Xayrulloni o’ylatar bir o’y…

Spread the love

She’r “O’zbeklarga Nima bo’lyapdi” (Hayrulla Hamidov)

http://www.youtube. com/watch? v=V_PZ2dMZX2w& feature=player_ embedded

Borgan sari gunoh to’lyapti,
Holimizga hamma kulyapti,
Butun dunyo turibdi hayron,
O’zbeklarga nima bo’lyapti ?

Bir paytlar muallim bo’lgan,
Etmish minglab hadislar bilgan,
Buxoriyni tarbiya qilgan,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

To’g’ri yo’lni kulib ko’rsatgan,
Haqiqatning o’rnin o’rnatgan
Novoiyga harf o’rgatgan,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Tinmas ko’cha-kuyda yallalar,
Qayda qoldi go’zal pallalar?
Termiziyga aytgan allalar,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Elim sochgan davri hurlikda,
Bugun esa tamom xo’rlikda,
Peshqadamdir poraxo’rlikda,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Sulton bo’lgan, yurak qo’lida,
Hukm qilgan saroy to’rida,
Xizmat qilar Qozoq yerida,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Zahar isi kelar bolidan,
Haromi ko’p topgan molidan,
Turkman hatto kular holidan,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Yigitlari topib “dugona”,
Hohlaganda qilar jonona,
Qizlariga hayo begona,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?
Shoirlari mansab talashar,
Pehvolarni maqtab talashar,
Mo’minlari mazhab talashar,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Otilgandek misli palxamon,
Vatangado holida hamon,
Rus yerida xor-u sargardon,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Farzlariga amal qilmaydi,
Sunnatlarni pisand ilmaydi,
Haqqin talab qilish bilmaydi,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Bugun hayron Ibn Sinolar,
Mavloni o’tkazib dunyolar,
Topolmas qalbiga davolar,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Mo’minligi davodan tashkil,
Hayoti kayf-safodan tashkil,
Ehsonlari riyodan tashkil,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Qodiriyni sotgani yetmay,
Behbudiyni otgani yetmay,
Bugun qo’ymas yaxshini tutmay,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Yoqmas birov haq so’z gapirsa,
Tag’in haqni izlab lof ursa,
Din,-degan “din” so’zin tupursa,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Chetdan kelgan har qanday odam,
Hayron bo’lar tashlasa qadam,
Hamma uchun tunda yoqqan sham,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Qayon borsam haqim qilar to’y,
Mijozicha aytilgandek- qo’y,
Xayrulloni o’ylatar bir o’y,
O’zbeklarga nima bo’lyapti?

Leave a Reply

Your email address will not be published.