’q. Shukur qilmaydigan, tabiatan hayotdan norozi odamlar bu yerda ham bor”,- deydi u.

Amerikaliklar mehmondo’st xalq

[insert caption here]
Amerika bag’ri keng mamlakat, lekin dunyoning bu qismida ham turmush oson emas

Ayrim muhojirlar ularga yordam bergan oilalar “bizni o’z diniga da’vat etmoqda” deb shikoyat qiladi.

Toshpo’lat Yo’ldoshev bunga guvoh bo’lmagan. O’z millatingiz, urf-odat va e’tiqodingizga sodiq bo’lsangiz, barakalla.

Lekin sizni o’z bag’riga olgan bu jamiyatdan shubhalanmang, deya maslahat beradi u.

“Chetdan kelgan odamlarni bu mamlakatga o’rganishini osonlashtirish uchun mahalliy oilalar ularni homiylikka olar ekan. Menga ikki oila homiylik qilmoqda. Shtatni aylantirishdi; konsertlarga, restoranlarga olib borishdi. Xushmuomala, odamlar bilan chiqisha oladigan odam bu yerda chetda qolib ketmas ekan. Unga hamisha e’tibor bo’lar ekan”.

Hayot dunyoning bu qismida ham quvonchu-tashvishlarga to’la. Yaxshilik va yomonlik bu yurtda ham yonma-yon yuradi.

Amerika millionlab hujjatsiz muhojirlar taqdirini qanday hal etish ustida anchadan beri bosh qotirib keladi. Haqiqat shuki, bu insonlar bir amallab oilasini, vatanida qolgan yaqinlarini boqmoqda. Eng muhimi, shart-sharoitni tushunib, bor imkoniyatdan foydalanib qolish.


Sharh va izohlar:

1.

Salom Amerika Ovozi xodimlari. Man hozirda Ona yurtimni sog’inchini Sankt-Peterburgdan his qilib o’qib yashayapman. Man Mejdunarodniy Ekonomika Turizm va Gostinniy Servis Kollejda o’qiyapman. Man shu Yurt sog’inchini Amerikadan turib his qilib o’qimoqchiman. I need your helping. Please Help Me How I could continue my studying in America. Iltimos manga yordam bering. Man 1-kurs man nima qile yana ikki yil muhlatim manga maslahatingizni kutaman… Sizga Allohdan sabr-toqat tilayman. Hurmat bilan, Islombek Yusupov
Fikr bildiruvchi: Islombek (Sankt-Peterburg)
03-20-2010 - 23:29:23

2.

Assalom alaykum Amerika Ovozi ko’rsatuvi xodimlari. Men sizlarni muxlisingiz Sanjar bo’laman. Yuqorida qayd etilgan maqolaga men ham qo’shilaman. Menga ham yordam beringlar, iltimos. Oldindan rahmat.
Fikr bildiruvchi: Sanjar (O’zbekiston)
03-20-2010 - 18:34:53

3. Yordam

Assalomu alaykum hurmatli “Amerika Ovozi” xodimlari. Sog`liqlaringiz, kayfiyatlaringiz, ishlaringiz yaxshimi? Man Siz hurmatli xodimlarga sog`liq-salomatlik, a`lo kayfiyat, ishlaringizga omad tilayman. Sizlardan so`ramoqchi bo`lgan savol-maslahat quyidagicha: Allohga shukur man hozirgi hayotimdan juda mamnunman. Lekin oilamga moddiy yordam berish va kelajakdagi hayotimga mustahkam zamin yaratish uchun Amerikaga ketmoqchiman. Man Sizlardan iltimos qilb so`ramoqchi bo`lganim shuki, manga Amerikaga borishga yordam berishingizni lutfan iltimos qilaman. Amerikaga ketish uchun qanday tayyorgarlik ko`rish kerak, qanaqa hujjatlar tayyorlash kerak? Xullas manga umumiy ma`lumot berishingizni iltimos qilaman. Man Sizlardan mana shu savollarga javobni intizorlik bilan kutib qolaman. Sizlarga Allohdan barcha yaxshi va ezgu niyatlarni so`rab qolaman. Alloh Sizlardan rozi bo`lsin.
Fikr bildiruvchi: Dilshod (Uzbekistan)
03-20-2010 - 15:39:20

http://www.voanews.com/uzbek/2010-03-19-voa4.cfm

Author: admin
• Tuesday, March 16th, 2010
Mustaqil tahlilchi: BMTda O’zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi


16/03/2010 more…

Author: admin
• Tuesday, March 09th, 2010
AQSh siyosatiga qaramay islom dunyosida huquq ahvoli yomon

09/03/2010 more…

Author: admin
• Friday, February 12th, 2010
“Sotqin” jurnalist Maykl Andersen O’zbekiston rahbarini intervyuga chaqirmoqda more…

Author: admin
• Friday, December 11th, 2009
O’zbekistonda xalqaro huquq kuni bayram qilinmadi more…