O’zbekistonda qashshoqlik “yo’q”, Irlandiyadachi?

Spread the love

Jahon tajribasida bir insonning bir kunlik topgan daromadi $2.50(ikki yarim dollar)dan kam bo‘lsa, u qashshoq deb ko‘riladi.

O‘zbekistonda aholining qancha qismi qashshoqlikda yashashi haqidagi statistik ma‘lumotlar davlat siri sifatida ko‘riladi. O‘zbekiston matbuotida qashshoq oila deb yozish taqiqlangan, ushbu mavzuda yozadigan jurnalistlarga “kam ta‘minlangan oila” yoki “ehtiyojmand oila” deb yozish maslahati beriladi.

O’zbekiston erkin demokratik davlat bo’lmaganligi uchun, inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaganligi uchun qashshoqlik borligi tan olinmaydi, O’zbekiston ommaviy axborot vositalrida qashshoqlik haqida yoritilmaydi.  Qashshoqlik borligi tan olinmagandan keyin, o’z-o’zidan unga qarshi kurashuvchi tashkilotlar ham yo’q.

Qashshoqlik eng jiddiy va keng tarqalgan inson huquqlari buzilishi”, – deyiladi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi Inson Huquqlari Konsulligida 2006-yilda bo’lib o’tgan yig’ilishida.

Irlandiya erkin, demokratik va rivojlangan davlat bo’lganligi uchun, inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinganligi uchun  har qanday muammolar  jumladan qashshoqlik to’g’risida ham Irlandiya ommaviy axborot vositalarida ochiq-oydin yoritiladi, muhokama qilinadi. Bundan tashqari qashshoqlikka qarshi kurashadigan tashkilotlar ham faoliyat olib boradi. Shunday tashkilotlardan biri “Hammamiz birgalikda qadr- qimmatimiz uchun” (All Together in Dignity-ATD) tashkilotining Irlandiya bo’limi. Men kollejda o’qishimning oxirgi yilida ya’ni 2016- yilning 22 -fevralidan 4-martigacha 2 haftalik ish tajribasi(Work Experience) o’tkazish uchun joy  izlaganimda internet orqali shu tashkilotning Dublin shahrida faoliyat olib boradigan bo’limini topdim va ikki hafta davomida  o’sha yerda ish tajribamni o’tkazdim.

Bu tashkilotninig asosiy maqsadi Irlandiyada qashshoqlikni tugatish yo’lida kurashish. Tashkilot o’z faoliyatini xayriya hisobiga olib boradi, hamda ko’ngilli sifatida faoliyat olib boradi. Tashkilotning o’z web-sayti(http://www.atdireland.ie/wp/) ham bor.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 17-oktyabr Qashshoqlikni bartaraf etish Xalqaro (International Day for the Eradication of Poverty)kuni qilib belgilangan. Dunyoning ko’plab davlatlari qatori Irlandiyaning Dublin shahridagi “Hammamiz birgalikda qadr- qimmatimiz uchun”(All Together in Dignity) tashkiloti ham 17-Oktyabr Milliy Qo’mitasi(National Committee for 17 October) bilan hamkorlikda har yili shu kunni nishonlaydi.  2016-yil 17-oktyabrda va 2017-yildagi tadbirda men ham ko’ngilli sifatida qatnashdim. Bu tadbirning markazida  qashshoqlikda yashayotgan odamlarning ovozlari turadi. 2016-yil 17-oktyabrida o’tkazilgan Qashshoqlikni bartaraf etish Xalqaro kunida irlandiya prezidenti Maykl D. Xiggins(Michael D. Higgins) ham qatnashgan edi.

 

 

 

Prezident o’tirgan davrada qashshoq odamlar o’z muammolarini ochiq gapirgan edilar. Bu degani ular o’z muammolaridan ko’pchilikni xabardor qilgan edilar va shu orqali qashshoqlar ham borligiga ommaning diqqatini jalb qilgan edilar.

Qachonki, muammolar borligi tan olinsa, ko’pchilik bilan birgalikda muhokama qilinsa, uning yechimini topishga, muammoni hal qilishga kirishiladi.

2017-yil 17-oktyabr Qashshoqlikni Bartaraf Etish Xalqario kuni tadbirida olingan surat.

Bundan tashqari Evropa qashshoqlikka qarshi kurash Irlandiya Tarmo’gi (The European Anti-Poverty Network, Ireland-EAPN (http://www.eapn.ie/eapn/about/who-we-are) ham faoliyat olib boradi.   Bu tarmoqdagi guruhlar va yakka shaxslar qashshoqlikni tugatishga kurashadilar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha mo’ljallangan 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari(Sustainable Development Goals 2030)dan eng birinchisi: “Qashshoqlikning har xil ko’rinishlarini hamma yerda tugatish”.  

Evropa qashshoqlikka qarshi kurash Irlandiya tarmog’ining yozishicha:

Mana shu quyidagi 11ta ko’rsatkichlarni amalga oshirish uchun qurbi yetmaganlar qashshoq deb hisoblanadi ekan.

  1. Ikki juft issiq va pishiq oyoq kiyim.
  1. Suv o’tkazmaydigan issiq pal’to
  1. Yangi kiyimlar sotib olish
  1. Har ikki kunda go’sht, tovuq, baliq mahsulotlari iste’mol qilish
  1. Haftada bir marta qovurilgan go’sht mahsulotlari iste’mol qilish
  1. Pul yetishmasligi sababli yil davomida uyni isitilmay qolishi
  1. Uyni yetarlicha issiq saqlash
  1. Bir yilda kamida bir marta oila a’zolari yoki do’stlari uchun sovg’a sotib olish
  1. Har qanday eskirgan mebelni almashtirish
  1. Bir oyda bir marta oila a’zolari yoki do’stlar bilan ovqatlanish yoki ichimliklar ichish
  1. Oyning oxirgi ikki haftasida ko’ngil ochish joylariga borish

(http://www.eapn.ie/eapn/training/consistent-poverty-rates)

Qashshoqlik ko’rsatkichi bo’yicha ayrim rasmiy ma’lumotlar:

Turkmaniston (hech qanday ma’lumot yo’q-2015)

Qozog’iston 2.7% (2015)

Ozarbayjon 4.9% (2015)

Irlandiya – 8.7% (2015)

O’zbekiston 12.8% (2015)

Rossiya 13,3% (2015 taxminiy.)

Qirg’iziston 32.1% (2015)

Tojikiston 32% (2015)

Qashshoqlik bo’yicha ayrim Vikipediya ma’lumotlari:

Bugungi kunda dunyo aholisining deyarli 50 foizi kuniga $ 2.50(ikki yarim dollar)dan kamroqqa yashaydi ekan(2015-yilgi ma’lumot).

Qashshoqlikning asosiy sabablari:

  • Mahalliy ovqatlarda nazorat yetishmasligi
  • Korruptsiya: Korruptsiya dunyodagi qashshoqlikning asosiy sababi va natijasidir.
  • Ta’lim olish imkoniyatining yo’qligi
  • Ruhiy kasallik, to’g’ri psixiatriya yordamining etishmasligi
  • Dunyodagi ochlik, dunyodagi iqtisodiy rivojlanish.
  • Epidemik kasalliklar

O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinadigan bo’lsa, erkin, demokratik jamiyat qurilsa korruptsiya va poraxo‘rlik keskin kamayadi, qashshoqlikni tugatish uchun kurashish imkoniyati tug’iladi.

Shunday kunlar kelishiga umid qilib qolaman.

Salomatoy Boymatova

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati a’zosi

6-yanvar, 2018-yil

Dublin shahri, Irlandiya.

Leave a Reply

Your email address will not be published.